Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax viloyati teleradio kanalining "Subhidam" koʻrsatuvida ijod maktabimizning ona tili va adabiyot fan oʻqituvchisi Erkin Ochilov va 8-sinf oʻquvchisi Dilshoda Oʻroqboyeva mehmon boʻlishdi.

Rossiyaning “Талантливая узбекская молодежь” almanaxida  Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi 8-sinf o‘quvchisi Dilshoda O‘roqboyevaning she’ri e’lon qilindi. Shuningdek, nashriyot tomonidan maxsus yorliq va sertifikat bilan taqdirlangan Markaziy Osiyo davlatlaridagi eng faol 50 nafar iqtidorli yoshlar safida Dilshoda Oʻroqboyevaning ham borligi biz uchun quvonarlidir.

Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube I Instagram I

@ikki_qalb_izdoshlari
#Teatr_kuni

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining o'quvchilari Jizzax musiqali drama teatrida konsert dasturida bo'lishdi.

Konsertda mehmon san'atkorlar, O'zbekistonda va Qoraqalpog'istonda xizmat ko'rsatgan artistlar Alisher Otaboyev va Tolib Mo'minovlar mehmon bo'lishdi.

Konsert ko'tarinki ruhda kuy qo'shiqlarga boy tarzda o'tkazildi.

Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube I Instagram I

@ikki_qalb_izdoshlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Direktorlar_kengashi
#taʼlim_islohoti

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoniga muvofiq, joriy o‘quv yilidan boshlab mamlakatimizning barcha hududlarida eng tajribali umumta’lim muassasalari direktorlaridan iborat “Direktorlar kengashi” tashkil etilmoqda.

Umumta’lim maktablari faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida yo‘lga qo‘yilayotgan ushbu tizimning asosiy maqsad va vazifalari nimalardan iborat;

Uning maktab boshqaruvini tashkil etishdagi o‘rni va ahamiyati qanday;

Kengashning asosiy faoliyat yo‘nalishlariga nimalar kiradi;

Kengash kimga hisob beradi-yu, qanday vakolatlarni amalga oshiradi?


👏 Ustoz va shogird o‘rtasidagi o‘zaro muloqot shaklida tayyorlangan ushbu videorolikda siz mavzuga doir ko‘plab savollarga javob topasiz.

❗️“Direktorlar kengashi” — zamonaviy boshqaruv, mustaqil liderlar jamoasi!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Cookingtime
#Somsa_party

#Hamid_Olimjon_va_Zulfiya_nomidagi_ijod_maktabi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida o‘quvchi qizlarimizning darslardan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida "Orasta qizlar" to‘garagi yo'lga qo'yilgan, o‘quvchi qizlar to'garak mobaynida "Cho‘pcha somsa" tayyorlashdi.

Bunday to‘garaklarni o‘tkazishdan maqsad o‘quvchi qizlarimizga pazandachilik sirlarini o‘rgatish va katta hayotga ham tayyorlashdan iboratdir.

Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube I Instagram I

@ikki_qalb_izdoshlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Soʻrovnoma

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining o'quvchilari orasida qiziqarli so‘rovnoma o‘tkazildi.

O'quvchilarga bitta savol bilan yuzlanildi. Ularning javoblari esa ko‘pchilikni xursand qildi.

Videoni ustozlarga ham ko‘rishni tavsiya qilgan holda, javoblarni birgalikda bilib olamiz.

Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube I Instagram I

@ikki_qalb_izdoshlari
#Mahorat_darsi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasining hamkorlik rejasiga asosan Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida 25-yanvar kuni “She’r, She’riyat tushunchasi, she’riy san’atlar” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi. Mahorat darsi Jizzax davlat Pedagogika universiteti professori, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Usmonjon Qosimov tomonidan o‘tildi. O‘quvchilar mavzu doirasida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube I Instagram I

@ikki_qalb_izdoshlari