This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍17👏3🔥21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍11🎉5🏆3
#Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi

7-oktabr kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida “Rahbar va yoshlar” loyihasi doirasida Jizzax viloyat “Qalb nuri” markazi direktori, Jurnalistlar uyushmasi a’zosi Alimova Nodira Mamatovna bilan uchrashuv tashkil etildi.

N.Alimova uchrashuv davomida o‘quvchilarni “Gender tengligi asoslari” mavzusida taqdimot bilan tanishtirdi. Mavzu yuzasidan savol-javoblar o‘tkazildi.

Shuningdek, uchrashuvda Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi F.Zoirova, Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi katta muharriri, shoira L.Murodova ham ishtirok etdi.

O‘quvchi yoshlar va rahbar ayollar o‘rtasidagi muloqot yoshlarda katta taassurot qoldirdi.
O'quvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy xizmatga bo'lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining o'quvchilari O'rda ekologik bog'ida joylashgan harbiy vertolyot va zirxli texnikalar va pnevmatik quroldan o'q otish mashqlarini bajarishdi.
👍7👏3
#Besh_tashabbus
#Sport_haftaligi

🏆Besh tashabbus olimpiadasining sport yo'nalishi bo'yicha birinchi maktab bosqichiga start berildi.

🏓 Unda o'g'il bolalar o'rtasida sportning stol tennis va shashka bo'yicha o'zaro bellashishdi. To'qnashuvlar do'stona ruhda kechishi bilan birgalikda, keskinligi bilan ajralib turdi.
Oldinda qizlar o'rtasida baxslar bizni kutmoqda...

🌐Web sayt I🌐Facebook I 🌐Telegram I

@ikki_qalb_izdoshlari
👍7