Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
881 subscribers
8.09K photos
859 videos
49 files
1.83K links
Download Telegram
#zakovat

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida o‘quvchi yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, iqtidorli va iste’dodli yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning intelektual salohiyatini ro’yobga chiqarish maqsadida 7-sinf o‘quvchilari o‘rtasida navbatdagi "Zakovat" intellektual o‘yinlari tashkil etildi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, “Yangi Oʻzbekiston” universiteti va boshqa hamkorlar bilan birgalikda Markaziy Osiyo universitetlar forumi oʻtkaziladi.

Joriy yilning 16-oktabr kuni oʻtkaziladigan ushbu yirik xalqaro tadbirda xorijdan 200 ga yaqin ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.

MIT va Kembrij kabi nufuzli oliygohlar vakillari qatnashadigan mazkur forumdan koʻzlangan maqsad Markaziy Osiyoda, xususan yurtimizda oliy taʼlim tizimiga dunyo tajribasini olib kirish hamda zamonaviy taʼlim islohotlarini muhokama qilishdan iborat.

Forum doirasida 12-oktabr kuni italiyalik olim, hisoblash fizikasining dunyoga mashhur arbobi va qora tuynuklarning birinchi tasvirlarini yaratuvchilaridan biri boʻlgan Luciano Rezzollaning ochiq maʼruzasini tashkil etadi.

Shuningdek, 15-oktabr kuni dunyoning yetakchi oliygohlaridan biri Massachusetts texnologiya instituti akademik rivojlanish boʻyicha kansleri professor Erik Grimson bilan ochiq muloqot tashkil etiladi.

Maʼruza mavzusi juda dolzarb: “Kelajakka tayyorgarlik: barcha jabhada sunʼiy intellekt”.

Muloqotda yurtimizning barcha taʼlim muassasalari vakillari ishtirok etishlari va qimmatli tajribaga ega boʻlishlari mumkin.

Forum oldi tadbirlaridan yana biri zamonamizning eng nufuzli iqtisodchilaridan biri, monopoliyalarni tartibga solgani uchun Nobel mukofoti sovrindori Jan Tirol bilan tashkil etiladigan maʼruza.

Fransiyalik olim Jan Tirol tomonidan 14-oktabr kuni ochiq maʼruza tashkil etiladi.

Ochiq maʼruzada olim shaxsiy manfaatlar va ijtimoiy farovonlik oʻrtasidagi muvozanatni tushuntirib, xalq farovonligiga erishish boʻyicha oʻz izlanishlari haqida maʼlumot beradi.

Jan Tirol 2014-yil monopoliyalarni boshqarish va bozorni tartibga solish sohalaridagi dolzarb muammolarga eng yaxshi yechimlarni ilgari surgani uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.

Ilm-taʼlimga befarq boʻlmagan yurtdoshlar, soha vakillari forum jarayonlarini, albatta, kuzatib boring.

@hilola_umarova
#mahorat_darsi
#hamkorlik

🔰Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Jurnalistlar ujodiy uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi raisi Mahpuraxon Artiqova bilan mahorat darslari tashkil etildi.

💎O‘tkazilgan mahorat saboqlari orqali o‘quvchi yoshlarga jurnalistika o'zi nima, nega uni to‘rttinchi hokimiyat deb atashadi, jurnalistlarning kasb etikasi hamda bugungi jurnalistikaning o‘rni haqida ma'lumotlar berildi

🔷Qizg‘in savol javob tariqasida bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlar yakunida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi qoshida "Yosh jurnalistlar" to‘garagi faoliyati yo‘lga qo‘yilishi kelishib olindi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#xalqaro_qizlar_kuni

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2011-yil 19-dekabrdagi rezolyutsiyasiga asosan, 11-oktyabr — “Xalqaro qizlar kuni” deb e'lon qilingan. Bu sana har yili jahon bo'ylab turli davlatlarda qizlarning kamsitilishi, ularning ijtimoiy muammolariga e'tibor qaratish maqsadida nishonlanib kelinmoqda.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida ham sana munosabati bilan o‘quvchi qizlar ishtirokida "Mening kelajagim" mavzusida treninglar tashkil etildi.

Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar qiziqarli o‘yinlar orqali o‘zlarini to‘laqonli ta’lim olishlari, o‘zlari qiziqqan kasb-hunarga ega bo‘lishlari, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishlari haqida o‘z fikrlarini bayon qildilar.

Shuningdek, qizlarni intiluvchan va tashabbuskor bo‘lishga, doimo o‘z ustida ishlab, ilm olishga, yangi kasblarni egallashga keng sharoitlar yaratilganligi ta'kidlandi

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim