#Oʻquvchi_almashish_dasturi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablarida bir-birlari bilan yaqindan tanishish va bilim, tajriba almashish maqsadida “O'quvchi almashish dasturi” yo'lga qo'yilgan.

Shu munosabat bilan 16-oktabr kuni Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 10 nafar o'quvchilari Jizzax shahridaga Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabiga yetib kelishdi hamda dars jarayonlarida faol ishtirok etishmoqda.

Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube

@ikki_qalb_izdoshlari
Ustoz

Iste'dod atalmish sayyoramizning
Tarkibin kashfiyot etgan ham Ustoz.
Har bir õquvchining ichki dunyosin
Xaritasin tuzib, bitgan ham Ustoz!

Ilm dengizida ilm-u tolibga
Suzish imkonini bergan ham Ustoz.
Buyuk donishlarning ortida hatto
Tirgak bo‘lib kulib turgan ham Ustoz.

Hayotning yomg‘irli, qorli kunida
Qanday qurollanmoq bildirgan – Ustoz.
Umr dovonida horib charchagan
Shogird quvvatin ham to‘ldirgan Ustoz.

Chiqmoq uchun ildam dunyo toqiga
Ko‘maklashib turar narvondir Ustoz.
Haq yo‘lin ko‘rsatib tanittirguvchi
O‘quvchiga gõzal iymondir Ustoz!..

Mashhura Umaraliyeva, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi 10-"B" sinf o‘quvchisi

Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube

@ikki_qalb_izdoshlari
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
#Oʻquvchi_almashish_dasturi

🔰Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablarida bir-birlari bilan yaqindan tanishish va bilim, tajriba almashish maqsadida “O'quvchi almashish dasturi” yo'lga qo'yilgan.

📖Shu munosabat bilan 16-oktabr kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 10 nafar o'quvchilari Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabiga yetib kelishdi hamda jarayonlarda faol ishtirok etishmoqda…

🔖Dars jarayonlaridan so‘ng, o'quvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida ijod maktabi psixologi Mahmudjon Akbarov moslashuv trening mashg'ulotini o‘tkazdi.

📋Mashg'ulot nazariy ma’lumotlar amaliy mashqlar orqali mustahkamlandi, o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
***
Ey majnunsifatim, o‘ylab qolaman:
"Siz ham sevasizmi meni mendayin?"
Bunday xayollarni uchirmoq uchun,
Shamollar sochlarim silar bir mayin.

Ba'zida tuyilar ko‘nglingiz beg‘am,
Go‘yo qalbingizga sevgi begona.
Bunday holatlarga dosh berolmasdan,
Holdan toyar yurak xo‘p yona-yona.

Men baxtni so‘radim, rahmdil Alloh
Ko‘nglingiz ko‘nglimdan qilmasin yiroq.
Mensiz baxtingizdan rozi emasman,
Baxtsiz bo‘lishingiz undan og‘irroq.

Zarifa Mardiyeva, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi

Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube

@ikki_qalb_izdoshlari
Farrux Pardaboyev boshchiligida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi Zakovat turniring Respublika bosqichida 42 ta maktab ichida munosib ishtirok etishdi.

Bu natijani egallashda oʻzlarining bilimlari bilan maktabimiz shaʼnini munosib himoya qilgan oʻquvchilarimiz Hojiakbar Qayumov, Islom Abulqosimov, Eldor Turgʻunboyev, Marjona Abduqayumova, Elyor Sayfiyev, Diyora Xatamova va Jaloliddin Ismatullayevlarga maktab maʼmuriyati oʻz minnatdorchiligini bildiradi.

Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube

@ikki_qalb_izdoshlari
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

Yurtdoshim, bog‘ingga bir nihol qada,
Bu nihol nomini Yaxshilik ata.
Niholing yoniga bir gul ekib qo‘y,
U gulning ismini Go‘zallik deb qo‘y.

Gulu niholingga baxsh etib hayot,
Suv ber va bu suvga Mehr deb qo‘y ot.
Sendan kelajakka bog‘ qolsin, ey do‘st,
Bog‘ing Vatan degan nom olsin, ey do‘st.

Erkin Vohidov