Forwarded from Hilola Umarova
Aziz hamkasblar, qadrli yurtdoshlar!

Barchangizni olamga surur, dillarga huzur bag‘ishlab kirib kelgan Navro‘z ayyomi bilan samimiy muborakbod etaman!

Sharqona yangi yil bo‘lmish Navro‘z murabbiy kabi borliqqa yangilanish, yasharish, gullab-yashnashni o‘rgatadi, ezgulikdan saboq beradi.

Uning tashrifi olamga nurafshonlik baxsh etgani kabi qadrdon ustozlarimiz ham navqiron shuurlarga ma’rifat ziyosini ulashadi.

Bu yilgi ko‘klam tashrifi har qachongidan qutlug‘ kelishini, osmonimiz hamisha bugungidek tinch va musaffo bo‘lishini, dehqonlarimiz xirmoniga baraka, ustozlarimiz faoliyatiga faqat muvaffaqiyatlar olib kelishini tilayman!

Yana bir bor Navro‘zi olam muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida Navro'z umumxalq bayrami munosabati bilan "Sumalak sayli" tashkil etildi.

🌷Saylda milliy an'analarni o'zida aks ettirgan xalq o'yinlari, Navro'z mushoirasi va jamoalar ishtirokidagi bahslarda barcha yoshlar faol ishtirok etdi.

Navro'z shukuhi o'yin-kulgi va tantanalarga ulanib ketdi.

Web sayt I Facebook  I Telegram I YouTube I Instagram I

@ikki_qalb_izdoshlari
#Ijod_maktab_17_stipendiyasi_sovrindorlari_aniqlandi

🏢Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabi #stipendiyasining saralash bosqichlari o‘z yakuniga yetdi.

🔰O‘quvchining davomati, ijtimoiy faolligi, ingliz tilidan matnda tushirib qoldirilgan so‘zlarni topishi, badiiy asardan savolga javoblari, matematika fanidan amallarni bajarishi, monitoring ko‘rsatgichi, ijodiy ishlari, ota-onasi yoki yaqinining darslardagi ishtiroki, tarix va jismoniy tarbiya fanidan o‘quvchilarning bilimlari tekshirildi. Natijalar quyidagicha:

7⃣-oʻrin Bahodirov Adham 85.4;
6⃣-oʻrin Jabborova Sevinch 87.9;
5️⃣-o‘rin Oxboʻtayeva Muqaddas 89;
4️⃣-o‘rin Nurullayeva Mushtariy 89.6;
3️⃣-o‘rin Ikromjonova Oʻgʻiloy 89.7;
2️⃣-o‘rin Erkinova Pokiza 92.3;
1️⃣-o‘rin Abduazimova Shoxsanam 95.8 ballni qo‘lga kiritib, navbatdagi stipendiya sohiblariga aylanishdi.

♻️Stipendiyantlarning ota-onalariga stipendiya pul mukofoti hamda maktab rahbariyatining tashakkurnomalari yuborildi.

Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube

@ikki_qalb_izdoshlari
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
#Ijod_maktab_17_stipendiyasi_sovrindorlari_aniqlandi 🏢Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabi #stipendiyasining saralash bosqichlari o‘z yakuniga yetdi. 🔰O‘quvchining davomati, ijtimoiy faolligi, ingliz tilidan matnda tushirib qoldirilgan so‘zlarni topishi…
#minnatdorchilik_bildiramiz
#maktab_xodimlari_va_ota_onalar_stipendiyasi

🏢Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida maktab xodimlari va ota-onalar #stipendiyasida tashabbus ko‘rsatib, stipendiya uchun homiylik qilgan kuzatuv kengashi a’zolari hamda barcha ota-onalar:

- Gulzoda Abduvaitova;
- G‘ulomjon Xolmurodov;
- Muxlisa Sindarova;
- Sevara Ro‘zmatovna;
- G‘ulom Saitmurotov
larga hamkorlik uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube I Instagram I

@ikki_qalb_izdoshlari
#Teatr_ibratxonadir
#teatr_festivali

Shu yilning 25-27-mart kunlari Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasida “Teatr – ibratxonadir” shiori ostida teatr festivali o‘tkazilmoqda.

Ushbu tadbirning ochilish marosimi 25-mart kuni soat 10:00 da Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat musiqali teatrida boʻlib oʻtadi.

Festivalning taqdirlash va yopilish marosimi 27-mart kuni soat 10:00 da Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat musiqali teatrida oʻtkaziladi.
 
Barchani teatr festivaliga chorlab qolamiz.

Teatr haftaligida ishtirok etish mutlaqo bepul.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#No_comment

“Raqamli avlod qizlari-2024” Respublika tanloviga tayyorgarlik jarayonlari.

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
📌 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi hamkorligida ayni damda "Turon" oʻquvchilar teatr jamoalari festivali boʻlib oʻtmoqda.

🔰 Mazkur festivalda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining iqtidorli oʻquvchilari ishtirok etishmoqda.

Web sayt I Facebook  I Telegram I YouTube I Instagram I

@ikki_qalb_izdoshlari
#Teatr_ibratxonadir
#teatr_festivali

⚡️Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasida “Teatr – ibratxonadir” shiori ostida teatr festivali boshlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube