Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
IJOD MAKTABI JONLI DASTUR MEHMONI

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining o'qituvchi va o'quvchilari 9-fevral kuni O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Jizzax viloyat telekanali "Subhidam" musiqiy dam olish dasturi mehmoni bo'lishdi.

Ushbu dastur so'z mulkining sultoni, davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag'ishlandi.

Web sayt
I Facebook I Telegram I YouTube I Instagram I

@ikki_qalb_izdoshlari
✍️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari o‘rtasida buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arboblari tavalludi munosabati bilan “Tarix qa’ridagi ikki yulduz’’ mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.

Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning boy va serqirra adabiy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish, ijodkor va iste’dodli o‘quvchilarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan tanlovning ijod maktabi bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar keyingi bosqichga tavsiya etildi.

Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube I Instagram I

@ikki_qalb_izdoshlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Pedagog_maqomi
#taʼlim_islohoti

Ustoz va shogird “Pedagogning maqomi to’g’risida”gi Qonun haqida


Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi.

❗️ Ushbu videolavhada mazkur Qonunning mazmun-mohiyati haqida ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin.

Unda Qonun bilan ustozlar uchun kafolatlangan huquqlar haqida so’z boradi.

⚡️Yangi O’zbekiston - ta’limda yangi marralar sari!


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ijod_gulshani_jurnaliga_ijodiy_ishlaringizni_yuboring

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining "Ijod gulshani" ma'rifiy-badiiy jurnalining navbatdagi 27-soni nashrga tayyorlanyapti. Shu munosabat bilan, kimda ijodiy ishlar (maqola, she'r, hikoya, felyeton, ibratli voqealar, qatra, latifa...) bo‘lsa, @Mamurov_Akbar ga yuboring.

Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube I Instagram

@ikki_qalb_izdoshlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shoh_shoir_tarixchi_geograf_davlat_arbobi_yetuk_sarkarda
#Sport_sogʻlik_garovi #Bobur_day

🏢Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo tavalludining 541 yilligi munosabati bilan maktabda tahsil olayotgan oʻgʻil bolalar oʻrtasida 3000 metrga yugurish va sportning futbol turi boʻyicha musobaqa tashkil etildi.

Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube I Instagram

@ikki_qalb_izdoshlari
#Zulfiya_Isroilova_tavalludining_109_yilligiga_tanlov

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi taniqli shoir Zulfiya Isroilova tavalludining 109 yilligini keng miqyosda nishonlash maqsadida “Vafo kuychisi” mavzusidagi Respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:

1-yo‘nalish:
Nazm- (Zulfiyaxonim tilidan monolog yaratish);

2-yo‘nalish: Badia (Zulfiya shaxsiyati va uning ijodiyotini yoritish);

3-yo‘nalish: Videorolik (Zulfiya qalamiga mansub she’rlaridan birini obrazli tarzda videoga olish. Video davomiyligi ikki daqiqadan, hajmi 200 mbdan oshmasligi kerak).

Ijodiy ishlar telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali 25-fevral sanasiga qadar (@Mamura_Sayfullayevna)ga taqdim etiladi.

G‘oliblar 2024-yil 1-mart kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda taqdirlanadi.

Tanlov Nizomi bilan batafsil tanishishingiz mumkin.

Web sayt
I Facebook I Telegram I YouTube I Instagram

@ikki_qalb_izdoshlari
“Vafo_kuychisi”_Zulfiya_Isroilova_tanlovining_axborot_xati_va_nizomi.doc
221.5 KB
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi taniqli shoira Zulfiya Isroilova tavalludining 109 yilligini keng miqyosda nishonlash maqsadida “Vafo kuychisi” mavzusidagi Respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:

1-yo‘nalish:
Nazm- (Zulfiyaxonim tilidan monolog yaratish);

2-yo‘nalish: Badia (Zulfiya shaxsiyati va uning ijodiyotini yoritish);

3-yo‘nalish: Videorolik (Zulfiya qalamiga mansub she’rlaridan birini obrazli tarzda videoga olish. Video davomiyligi ikki daqiqadan, hajmi 200 mbdan oshmasligi kerak).

Ijodiy ishlar telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali 25-fevral sanasiga qadar (@Mamura_Sayfullayevna)ga taqdim etiladi.
G‘oliblar 2024-yil 1-mart kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda taqdirlanadi.

Tanlov Nizomi bilan batafsil tanishishingiz mumkin.

Web sayt
I Facebook I Telegram I YouTube I Instagram

@ikki_qalb_izdoshlari
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Nukus shahridagi Prezident maktabida ota-onalarning ta'lim maskanida faoliyat yuritayotgan chet ellik o'qituvchilar, sinf rahbarlari va fan o'qituvchilari bilan muloqoti tashkil etildi.

Toshkent shahridagi Prezident maktabining 9-10-sinflari o'rtasida O'tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" asari bo'yicha “Kitobxonlik” tanlovi o'tkazildi.

Samarqand shahridagi Prezident maktabida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, senator Farmon Toshev bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o'quvchisi Marjona Umarova AQShdagi "Marymount Manhattan College" oliygohiga o'qishga qabul qilinib, 64,000 AQSH dollari miqdoridagi grant sohibasiga aylandi

Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida basketbol bo'yicha "Direktor kubogi" musobaqasining final o'yini bo'lib o'tdi.

Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabida "Kitobsevar millat" shiori ostida kitob yarmarkasi tashkil etildi.

Oqoltin tuman ixtisoslashtirilgan maktab matematika fani o‘qituvchisi Elyor Xatamov Xalqaro darajadagi GRE (Graduate Record Examination) imtihonini muvaffaqiyatli topshirib, yuqori natijani qo‘lga kiritdi va sertifikat sohibiga aylandi.

Uchqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ona tili va adabiyot fanidan Alisher Navoiy nomidagi olimpiada tashkil etildi.

Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Farzandimga kitob sovg'a qilaman" aksiyasi tashkil etildi.

Narpay tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Mushoira" bellashuvi  o'tkazildi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda "Ilm sari ilk qadam" loyihasi doirasida  yuqori sinf o’quvchilarining mustaqil ilmiy ishlari himoyasi bo’lib o’tmoqda.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida «O‘ZBEGIM» jurnalining 2024-yil 2-soni nashrdan chiqdi.

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi shoira Zulfiya tavalludining 109 yilligini munosabati bilan “Vafo kuychisi” mavzusidagi Respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari erishayotgan yutuqlar tafsilotlari 👉Qashqadaryo MRTK reportajida.

Навоий вилоятидаги ихтисослаштирилган мактаблар o'quvchilarining 👉Navoiy MTRK "Bilimdon bolalar" teleloyihasida ishtiroki.

Boyovut tuman ixtisoslashtirilgan maktabda Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur adabiy merosiga bag'ishlab o'tkazilgan  ma'naviy tadbir tafsilotlari 👉 Sirdaryo MTRK lavhasida.

Fargona shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan "Jadidlar yodi" tadbiri haqida 👉Farg'ona MTRK reportajida.

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida bo'lib o'tgan "Navoiyxonlik" kechasi 👉 Jizzax MTRK lavhasida .

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Onam
Yuzingizni ko‘rgim keladi,
Ko‘p ichikib sog‘indim ona.
Sochim sizdek o‘rgim keladi,
Sizni juda sog‘indim ona.

Ko‘zlarimni nuri o‘zingiz,
Hammadan ham suyugim onam.
Mehri bulog‘ ochiq bag‘ringiz,
Oddiygina buyugim onam.

Bir vatanga aylansa dilim,
Bezab turar jamolginangiz.
Bayroq kabi hilpirar doim,
Alvon rangi ro‘molginangiz!

Shamol sochim sizdek silolmas,
Ayriliqda ko‘nglim g‘amxona.
Har narsani bilgan olim ham,
Dardim sizdek bilmaydi ona!!!

O‘g‘iloy Ikromjonova, Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabining 7-D sinf o‘quvchisi

Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube I Instagram I

@ikki_qalb_izdoshlari
Dengiz...
Ba'zida hech narsa ko‘nglimga sig‘mas,
Yerlarni lahza tark etgim keladi.
Odatiy hayotning izidan chiqmas,
Yerlarni lahza tark etgim keladi.

Otlangim keladi dengizga tomon,
Go‘yo yuragimdan ko‘ra yaqinroq.
Men sog‘ingan to'lqin ko'rmay hech qachon...
Tutqunlik chizig‘in chizmagan qirg‘oq...

Oftob bo‘lib sharqdan ko‘tarsaydim bosh,
Nur bo‘lib o'zimni dengizga otsam.
Quyosh bo‘lib qolsam, qip-qizil quyosh,
Dengizdan chiqib so‘ng dengizga botsam.

Hech yo‘qsa, sohilni etsaydim makon,
Moviy, shaffofligi ko‘ngil talabi.
Qalbimdan gardlarim yuvsayding shu on,
Bag‘ringdan qumlarni yuvganing kabi.

Odina Erkinova, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi

Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube I Instagram I

@ikki_qalb_izdoshlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔰Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🏛Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi

✍️ Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiy merosi

🎙
"Ijod to'garagi a'zolari"

🟢Bizni kuzatishda davom eting!   

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube I Instagram I

@ikki_qalb_izdoshlari
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur
#541_yosh

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan “Bobur- dilbar shaxs” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Dastlab Bobur haqida tayyorlangan videorolik namoyish etildi. O’quvchilar ijrosida shoir qalamiga mansub g’azal va ruboiylardan namunalar aytildi. Bobur siymosi aks etgan “Yulduzli tunlar” romanidan sahnaviy ko’rinish tadbir qatnashchilariga manzur bo’ldi.

Shoirning “Lola” g’azaliga bastalangan qo’shiqqa o’quvchilarimiz tomonidan raqs ijro etildi. Tadbir so’ngida 8-sinf o’quvchilari o’rtasida tashkil etilgan “Hind diyoridagi temuriy hukmdor” mavzusidagi insholar tanlovi g’oliblari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol qatnashgan o’quvchilar tashakkurnoma va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube I Instagram I

@ikki_qalb_izdoshlari