Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
891 subscribers
8.14K photos
862 videos
49 files
1.84K links
Download Telegram
#xalqaro_qizlar_kuni

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2011-yil 19-dekabrdagi rezolyutsiyasiga asosan, 11-oktyabr — “Xalqaro qizlar kuni” deb e'lon qilingan. Bu sana har yili jahon bo'ylab turli davlatlarda qizlarning kamsitilishi, ularning ijtimoiy muammolariga e'tibor qaratish maqsadida nishonlanib kelinmoqda.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida ham sana munosabati bilan o‘quvchi qizlar ishtirokida "Mening kelajagim" mavzusida treninglar tashkil etildi.

Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar qiziqarli o‘yinlar orqali o‘zlarini to‘laqonli ta’lim olishlari, o‘zlari qiziqqan kasb-hunarga ega bo‘lishlari, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishlari haqida o‘z fikrlarini bayon qildilar.

Shuningdek, qizlarni intiluvchan va tashabbuskor bo‘lishga, doimo o‘z ustida ishlab, ilm olishga, yangi kasblarni egallashga keng sharoitlar yaratilganligi ta'kidlandi

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#xalqaro_qizlar_kuni

QIZLAR QO'SHIG'I

Qiz yo'q uyda sarrin sabo esmaydi,
Qiz yo'q uyda jambil-rayhon o'smaydi.
O'g'illarning ota bilan ishi yo'q,
Qiz otasin har qadamga eslaydi.
Ko'zlariga surgay yurgan izingiz,
Qay o'g'ildan kamdir, ayting, qizingiz.

Qiz yo'q uyda tonglar erta otmaydi,
Tomda oftob, ayvonda oy yotmaydi.
O'g'il qanday do'st bo'ladi, bilmadim,
Qiz do'st bo'lsa siringizni sotmaydi.
Og'ir kunda jovdiratmas ko'zingiz,
Qay o'g'ildan kamdir, ayting, qizingiz.

Umr daryo, tolega kim kafildir,
Qizning borar joyi bo'lak sohildir.
Qiz dardiga yetmaganlar g'ofildir,
Qiz bor uyda yorug' bo'lgay yuzingiz,
Qay o'g'ildan kamdir, ayting, qizingiz...

Dunyo ko'rki - shu ko'zlari shahlolar,
Qizlar bilan chamanzordir sahrolar.
Bir qayrilib Qaysni Majnun aylagan,
Tohirlarni Tohir qilgan-Zuhrolar.
Qiz tufayli butdir rizq-u ro'zingiz,
Qay o'g'ildan kamdir, ayting, qizingiz...

Ayting, kimning paymonasi to'lmagan,
Qiz bor-ota yot bag'rida o'lmagan.
O'g'lim yo'q deb o'kinganlar-johillar,
Hatto Muhammadning o'g'li bo'lmagan!..
Bilib ayting aytganda har so'zingiz,
Qay o'g'ildan kamdir, ayting, qizingiz?!

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri


👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Qiz yo'q uy (www.Moqina.net)
Akmal Sadixonov
#retro

🎼Qiz yo‘q uyda
Muhammad Yusuf
🎙Akmal Sadixonov

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
O‘quvchilar ijodidan

VATANIM

Meni chorlar oydin yo‘llar,
G‘uborlardan yiroq dillar,
Shodlik tuhfa etar yillar,
Chunki mening pok niyatim,
Vatanga bo‘lgay xizmatim.

Ota-onam quchog‘i bu,
Derlar meni: irmog‘im - shu.
Million yillar yashna mangu,
Ey tog‘lari hushsuratim,
Senga atalgay xizmatim.

Ta'rifingga yetmas kalom,
Yulduzlaring qilar muqom.
Madhing aytay har sahar, shom,
Olloh bergan boy ne'matim,
Senga atalgay xizmatim.

Mubina Sharipova
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 8-sinf o‘quvchisi


👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi direktori Shoxistaxon Nurmatovaning O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan "Til sofligini saqlash - burchimiz" nomli maqolasi "Andijonnoma" gazetasining 2024 yil 12-oktyabr kungi sonida chop etildi.

https://t.iss.one/gazetalar_sharhi/31718

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#qardosh_adabiyot

AYRILDIM

Bulbulman, ohu zor chekib,
Goʻzal gulzordan ayrildim.
Koʻzimdan qonli yosh toʻkib,
Sevgili yordan ayrildim.

Yor surma qoʻysa yarashar,
Taʼrifin keltirsam agar:
Ogʻzi gʻuncha, labi shakar,
Bir zulfi tordan ayrildim.

Shirin jonda yoʻqdir toqat,
Jabri uning jonga rohat,
Qoshlari fitnai ofat,
Koʻzi xumordan ayrildim.

Ayrildim gʻuncha gulimdan,
Qora sochli sunbulimdan,
Xush ovozli bulbulimdan,
Shirin guftordan ayrildim.

Telba koʻnglimning armoni,
Barcha goʻzallar sultoni,
Sakkiz jannatning boʻstoni,
Bogʻu bahordan ayrildim.

Ellarining dongʻi doston,
Zilol suvu yaylovga kon,
Goʻklanglik—oti Menglixon
Otlik dildordan ayrildim.

Maxtumquli mastu hayron,
Taʼrifiga bitdim doston,
Manzilgohi bogʻu boʻston,
Olma-anordan ayrildim.

Maxtumquli

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Kechikish Бахром Назаров - Кечикиш
Bahrom Nazarov
#retro

🎼Ayrildim
Maxtumquli
🎙Bahrom Nazarov

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim

🔰Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o'quvchilari

ONA TILIM

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️
15-oktyabr kuni tavallud topganlar:

Mirzakalon Ismoiliy – yozuvchi, publitsist, tarjimon
Ibrohim Rahim – yozuvchi, dramaturg, jurnalist
Hakim Nazir – yozuvchi, publitsist, tarjimon
Fridrix Nitsshe – nemis faylasufi, yozuvchi
Mixail Lermontov – rus shoiri
Sog‘lom ovqatlanish: kelajagimiz o‘z qo‘limizda

Butunjahon oziq-ovqat kuni har yili 16 oktyabrda nishonlanadi. Bu BMT taqvimidagi eng mashhur xalqaro kunlardan biridir.

Ushbu kunning asosiy maqsadi dunyoda mavjud bo'lgan oziq-ovqat muammosi bo'yicha aholining xabardorligini oshirishdir.

Bu kun, shuningdek, global muammoni — insoniyatni ochlik, to'yib ovqatlanmaslik va qashshoqlikdan xalos qilish uchun nima qilinganligi va nima qilish kerakligi haqida o'ylash uchun yana bir imkoniyat.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida ham butunjahon oziq-ovqat kuniga bag‘ishlangan «Sog‘lom ovqatlanish: kelajagimiz o‘z qo‘limizda» shiori doirasida ochiq darslar o‘tkazildi.

O‘tkazilgan mashg‘ulotlarda sog‘lom ovqatlanishning inson salomatligiga ta’siri masalalari muhokama qilindi

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim