Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Usmon Nosir qamoqxona devorlariga koʻmir bilan sheʼrlar yozib tashlagan. Har kuni ertalab oʻziga yuvdirar ekan.
Usmon Nosir deganda, yurakda ogʻriqsiz gapirib boʻlmaydi. Hozirgi yoshlarimiz millat gultojlari boʻlgan Qodiriy, Usmon Nosir, Choʻlponlarning hayotini yaxshi bilmasdan turib, qoʻliga qalam olmasligi kerak. Ularni chetlab oʻtib, adabiyotga kirib boʻlmaydi”.
Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf
Manba

USMON NOSIR SHE‘RIYATI
DENGIZ OYNA KABI
Dengiz oyna kabi yaltirar,
To’lqinlarga suqim oqadi.
Oqqush mungli-mungli oh urar,
Hazin kuyi dilga yoqadi.
O’tiraman — ko’nglim osuda,
Boshim uzra barglar shitraydi.
Soyalari limmo-lim suvda
Tanga-tanga bo’lib titraydi.
Qanday yaxshi, kechqurun yolg’iz
Yursang, ko’ngil asti to’ymasa,
Oy go’yoki parishonxol qiz,
Sochlarini yozib o’ynasa…
✍Usmon Nosir
DENGIZ OYNA KABI
Dengiz oyna kabi yaltirar,
To’lqinlarga suqim oqadi.
Oqqush mungli-mungli oh urar,
Hazin kuyi dilga yoqadi.
O’tiraman — ko’nglim osuda,
Boshim uzra barglar shitraydi.
Soyalari limmo-lim suvda
Tanga-tanga bo’lib titraydi.
Qanday yaxshi, kechqurun yolg’iz
Yursang, ko’ngil asti to’ymasa,
Oy go’yoki parishonxol qiz,
Sochlarini yozib o’ynasa…
✍Usmon Nosir
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#sayyor_qabul
#Qashqadaryo
🤩 QASHQADARYODA AGENTLIK DIREKTORI ALISHER UBBIYEVNING SAYYOR QABULI OʻTKAZILDI
Aholining Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari yoʻnalishidagi murojaatlari, taklif va shikoyatlarini oʻrganish maqsadida Qarshi shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan sayyor qabulda shahar va tumanlardan fuqarolar qatnashib, oʻzlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan Agentlik rahbariyatiga murojaat qildi.
Qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal qilingan boʻlsa, ayrim murojaatlarning o‘rganilishi vaqt talab etganligi bois tegishli tartibda nazoratga olindi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 2024 yil bitiruvchisi Ziyoda Abdujalilova "El yurt umidi" jamg‘armasi tomonidan Ispaniya davlatining Lyuseri amaliy fanlar va san'at universitetiga 2024-2027 o‘quv yillari uchun bakalavr ta'lim dasturi asosida o‘qish uchun to‘liq grant yutib oldi va Ispaniya davlatiga o‘qish uchun jo‘nab ketti.
Ziyodaxonni ushbu yutuq bilan muborakbod etib, kelgusi o‘qishiga muvaffaqiyat tilaymiz.
👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim

#Usmon_Nosir
#aktyorlik_mahorati
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida yo‘lga qo‘yilgan Aktyorlik mahorati to‘garagining ijodkor o‘quvchilari tomonidan shoir Usmon Nosir tavalludining 112 yilligiga bag‘ishlangan videorolik.

#PhD
O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Andijon davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy kengashning qaroriga asosan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining oliy toifali ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Xalq ta'limi a'lochisi Dilfuzaxon Urmonovaga Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi to‘g‘risidagi diplomi topshirildi.
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi jamoasi olima pedagog Dilfuza Mamasolyevnaga kelgusi ilmiy ishi faoliyatiga muvaffaqiyat tilaydi.

