Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
1.02K subscribers
9.92K photos
961 videos
53 files
2.06K links
Download Telegram
🔰 Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarida "Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik" shiori ostida mustaqillik darslari bo‘lib o‘tdi.

🔹Xususan, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabidagi "Birinchi qo'ng'iroq" tadbiri zavqqa boy bo‘ldi.

🔸Shunigdek, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida tashkil etilgan tadbirda Oliy Majlis Senati a’zosi, O‘zbekiston xalq shoirasi Enaxon Siddiqova o‘quvchilarini yangi o‘quv yili bilan tabrikladi.

🔹Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida ham "Bilimlar kuni" keng jamoatchilik vakillari ishtirokida tashkil etildi. Unda ijod maktabining o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar namoyish etildi.

🔸Xuddi shunday tadbir Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida bo'lib o'tdi.

🔹Halima Xudoyberidyeva nomidagi ijod maktabida esa “Men nechun sevaman O‘zbekistonni?” mavzusida “Mustaqillik darsi” o‘tildi va bu ne’matning ahamiyati tushuntirildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Президент таълим муассасалари педагог кадрлари учун ўқув тренинглар ташкил этилди
#7sept #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
AJAB DUNYO

Ikki buyuk shoir, ikki musofir -
Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur.
Sizni o‘ylatmasmi bu jumboq, bu sir,
Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur...

Buni tasodifmi atayin, ayting,
Qitmir qismat o‘yni deyinmi yo bir?
Ko‘rib qo‘y, Turkiston, ikki shoh bayting -
Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur.

Jafo etganga ham jabr etmadik,
Gadoni siyladik goho, Xudo bir.
Daholarimiz qadriga yetmadik -
Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur.

Yer yonar jahannam afg‘onda yal-yal,
Kulrang ko‘rpa yanglig‘ bulut yonodur.
Yonar ne tiklagan bo‘lsa bir mahal -
Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur.

Ikki buyuk hikmat, ikki xush zabon,
Ikki buyuk dildan yo‘qdir sado bir.
Biz g‘animga bejang topshirgan qo‘rg‘on -
Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur.

Uchrashishmagandi ular hayotda,
Yoturlar yonma-yon ikki lahatda.
Nima deysiz endi, hayot-hayot-da -
Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur!

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri
#Xorijiy_OAV

Prezident ta'lim muassasalari agentligi UNESCO va IDRC bilan hamkorlikda pedagog kadrlar malakasini oshirish bo'yicha o'tkazilgan o'zbek TDP@Scale modelining taqdimoti haqida UNESCO saytida maqola e'lon qilindi.

👉 Batafsil: https://en.unesco.org/news/high-level-implementation-phase-launch-meeting-within-adapting-and-scaling-teacher-professional
Ахборот технологиялари соҳасида салоҳиятли кадрлар тайёрлаш ва иқтидорли ёшлар билан тизимли ишлаш масалалари муҳокамаси юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.
Давлатимиз раҳбари “Бир миллион дастурчи” лойиҳасини ҳар бир мактабга етказиш, болаларни ўқишга кенг жалб этиш муҳимлигини таъкидлади.
Президент, ижодий ва ихтисослашган мактабларда таълим-тарбия сифатини ва ўқитувчилар малакасини ошириш бўйича вазифалар белгиланди.

Состоялось видеоселекторное совещание по вопросам подготовки квалифицированных кадров в сфере информационных технологий и организации системной работы с одаренной молодежью.
Глава государства отметил важность охвата всех школ программой «Один миллион программистов», широкого вовлечения детей к обучению.
Определены задачи по повышению качества образования и квалификации педагогического состава Президентских, творческих и специализированных школ.

#Mirziyoyev #videoselektor #IT #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
12 сентябрь — Шавкат Раҳмон туғилган кун

ИҚРОР

Шавкат Раҳмон шеъри

Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Ахборот хизмати
#ТАВАЛЛУД

* * *
Ҳаммамиз қуёшда куйган жиззамиз,
қачон тиз чўкувдик, ҳамон иззамиз,
сирқираб оғрийди шишган тиззамиз,
ўриндан озгина турсак майлиму?

Ўтганлар бари бек, қолган жавдирар,
гардинда кўринмас ғуллар шалдирар,
меҳнатдан ёрилган қўллар қалтирар,
ўз беким ерида юрсак майлиму?

Насимлар гулламиш озод тоғларда,
озодлик муждаси сўлу соғларда,
боболар қийналиб тиккан боғларда
ағанаб бир хаёл сурсак майлиму?

Неча минг аллома, жўмардлар ўлган,
тафаккур сасиган, руҳлари сўлган,
уруғлар айниган тап-тақир чўлда
ўз беким давлатин қурсак майлиму?

Юз эллик йилдирки мана шу ҳолат,
ҳануз давом этар маккор тижорат,
билмадим, қаердан ушбу жаҳолат,
нега сиз бўлмайсиз сира хижолат?

Нега мен сўрайман сиздан ижозат?!

©Шавкат Раҳмон
Òzbek tiliga Davlat tili maqomi berilganining 32 yilligiga baģishlanadi

Moziylarning quchoģida sen barhayot,
Sadolari yangroģimsan, ona tilim!
Ajdodlarim ash'orida mangu bayot,
Orim kabi ardoģimsan, ona tilim!

Sensiz mening sha'nim xarob, taqdirim gung,
Kimlar gòzal jozibangni qildi gurung,
Lablaringdan ketdi kulgu, ketmadi mung,
Yetmish yillik firoģimsan,ona tilim!

Sen Navoiy bitib ketgan doston eding,
Boyqarodan qolgan ģazal- bòston eding,
Uluģbekni olim qilgan osmon eding,
Shiroq tutgan mayoģimsan, ona tilim!

Chòlponimsan, Usmonimsan, Fitratimsan,
Forsiylarni lol aylagan fikratimsan,
Shoh Boburdan qolgan aziz dastxatimsan,
Kulib turgan qaroģimsan, ona tilim!

Sen borsanki, Abdullolar hayot- uyģoq,
Va Muhammad Yusufingda shonli bayroq,
Quvonchimdan tillarimda shirin titroq,
Sònmas chashma buloģimsan, ona tilim!

Shahlo Hamidova
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi