Andijon | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.29K subscribers
5.2K photos
381 videos
17 files
1.33K links
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi(Andijon viloyati)ning rasmiy telegram sahifasi

instagram.com/ima_andijan
facebook.com/ima.andijan

Manzil: Andijon shahar A.Navoiy shoh ko‘cha 73-uy
Download Telegram
BESH TASHABBUS OLIMPIADASI – TA’LIM BILAN BIRGA

Joriy yilning 15-may kuni Xonobod shahar ixtisoslashtirilgan maktabida  aprel oyida start berilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida  oʻtkazilgan sport musobaqalari hamda koʻrik tanlovlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarni taqdirlash marosimi hamda konsert dasturi oʻtkazildi.

Mazkur tadbirda shahar hokimi boshchiligida sektor rahbarlari,  maktab oʻquvchilari hamda ularning ota-onalari ishtirok etdilar.
   
Tadbirda soʻz olgan sektor rahbarlari ushbu olimpiada gʻoliblarini chin yurakdan tabriklab, ularga sovgʻalarni topshirdilar. Shundan soʻng konsert dasturi hamda qiziqarli omadli oʻyinlar va taqdirlash marosimining davomi oʻtkazildi

🌍Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Prezident_maktablari
#Qabul_2024
#1_iyundan_20_iyungacha

📣📣📣📣📣

❗️PREZIDENT MAKTABLARI 2024/2025-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

🕊PREZIDENT MAKTABLARI

Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning
:
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning pasport maʼlumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).

❗️DIQQAT
🗂 Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari "5" baho (aʼlo) boʻlishi lozim
.

Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
Prezident maktablariga 4-sinfni tugatgan oʻquvchilar 5-sinfga qabul qilinadi.

📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#qabul_2024
#1_iyundan_20_iyungacha

📣📣📣📣📣

❗️IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARI 2024/2025-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda
ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning
:
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining:
aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha 5-sinfga;
tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 7-sinfga qabul qilinadi.

🗺 HUDUDIY MAKTABLAR

📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

🏆🏆🏆

🏆Marhamat tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchisi Begzod Xoshimjonov Toshkent Xalqaro matematika olimpiadasi(TasIMO)ning final bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritib, Oltin medal sohibi boʻldi.

💫Oʻquvchimizning kelgusi oʻqish va ishlarida omad va zafarlar tilaymiz.

🌍Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor

O‘ZBEKISTONLIK O‘QITUVCHI BRITANIYA QIROLLIGIDAGI TANLOV G‘OLIBI BO‘LDI

Andijon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining Ingliz tili fani o‘qituvchisi Iskandar Sattiboyev London shahrida o‘tkazilgan Britaniya Kengashi tomonidan ta’sis etilgan “STUDY UK ALUMNI AWARDS” tanlovining “Madaniyat va ijodkorlik” yo‘nalishida g‘olib deb topildi.

Ma'lumot uchun, har yili Buyuk Britaniyadagi 120dan ortiq oliygohlarni tamomlab, vatanida ishlayotgan sobiq bitiruvchilar o‘rtasida tanlov o‘tkaziladi. Unda 100ga yaqin mamlakatlardan 1200dan ortiq ishtirokchi, 4ta nominatsiya bo‘yicha bellashgan.

Iskandar Sattiboyev ona tilidan tashqari jami 7 ta tilda (ingliz, nemis, arab, dat, turk, fors va rus tillari) muloqot qila oladi. 2006-yilda IELTSdan 8 ballni qo‘lga kiritib, 2022-yilda “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

🌍Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor

O‘ZBEKISTONLIK O‘QITUVCHI BRITANIYA QIROLLIGIDAGI TANLOV G‘OLIBI BO‘LDI

Andijon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining Ingliz tili fani o‘qituvchisi Iskandar Sattiboyev London shahrida o‘tkazilgan Britaniya Kengashi tomonidan ta’sis etilgan “STUDY UK ALUMNI AWARDS” tanlovining “Madaniyat va ijodkorlik” yo‘nalishida g‘olib deb topildi.

Ma'lumot uchun, har yili Buyuk Britaniyadagi 120dan ortiq oliygohlarni tamomlab, vatanida ishlayotgan sobiq bitiruvchilar o‘rtasida tanlov o‘tkaziladi. Unda 100ga yaqin mamlakatlardan 1200dan ortiq ishtirokchi, 4ta nominatsiya bo‘yicha bellashgan.

Iskandar Sattiboyev ona tilidan tashqari jami 7 ta tilda (ingliz, nemis, arab, dat, turk, fors va rus tillari) muloqot qila oladi. 2006-yilda IELTSdan 8 ballni qo‘lga kiritib, 2022-yilda “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
Forwarded from 🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali (Oyjamol Raxmonova)
INSTITUTDA O‘QUV-AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI


Bugun, 22-may kuni Andijon davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida 2024-yil 5-fevral kuni “Taʼlim sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar” mavzusida o‘tkazilgan yig‘ilishdagi topshiriqlar ijrosi yuzasidan o‘quv-amaliy seminar tashkil qilindi.

Mazkur seminar institut, Andijon viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Seminar avvalida institutga qator shahar, tumanlardan biriktirilgan 12 ta umumta’lim hamda ixtisoslashtirilgan maktablar iqtidorli o‘quvchilarining erishgan yutuqlari ko‘rgazmasi namoyish etildi. O‘quvchilar tomonidan she’rlar ijro etildi.

O‘quv-amaliy seminarni institut rektori M.Madazimov kirish so‘zi bilan ochib berdi va uchrashuv davomida hamkorlikdagi asosiy ishlarni belgilab berish, kelgusida maktab bitiruvchilarni OTMga kirishdagi ko‘rsatkichlarini yaxshilash borasida nafaqat yoshlar, balki, asosiy fanlardan dars berayotgan o‘qituvchilarning bilim, ko‘nikmalarini oshirish, ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishdek muhim vazifalarni belgilashga zamin yaratishini aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng, Andijon viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i M.Madazimov “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 11-son yig‘ilish bayonida qo‘yilgan ustuvor vazifalar” mavzusida, institutning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori B.Abdullajonov “OTM va maktablar hamkorligi” mavzusida, Shahrixon tumani 56-maktab direktori “Yangi O‘zbekiston yoshlarini barkamol, komil inson qilib tarbiyalashdagi muammo va yechimlar” hamda Marhamat tumani ixtisoslashtirilgan maktabi direktori M.O‘rinovaning “Ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchilarini OTMga yo‘naltirish” mavzularidagi ma’ruzalari tinglandi.

Seminar qatnashchilari institutda “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida o‘tkazilgan adabiy uchrashuvda ham ishtirok etdi.