USMON NOSIR
Sabolar qaytgusi baxmal bogʻlarga,
Navolar qaytgusi mahtal bogʻlarga.
Qodiriyning qabri qizgʻaldoqlarga
Toʻlgay kunlar hali kelmogʻi bordir.
Oʻshal qizgʻaldoqlar armonim mening,
Osmonga yetmagan narvonim mening.
Jim qolur tinglab gul zabonim mening
Toʻrgay kunlar hali kelmogʻi bordir.
Yulduzlar - Sulton Ulugʻbek imoni,
Topolmasdan sarson Bobur mirzoni.
Choʻgʻdamas bosh uzra Muqanna joni
Boʻlgay kunlar hali kelmogʻi bordir.
Qora dillar oʻtmish tosh varagʻida,
Tushmadi qoʻllari hech yarogʻidan.
Boshi ham bir kun vijdon soʻrogʻida
Turgay kunlar hali kelmogʻi bordir.
Sheʼring qoʻy, yur Qoʻqon ketaylik,
Usmon,
Sen doʻstim deganlar hammasi dushman...
Usmonning qismatin bu Oʻzbekiston
Bilgay kunlar hali kelmogʻi bordir.
✍ Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri
👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
Sabolar qaytgusi baxmal bogʻlarga,
Navolar qaytgusi mahtal bogʻlarga.
Qodiriyning qabri qizgʻaldoqlarga
Toʻlgay kunlar hali kelmogʻi bordir.
Oʻshal qizgʻaldoqlar armonim mening,
Osmonga yetmagan narvonim mening.
Jim qolur tinglab gul zabonim mening
Toʻrgay kunlar hali kelmogʻi bordir.
Yulduzlar - Sulton Ulugʻbek imoni,
Topolmasdan sarson Bobur mirzoni.
Choʻgʻdamas bosh uzra Muqanna joni
Boʻlgay kunlar hali kelmogʻi bordir.
Qora dillar oʻtmish tosh varagʻida,
Tushmadi qoʻllari hech yarogʻidan.
Boshi ham bir kun vijdon soʻrogʻida
Turgay kunlar hali kelmogʻi bordir.
Sheʼring qoʻy, yur Qoʻqon ketaylik,
Usmon,
Sen doʻstim deganlar hammasi dushman...
Usmonning qismatin bu Oʻzbekiston
Bilgay kunlar hali kelmogʻi bordir.
✍ Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri
👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
14-noyabr – shved yozuvchisi Astrid Lindgren tavallud topgan kun
Lindgren bolalar adabiyotida oʻz oʻrniga ega ijodkor hisoblanadi. Uning "Mittivoy va Karlson", "Mio, bolajonim Mio", "Uzunpaypoq Peppi" va boshqa asarlari oʻzbek tilida chop etilgan.
Astrid Lindgren insonparvarlik ruhidagi ijodi uchun Hans Kristian Andersen nomidagi xalqaro oltin medal bilan taqdirlangan.

O‘quvchilar ijodidan
ONA TILIM
Navoiydan meros bo‘lib qolgan tilim,
Davlat tili maqomini olgan tilim.
Yurtim uzra dovrug‘ini keng taratib,
Jahon ichra dong‘i ketgan ona tilim.
Barcha shoir she’rlarida mujassamsan,
Xalqing uchun, yurting uchun mukarramsan.
Dillardagi, tillardagi muhabbatsan,
Vatan ichra dong‘i ketgan ona tilim.
Millatimning ko‘zgusi, ham g‘ururisan,
Ko‘ngillarning ham qalblarning sururisan.
Insonlarni birlashtirib turuvchisan,
Butun olam nomin bilgan ona tilim.
✍Sojida G‘ofurova
Muhammad Yusuf nomidagi
ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi
👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
ONA TILIM
Navoiydan meros bo‘lib qolgan tilim,
Davlat tili maqomini olgan tilim.
Yurtim uzra dovrug‘ini keng taratib,
Jahon ichra dong‘i ketgan ona tilim.
Barcha shoir she’rlarida mujassamsan,
Xalqing uchun, yurting uchun mukarramsan.
Dillardagi, tillardagi muhabbatsan,
Vatan ichra dong‘i ketgan ona tilim.
Millatimning ko‘zgusi, ham g‘ururisan,
Ko‘ngillarning ham qalblarning sururisan.
Insonlarni birlashtirib turuvchisan,
Butun olam nomin bilgan ona tilim.
✍Sojida G‘ofurova
Muhammad Yusuf nomidagi
ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi
👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#ishchi_guruh
ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI IJOD MAKTABI FAOLIYATI OʻRGANILDI
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Xususan, Agentlik tizimidagi mazkur maktabda o‘quvchilarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar oʻrganilib, dars jarayonlari kuzatildi. Maktab hududida qurilayotgan oʻquvchilar turar joyi binosi koʻzdan kechirildi.
Bitiruvchi o‘quvchilar bilan bo‘lgan suhbatda Agentlik direktori yoshlarga zamonaviy kasblarni tanlash borasida tavsiyalar berib, yetuk mutaxassis boʻlish uchun oʻz sohasi boʻyicha puxta malakaga ega boʻlish bilan birga, bir nechta xorijiy tillarni bilish, axborot texnologiyalarini mukammal oʻzlashtirish, siyosiy, madaniy bilimlarni ham bilishi lozimligini taʼkidladi.
Oʻrganish davomida ta’lim maskani erishib kelayotgan yutuqlar, hozirgi vaqtda mavjud shart-sharoitlar tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berib oʻtildi.
Shuningdek, Agentlik direktori maktab oʻquv jarayonida qoʻllanilishi muhim boʻlgan bir qator topshiriq va takliflarini berdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube