#Oʻquvchi_almashish
#1_kun

🔰Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari o‘zaro o‘quvchilarni almashishdi. Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabida Is’hoqxon Ibrat ijod maktabi o‘quvchilari bilim va tajriba almashish uchun dars hamda to‘garak mashg‘ulotlarini boshlashdi.

♻️Mashg‘ulotlardan so‘ng mehmon maktab o‘quvchilariga mezbon maktab bilan tanishuv soati tashkil etildi. Mavjud to‘garaklar, maktab tarixi, autsorsing xizmatlari hamda maktab infratuzilmasi tanishtirildi.

Sayt I Facebook I Telegram I YouTube

@ikki_qalb_izdoshlari
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Buyuk Britaniyaga ta’lim sayohatiga jo‘nab ketayotgan o‘quvchilar bilan uchrashdim.

Rosti, beg‘ubor, orzulari osmon, ko‘zlarida kelajakka katta ishonch porlab turgan bu yoshlarni ko‘rib, zavqim oshdi. Ularning o‘z fikrlarini turli chet tillarida burro-burro bildirib muloqot qilishayotganidan xursand bo‘ldim.

Tanlovda yurtimizdagi 7000 ga yaqin maktabdan qariyb 35 ming nafar o‘quvchi qatnashdi. Ularning 32 ming nafardan ortig‘i ingliz tilidan, ming nafardan ortig‘i nemis tilidan, ming nafarga yaqini fransuz tili yo‘nalishlarida ushbu tanlovlarda ishtirok etdi.

Bugun uchrashuvda qatnashgan 70 nafar o‘quvchilar mazkur tanlovning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, Respublika bosqichiga chiqqan eng baxtli o‘g‘il-qizlarimiz, desam adashmagan bo‘laman.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, xorijiy tillarni egallash yoshlarimizga dunyo eshiklarini ochish barobarida, ularning jahon ilmu fanini o‘rganishlarida katta yordam beradi.

Ham sayohat, ham ta’limga doir ushbu safar o‘quvchilarga katta motivatsiya beradi hamda yanada chuqur bilim egallashlariga zamin yaratadi. Ular O‘zbekistonga qaytganidan so‘ng, u yerda olgan taassurot va bilimlarini o‘z tengdoshlari bilan bo‘lishadi.

❗️Fursatdan foydalanib, tanlovda g‘olib chiqqan o‘quvchilarning ustozlariga ham o‘z minnatdorligimni bildirmoqchiman. O‘quvchilarga bilim berish bilan bir qatorda, ularni ushbu bellashuvlarga qiziqtira olish ham o‘qituvchilardan katta matonat va sabr talab etadi.

⚡️Sayohatingiz maroqli va taassurotlarga boy o‘tishiga ishonaman, aziz o‘quvchilar! Oq yo‘l sizlarga!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#fan_olimpiadasi
#matematika_va_kimyo

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida faoliyat koʻrsatayotgan matematika va kimyo fani oʻqituvchilari oʻrtasida ikki bosqichli olimpiada oʻtkaziladi.

🗺 Mazkur olimpiadaning birinchi bosqichi tizimdagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlaridagi matematika va kimyo fani oʻqituvchilari oʻrtasida joriy yilning 25-noyabr kuni hududlarda boʻlib oʻtadi va unda 914 nafar ishtirokchi, shundan 559 nafar matematika, 355 nafar kimyo fani oʻqituvchilari ishtirok etishi kutilmoqda.

❗️Olimpiadaning birinchi bosqichidan har bir fan boʻyicha muvaffaqiyatli oʻtib, 1-2-3-oʻrinlarni qoʻlga kiritgan jami 84 nafar ishtirokchilar uchun olimpiadaning ikkinchi bosqichi 2024-yilning 5-6-yanvar kunlari Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda oʻtkaziladi.

🗣Olimpiada jarayonlari va natijalari bilan Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali maʼlumot berib boramiz.

#Prezident_maktablari
#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻquvchi_almashish_dasturi
#2_kun

🔰Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari o‘zaro o‘quvchilarni almashishdi. Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabida Is’hoqxon Ibrat ijod maktabi o‘quvchilari bilim va tajriba almashish uchun dars hamda to‘garak mashg‘ulotlarini davom ettirishmoqda...

♻️Mashg‘ulotlardan so‘ng mehmon maktab o‘quvchilari Jizzax shahridagi Hamid Olimjon va Zulfiya xiyoboni hamda "O`rda" ekologik bog`iga tashrif buyurishdi.

Sayt I Facebook I Telegram I YouTube

@ikki_qalb_izdoshlari
Adiblar xiyoboni

Adiblar bog‘iga boringiz bir bor,
Ko‘rinadi shonli, jilvakor o‘tmish.
Yod etib nomlarin har doim takror,
Go‘zalmasmi faxr hissini tuyish.

Suhbat qurar oydin kechada Cho‘lpon,
U bilan so‘zlashar eng yorug‘ yulduz.
Qo‘lida sham ushlab turar Qodiriy,
Kumushni yo‘qotib ko‘zida afsus.

Xamsasi biz bilan, Navoiy uyg‘oq,
Bog‘dagi honishni Mavlono bildi.
Kapalakning do‘sti lolaqizg‘aldoq,
Muhammadni so‘rab yonimga keldi.

Bir chetda kuldirib qurib chordana,
Said Ahmad turar latifa so‘ylab.
Vodiylarni shoir yayov kezganda,
Faqat o‘tar baxt va shodlikni kuylab.

Oliydir insonga, yurtga muhabbat,
Abdulla mehrni baland turgizdi.
Qo‘shiq bo‘lib tildan tushmagay albat,
Vatanning siymosin she'rga kirgizdi.

Sadoqat, vafodan bering bir misra,
Guldan chambar yasab zulfiga taqay.
Allalar Saida oy yuzli chehra,
Beg‘ubor farzandin ko‘ngliga qaray.

Shoir O‘tkir hayotdan aytib birovga,
Hoshiyadan chiqib, qo‘ydi bitik - gul.
Yulduzli tunlarda chiqib yaylovga,
Orom olayotir bobom Pirimqul.

O‘zbegim deb yonib tutganda qalam,
Qog‘ozni ham yum-yum yig‘latgan Erkin.
Uzoq Sibir torin chertganida ham,
Usmonim olamga taratdi uchqun.

Shum bolani qilgan yo‘lda sargardon-
Yetimlik zaxmatin chekibdi G‘ulom.
Sariq devni minib otdi sho‘x xandon,
Xudoyberdi bobom, bolajon bobom.

Ba'zilar tirikdir, lek qoldirmas iz,
Boqiylikka boylik bo‘lmaydi lozim.
Aytgum nomlarini eshitganim mahal,
Yo‘q ular hayotdir qalblarda doim.

Zarifa Hakimova, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi

Sayt I Facebook I Telegram I YouTube

@ikki_qalb_izdoshlari
"MENSIZ YASHOLMAYDI..."

Mensiz yasholmaydi mana bu qalam,
Mensiz yasholmaydi bu qog‘oz daftar.
Yo oqshom, yo kunda kelsa bir marta,
Dilim kuylamoqqa tushar kechalar.

Garchi xonalari keng bo‘lmasada,
Yurmoqqa yo‘laklar bo‘lsada ensiz.
Bu uy aza tutar agar bo‘lmasam,
Uyim yasholmaydi hech qachon mensiz.

Eshikning yonida turadi kovush,
Mening oyoqlarim ko‘rmasa bir kun.
Burchakda berkinib yig‘laydi sassiz,
Ular edi menga ajib bir tutqun.

Eng og‘ir kunimda sodiq do‘stim bor,
Yillar o‘tsa hamki, aslo ketmaydi.
G‘am-tashvish kelsa ham doim yonimda,
Meni qayg‘ularga asr etmaydi.

Bir kecha bormasam o‘sha bog‘imga,
Shamol derazamga kelar uvillab.
Qushlar ham sayramay qo‘yadi go‘yo,
Mensiz bog‘larim ham qolar huvillab.

Bahor kelsa gullar taratar ifor,
Kurtaklar ochadi bog‘da anorlar.
Kelganida bahor so‘raydi meni,
Mensiz yasholmaydi barcha bahorlar.

Quvonchlar bo‘lmasam qayg‘u chekadi,
Afsuslar kechqurun achchiq choy damlar.
"Men beg‘am yashasam bo‘lardi, lekin"
Mensiz yasholmaydi hech qachon g‘amlar.

Dilshoda Urakboyeva, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi 8-"A" sinf o‘quvchisi


Sayt I Facebook I Telegram I YouTube

@ikki_qalb_izdoshlari
Oymomoni sog‘indim

Bugun oymomoni juda sog‘indim,
Shirmoydek to‘lin-u, shams kabi yorug‘.
Ko‘nglim daryosida aksini topar,
Bunda sog'inch bor-u, lek mahzunlik yo‘q.

Bugun oymomoni juda sog‘indim,
Momiq pardalari beg‘ubor, oppoq.
Bulutlar ortidan mo‘ralar sekin,
Uning nurlaridan tovlanar varoq.

Bugun oymomoni juda sog‘indim,
Hasratim ummoni u bilan yopiq.
Mayli-ku, ko‘z yoshim hech kim ko‘rmaydi,
Lekin oyni ko‘rar butun bir borliq.

Bugun oymomoni juda sog‘indim,
Pushti bulutlarga ilib arg‘imchoq,
Oyni kutib yana qo‘shiq kuylayman,
Go‘yo bu qo‘shiqlar menga ovunchoq.

Pokiza Erkinova, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o'quvchisi

Sayt I Facebook I Telegram I YouTube

@ikki_qalb_izdoshlari