“Hamid Olimjon va Zulfiya ijodi bilimdoni” ko‘rik-tanlovining g‘oliblari bilan tanishing!

🥇1-o‘rin Qodirova Nilufar 11-sinf o‘quvchisi
🥈2-o‘rin Sindarova Muxlisa 10-sinf o‘quvchisi
🥉3-o‘rin Abdazizova Nigina 10-sinf o‘quvchisi

Shuningdek, 9-sinf o‘quvchilari Ergasheva Shaydo hamda Hamroyeva Parizodalar rag‘batlantiruvchi nominatsiyalar sohibiga aylanishdi.

Ikkinchi bosqichga o‘tgan 15 nafar ishtirokchilar O‘zbekiston milliy universitetining diplom hamda qimmatbaho sovg‘alariga ega bo‘lishdi.

Taqdirlash marosimi yakuni ijod maktabining maxsus tashakkurnomalari O‘zbekiston milliy universitetidan tashrif buyurgan mehmonlarga taqdim etildi. Mazkur ko‘rik-tanlovning ikkinchi bosqichi 2025-yilning fevral oyida o‘tkaziladi.

🌐Web sayt I 🔵Facebook I 🚀Telegram I 🎬YouTube

@ikki_qalb_izdoshlari
Jizzax viloyatida joriy yil noyabr oyiga qadar 928 nafar shaxsda OIV infeksiyasi aniqlangan

Viloyatimizda joriy yil noyabr oyiga qadar 928 nafar shaxslarda OIV infeksiyasi aniqlangan, — deydi bosh vrach Nilufar Asqarova. — Jizzax shahar, Mirzachoʻl va Paxtakor tumanlarida boshqa hududlarga nisbatan kasallik koʻproq yuqtirilgan. Ushbu infeksiya bilan ogʻrigan bemorlarning 73 foizi 25 yoshdan 50 yoshgacha boʻlgan fuqarolardir.

Bundan koʻrinadiki, OIV infeksiyasini yuqtirib olayotganlar jamiyat taraqqiyotiga eng koʻp hissa qoʻsha olish davrini yashayotgan kishilar. Shunday ekan, bugungi kunda har bir oilada, muassasa va tashkilotlarda tibbiy madaniyatni yuksaltirishga, sogʻlom turmush tarzini targʻib etishga doir chora-tadbirlar qamrovini kengaytirish muhim ahamiyatga ega.
Taqdirlash marosimi

Atoqli shoir, xalqimizning suyukli farzandi Hamid Olimjon tavalludining 115 yilligiga bag‘ishlangan “Buyuk siymo” nomli ijodiy tanlov g‘oliblari bilan tanishing:
Eng yaxshi bag‘ishlov yo‘nalishi

1-o‘rin 10- sinf oʻquvchisi Abduvaliyeva Madina
2-o‘rin 9-sinf oʻquvchisi Hakimova Zarifa
3-o‘rin 8- sinf o‘quvchisi Abdualimova Jasmina


Eng yaxshi badia yo‘nalishi

1-o‘rin 10-sinf o‘quvchisi Abduazimova Shohsanam
2-o‘rin 8-sinf o‘quvchisi Shaymirzayev Azizbek
3-o‘rin 7-sinf o‘quvchisi Nazirova Odina


3-o ‘rin g‘oliblari kitoblar jamlanmasi, 2-o‘rin g‘oliblari soat, 1-o‘rin g‘oliblari uyali aloqa telefoni va diplomlar bilan taqdirlanishdi.

Tanlov g‘oliblarini yana bir tabriklab, ularga ijodiy parvozlar tilaymiz.

🌐Web sayt I 🔵Facebook I 🚀Telegram I 🎬YouTube

@ikki_qalb_izdoshlari
#yil_sarhisobi
#tanqidiy_tahlil

PREZIDENT VA IJOD MAKTABLARI FAOLIYAT SAMARADORLIGI TAHLIL QILINDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida tizimdagi Prezident va ijod maktablarining 2024-yildagi faoliyat samaradorligi, Agentlik ishchi guruhi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar tahlili hamda 2025-yildagi dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Agentlik rahbariyati, masʼul xodimlari, ZOOM platformasi orqali tizimdagi Prezident hamda ijod maktablarining rahbar xodimlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda ta’lim samaradorligi, bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalari, milliy va xalqaro sertifikatlar imtihonlariga tayyorlash, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish, ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish singari qator masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

O‘quv jarayonida sun’iy intellektga asoslangan raqamli ta’lim platformasi (Cerebry) dan foydalanish masalasi ham yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olib, ayni yo‘nalishda monitoring yuritib borish va o‘quvchilarning bilimlari natijalaridan kelib chiqib qo‘shimcha kurslar va to‘garaklar tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, Prezident hamda ijod maktablarida bo‘sh ish o‘rinlariga xodimlarni ishga qabul qilayotganda malaka talablariga rioya qilish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasdan belgilangan tartibga muvofiq mehnat munosabatlarini o‘rnatish taʼkidlandi.

Qolaversa, ijro intizomi, shaxsiy tarkibga oid hujjatlarni rasmiylashtirishda amaldagi qonunchilikka qat’iy rioya qilish, davlat xaridini tashkil qilishning huquqiy va tashkiliy asoslari, moliyaviy mablag‘lardan oqilona foydalanish, ochiqlik va shaffoflik, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik masalalariga jiddiy e’tibor qaratish lozimligi qayd etildi.

Agentlikning 2025-yildagi (KPI) eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, har bir Prezident hamda ijod maktabining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini belgilab olish hamda shu asosida tegishli ishlarni amalga oshirish kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

Yig‘ilishda Agentlik direktori tomonidan tegishli mas’ullarga Prezident hamda ijod maktablarining faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube