Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
874 subscribers
8.2K photos
863 videos
50 files
1.85K links
Download Telegram
#10_dekabr
#mening_madhiyam
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi

🔰 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining tarbiyachi pedagogi Gulnozaxon Rahmonaliyeva tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilinganligining 32 yillligi munosabati bilan "Olamni mahliyo aylagan diyor" nomli ma'rifat soati tashkil etildi.

Kanalga ulanish 👉 https://@ima_myim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yil_sarhisobi
#tanqidiy_tahlil

PREZIDENT VA IJOD MAKTABLARI FAOLIYAT SAMARADORLIGI TAHLIL QILINDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida tizimdagi Prezident va ijod maktablarining 2024-yildagi faoliyat samaradorligi, Agentlik ishchi guruhi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar tahlili hamda 2025-yildagi dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Agentlik rahbariyati, masʼul xodimlari, ZOOM platformasi orqali tizimdagi Prezident hamda ijod maktablarining rahbar xodimlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda ta’lim samaradorligi, bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalari, milliy va xalqaro sertifikatlar imtihonlariga tayyorlash, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish, ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish singari qator masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

O‘quv jarayonida sun’iy intellektga asoslangan raqamli ta’lim platformasi (Cerebry) dan foydalanish masalasi ham yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olib, ayni yo‘nalishda monitoring yuritib borish va o‘quvchilarning bilimlari natijalaridan kelib chiqib qo‘shimcha kurslar va to‘garaklar tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, Prezident hamda ijod maktablarida bo‘sh ish o‘rinlariga xodimlarni ishga qabul qilayotganda malaka talablariga rioya qilish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasdan belgilangan tartibga muvofiq mehnat munosabatlarini o‘rnatish taʼkidlandi.

Qolaversa, ijro intizomi, shaxsiy tarkibga oid hujjatlarni rasmiylashtirishda amaldagi qonunchilikka qat’iy rioya qilish, davlat xaridini tashkil qilishning huquqiy va tashkiliy asoslari, moliyaviy mablag‘lardan oqilona foydalanish, ochiqlik va shaffoflik, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik masalalariga jiddiy e’tibor qaratish lozimligi qayd etildi.

Agentlikning 2025-yildagi (KPI) eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, har bir Prezident hamda ijod maktabining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini belgilab olish hamda shu asosida tegishli ishlarni amalga oshirish kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

Yig‘ilishda Agentlik direktori tomonidan tegishli mas’ullarga Prezident hamda ijod maktablarining faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#maxsus_fan
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi

♻️O‘quvchilarni kasbiy faoliyat yo‘nalishini tanlashda ko‘maklashish hamda ijodiy qobiliyatlarini yanada rivojlantirish maqsadida ijod maktablarining 10-11 sinf o‘quvchilari uchun "Publitsistika", "Dramaturgiya", "Xalq og‘zaki ijodi",  "Adabiyot qoidalari", Adabiy jaroyon" kabi dars mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yilgan.

🎭Mana shunday darslardan biri "Dramaturgiya" bo‘lib, navbatdagi dars mashg‘ulotlari Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining o‘quvchilari uchun viloyat bolalar qo‘g‘irchoq teatrida dramaturg Mansurjon Ro‘ziyev hamda oliy toifali teatr artisti Nigoraxon Kazakovalar ishtirokida o‘tkazildi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#tarbiyachilar_faoliyati
#kechki_mutolaa

🔰Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi tarbiyachi pedagogi Muhlisaxon Jaloldinova tomonidan Sharof Boshbekovning "Temir xotin" nomli asari asosida kechki mutolaa soati o‘tkazildi.

📚Bunda Sharof Boshbekovning "Temir xotin" tragikomediyasida talqin muammosi, shuningdek qahramon yaratishdagi mahoratini tahlil qilish jarayoni o‘rganildi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim