#yashil_makon
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi
🔰Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida o‘quvchilar ishtirokida obodonlashtirish va ko‘kalamlashtirish ishlari amalga oshirildi.
🌴"Yashil makon" umumilliy harakati doirasida manzarali daraxt ko‘chatlari, turfa gullar ekildi va yashil maydonlar yaratildi.
🌳Aytish kerak, daraxtlar sof havo, inson salomatligi uchun kerak bo‘lgan kislorod manbaidir. U nafaqat tabiat uchun ko‘rk, atrof-muhit musaffoligi uchun chang yutuvchi manba, kislorod ta’minot zanjirining ajralmas qismidir.
🍀Go‘zallik, yaratuvchanlik va kelgusi avlodga g‘amxo‘rlik ajdodlarimizdan bizga meros. An’analarning davomi esa borliqni asrash, ekologik muammolarni bartaraf etishda faollikni talab etadi. Ota-bobolarimiz bir daraxt kessang o‘nni ek deb bekorga aytmagan. Har bir qarich yerga nihol ekish, uni parvarishlash orqali ekohalokatning oldini olish har birimizning burchimizdir.
👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_makon
🌱“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mamlakatimiz boʻylab barcha hududlarda ko‘chat ekish va koʻkalamzorlashtirish ishlari qizgʻin davom etmoqda.
🔰Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida ham 100 tupdan ortiq nanzarali daraxtlar va gullar ekish orqali "Maktabimizni yashil makonga aylantiramiz" shiori ostida tadbir tashkil etildi.

#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#SAT_results
🔷Oʻquvchimiz SAT imtihonida yuqori natija koʻrsatdi
🏢Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 11-sinf o’quvchisi Muhammadqodir Yusupjonov Xalqaro SAT imtihonidan 1100 ballni qo’lga kiritdi.
💥Shuningdek, o’quvchimiz Xalqaro IELTS imtihonidan 6 ballga ham ega bo’lgan.
💫Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Forwarded from Hilola Umarova
Taʼlim tizimida davlatimiz rahbari boshchiligida olib borilayotgan islohotlar samarasini xalqaro hamjamiyat ham eʼtirof etyotgani bizni quvontiradi.
Jahon banki tomonidan O‘zbekistonda Xalqaro MELQO instrumentlari orqali 250 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida o‘tkazilgan taʼlim sifatini baholash natijalari eʼlon qilindi.
Unga ko‘ra, bolalarda ilk matematik bo‘yicha ko‘nikmalarini baholash natijalari o‘rtacha 94 foiz, katta va tayyorlov guruhlardagi bolalarda erta yoshdagi savodxonlik ko‘nikmalari 77 foizdan yuqori.
Baholashda ishtirok etgan 90 foiz maktabgacha taʼlim tashkilotlari o‘quv metodik va didaktik adabiyotlar bilan to‘liq taʼminlanganligiga alohida urg‘u berilgan.
Bugungi bog‘cha bolasi – ertangi o‘quvchi. Hurmatli ustozlar, kichkintoylarimiz egallagan ilk bilim va ko‘nikmalarni munosib ravishda boyitib borish bizdan yanada mas’uliyat bilan ishlashni talab qiladi. Bir jamoa bo‘lib Yangi O‘zbekiston farzandlarini barkamol avlodlar qilib tarbiyalaymiz degan umiddaman.
@hilola_umarova

#ona_tilim_faxrim
🔰Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o'quvchilari o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi hamda 21-oktabr O'zbek tili bayrami kunini "O'zbek tili - milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" shiori ostida nishonlash maqsadida taniqli shoirlarning o'zbek tili haqidagi she'rlaridan namunalar o'qishmoqda.
✅ Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilar o'zbek tiliga bag'ishlangan she'rni ifodali tarzda o'qiganini ko'rishingiz mumkin.

#ustozlar_ijodi
ONA TILIMGA
Ming yillarkim bulbul kalomi
O'zgarmaydi, yaxlit hamisha,
Ammo sho‘rlik to‘tining holi,
O'zgalarga taqlid hamisha,
Ona tilim, sen borsan, shaksiz
Bulbul kuyin she'rga solaman,
Sen yo‘qolgan kuning shubhasiz
Men ham to‘ti bo‘lib qolaman.
✍Abdulla ORIPOV
O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri
👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
ONA TILIMGA
Ming yillarkim bulbul kalomi
O'zgarmaydi, yaxlit hamisha,
Ammo sho‘rlik to‘tining holi,
O'zgalarga taqlid hamisha,
Ona tilim, sen borsan, shaksiz
Bulbul kuyin she'rga solaman,
Sen yo‘qolgan kuning shubhasiz
Men ham to‘ti bo‘lib qolaman.
✍Abdulla ORIPOV
O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri
👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
ONA TILIM
Navoiydan tabarruk zar, gavharim,
Qoshgʻariydan qolgan durdona tilim!
Oʻzbekning oʻziday donishmand, latif,
Oʻzbekning oʻziday mardona tilim!
Ulugʻ ona tilim, o goʻzal ismat,
“Hibatul haqoyiq” soʻylasin bir-bir.
Navoiyni bergan sohibi qudrat,
Azal kotibidan sen ilohiy sir!
Qutlugʻ ona tilim, kechmishingni dol,
Tillari kesilgan bobolar aytsin.
Oybek aytsin, haqsizlikdan gungu shol,
Buyuk yolgʻonlardan adolar aytsin!
Kafansiz koʻmilgan shahidlar dodin
Shu qonli choh aytsin!
Chirmashib yotgan —
Qabrida ham chekib, mungligʻ el dardin,
Hatto soʻngaklari birlashib yotgan!
Aytsin alamazon yongan kitoblar,
Qurbon qushday toʻzgan soʻzlar gulxanda,
Kesgan sari oʻsding! “Surai sof”lar
Ozodlikday undi kulda, kundada.
Sudsiz otilgan Qodiriy koʻziga
Dodlab tushgan qora tuproqlar aytsin!
Mashrab osilgan dor aytsin, yuziga,
Qon sachrab, ingragan yaproqlar aytsin!
Usmon Nosir ruhi aytsin urib charx,
Qon tuflab Sibirda yuragi silim.
Qatagʻon qilichi boshing uzra yarq
Etdi, zulm kishani joningda, tilim?!
Uzun yigʻi kelar qati-qatingdan,
Uzun yigʻilardan qurigan koʻzim.
Bugʻdoyzorlaringni toptaganlarga
Bugʻdoy nonlar tutgan o bugʻdoy soʻzim!
Choʻlponga tutilgan oʻlim qadahi,
Xiyonat zahridan hamon oqar qon.
Ey yarador qushim, koʻnglum chah-chahi,
Sen Bobur – sogʻinchda ado boʻlgan jon!
Tilim, toshboʻronlar yordi koʻksingni,
Hamzangning koʻksiga botib ketdi tosh.
Koʻzlari qonadi har oʻt, maysangni,
Xazonlarni yoqdi — shamollar farrosh.
Tishimda qisirlar, gʻichirlaydi soʻz,
Bosganmi koʻzimni oʻ qoʻrquv, hadik?
Jonu jigaringni qirqmoqda hanuz,
Yoqangdan tutmoqda hanuz loqaydlik!
Izgʻir, oh, xoinlar hamon... yuzingga
Loy sachratar sotqin, vatanfurushlar.
Choʻp suqar kaslar bor tilim koʻzingga,
Oʻz tuqqan eliga yov, padarkushlar!
Kimman?! Boʻlolmasam ganjingga soqchi,
Talatsamu seni, yursam shod, masrur.
Kechirma, tuzingni unutsam agar,
Haq Soʻzning doriga ossinlar, buyur!
Axir or-nomusim, hayotim tugʻi,
Mangu oqar daryom — sening oʻzingsan!
Oʻzbek tili jahon aro qutligʻim,
Sharaf tojim, unvonim, oq yuzimsan!
Oʻzbek onasisiz gʻaribdir ochun,
Tafakkur beshigi tebranmasdi soz.
Birgina Navoiy tuqqani uchun
Dunyo taʼzim qilsa oʻzbekka bu oz!
Koʻnglumda, jonimda oftob yangligʻ balq,
Hurlik boʻlib chiqqan maydona tilim!
Charx ur olam uzra, kabutarday charx,
Ozod, hur vatanday afsona tilim!
Donishim, latifim, mardona tilim!
✍Enaxon Siddiqova,
Oʻzbekiston xalq shoiri

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Aziz ustozlar, qadrli vatandoshlar!
Avvalo, barchangizni milliy gʻururimiz — oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun, ona tilimiz bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Albatta, har bir inson uchun tugʻilib oʻsgan oʻz uyi va Vatani qanchalik aziz boʻlsa, ilk bor tili chiqqanda aytiladigan soʻzlarni ifodalovchi ona tili ham shu kabi muqaddas va qadrlidir.
Shu maʼnoda biz bugun moʻtabar sanovchi oʻz ona tilimiz — oʻzbek tilining hayotimizda tutgan oʻrni har qachongidan ham muhim ahamiyatga egadir.
Fursatdan foydalanib, yurtdoshlarimizni milliy oʻzligimiz va gʻururimiz timsoli boʻlgan ona tilimizning bugungi muhim sanasi bilan yana bir bor muborakbod etaman.
Jonajon ona tilimizning mehrli ziyosi doimo tafakkurimiz va qalblarimizni yoritib tursin!
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#ona_tilim_faxrim
#21_oktabr_Oʻzbek_tili_bayrami_kuni
Muhtaram Vatandoshlar!
Til milliy o‘zlik timsoli, millatning g'ururi. O'zbek tili bizga ajdodlardan meros va mustaqil davlatchiligimizning timsolidir.
Zero, til borki, millat yashaydi, madaniyat rivoj topadi. Har bir millatning eng qiymatli xazinasi bu uning milliy tilidir.
Bugungi bayram butun Oʻzbekiston xalqiga muborak bo'lsin! Barchangizga sog‘lik-omonlik, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilaymiz.
Ona tilimiz hamisha mag‘rur yangrasin!
Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi jamoasi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni
«ESKI O‘ZBEK TILI»GA YOZUV
Mening tig‘ tilgan tilim,
Mening kesilgan tilim,
Bahaybat to‘g‘on tushib,
Yo‘li to‘silgan tilim.
Qushning unut patiday
To‘kilgan unut jonim,
Kitoblarning qatida
Rangi-ro‘yi somonim.
«Eski o‘zbek tili»mas,
Dedilar eskirgan til,
Qo‘rqib chiqarmoqqa sas,
Sandiqlarga kirgan til.
Senda bodom isi bor,
Senda bobom isi bor,
Bolam na rus, na o‘zbek,
Arosat belgisi bor.
Besh yuz yillar avvalgi
Xatni men anglayman, bas,
Men bugun aytganimni
Bolam baʼzan tushunmas.
Ko‘kragimda dod qotgan,
Yaqinlashar katta xavf,
O‘z tilini yo‘qotgan
Xalq bo‘lmasmi yerdan daf.
Oldga, safarbarlikka
Qanday yaraydi bolam,
Ortidagi jarlikka
Qanday karaydi bolam.
Uni kim qilib qo‘ydim,
Kim bo‘ldi og‘am-inim,
Tomir-tomirim kuydi,
Sindi bo‘g‘in-bo‘g‘inim.
Guli unut xalq bo‘ldik,
Yo‘li unut xalq bo‘ldik,
Ommaviy gunglik sodir,
Tili unut xalq bo‘ldik.
Umrimning shom, kechiga
Shu o‘y sanchilib turib,
“Lug‘atit-turk” ichiga
Yoshim tomchilab turib,
Dedim: — Tig‘ tilgan tilim,
Mening kesilgan tilim.
HALIMA XUDOYBERDIYEVA
«ESKI O‘ZBEK TILI»GA YOZUV
Mening tig‘ tilgan tilim,
Mening kesilgan tilim,
Bahaybat to‘g‘on tushib,
Yo‘li to‘silgan tilim.
Qushning unut patiday
To‘kilgan unut jonim,
Kitoblarning qatida
Rangi-ro‘yi somonim.
«Eski o‘zbek tili»mas,
Dedilar eskirgan til,
Qo‘rqib chiqarmoqqa sas,
Sandiqlarga kirgan til.
Senda bodom isi bor,
Senda bobom isi bor,
Bolam na rus, na o‘zbek,
Arosat belgisi bor.
Besh yuz yillar avvalgi
Xatni men anglayman, bas,
Men bugun aytganimni
Bolam baʼzan tushunmas.
Ko‘kragimda dod qotgan,
Yaqinlashar katta xavf,
O‘z tilini yo‘qotgan
Xalq bo‘lmasmi yerdan daf.
Oldga, safarbarlikka
Qanday yaraydi bolam,
Ortidagi jarlikka
Qanday karaydi bolam.
Uni kim qilib qo‘ydim,
Kim bo‘ldi og‘am-inim,
Tomir-tomirim kuydi,
Sindi bo‘g‘in-bo‘g‘inim.
Guli unut xalq bo‘ldik,
Yo‘li unut xalq bo‘ldik,
Ommaviy gunglik sodir,
Tili unut xalq bo‘ldik.
Umrimning shom, kechiga
Shu o‘y sanchilib turib,
“Lug‘atit-turk” ichiga
Yoshim tomchilab turib,
Dedim: — Tig‘ tilgan tilim,
Mening kesilgan tilim.
HALIMA XUDOYBERDIYEVA
Andijon viloyati hokimi tabrigi
••••••••••••••
Shuhratbek Abdurahmonov “O’zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan yurtdoshlarimizga tabrik yo’lladi.
••••••••••••••
Shuhratbek Abdurahmonov “O’zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan yurtdoshlarimizga tabrik yo’lladi.