#Dastur_ijrosi_amalda
#Oʻquvchi_almashish

⚡️ Ijod maktablari oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish, oʻquvchilarning ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish, oʻquvchilarni hududlar va ulardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy anʼanalar, etnografiya, folklor bilan yaqindan tanishtirish maqsadida "Oʻquvchi almashish" dasturi yoʻlga qoʻyilgan.

Ushbu haftada:
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida;

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida;

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida;

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida;

Ogahiy nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida;

Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari esa Ogahiy nomidagi ijod maktabida dastur doirasidagi dars va darsdan tashqari mashgʻulotlarda ishtirok etishlari rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢 Hurmatli ota-onalar va aziz oʻquvchilar!

⚡️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi Sizlarni 7-sinfga o‘quvchilar qabuli bo‘yicha 2024-yil 18-may kuni soat 8:00 dan boshlanadigan "Ochiq eshiklar" kuniga taklif etadi.

📌 "Ochiq eshiklar" kunida:
Ijod maktabi haqida ma’lumotlar;
Ijod maktabidagi ixtisoslik fanlar;
Ijod maktabida o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar;
Ijod maktabining o‘quvchisiga qo‘yilgan talablar;
Ijod maktabiga qabul va saralash bosqichlari haqida ma'lumotlarga ega bo'lasiz.

✔️ Tadbir avvalida maktab boʻylab sayohat amalga oshiriladi.

☎️ Batafsil ma'lumot uchun:
77 703 07 95
77 703 07 96

Sayt I Facebook I Telegram I Instagram I

@ikki_qalb_izdoshlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bitiruvchimiz_AQShda #Faxr

🔰"El-yurt umidi" jamg‘armasi Vasiylik kengashining qaroriga ko‘ra, 2023-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovining yakuniy bosqich natijalariga asosan, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining bitiruvchisi

Hamidolimova Aziza Alisher qizi (The University of Arizona ) "Tillar" ta'lim dasturi yo‘nalishi stipendiyasini qo‘lga kiritgan edi. Hozirda AQShning Arizona shtatida o‘qish faoliyatini boshladi.

🎉Bitiruvchimizning yaqinlarini va albatta Ustozlarini ushbu yutuq bilan chin qalbdan tabriklaymiz!

AQShdagi nufuzli oliy ta’lim muassasasini tamomlab, yurtimiz taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shishga tilakdoshmiz!

Sayt I Facebook I Telegram I YouTube

@ikki_qalb_izdoshlari
O‘quvchilar almashinuvi

♻️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan ijod maktablari o‘quvchilari almashinuvi dasturi asosida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Jizzax viloyatidagi Hamid Ilimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari bilan almashinuvi asosida jizzaxlik yoshlar Andijon shahridagi Bobur nomli madaniyat va istirohat bog‘ida bo‘lishdi.

O‘quvchi yoshlar Bobur milliy bogʻi majmuasidagi "Bobur va jahon madaniyati muzeyini"da ham bo‘lishib, undagi boburiylar davriga oid qadimiy eksponatlar bilan tanishdilar.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
📣 Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama oladigan pedagoglar aniqlandi

Avval xabar qilinganidek, maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida mehnat qilayotgan, oʻquvchilari yuqori natijalarga erishgan, oʻz ustida doimiy ishlaydigan, oʻz oʻqitish uslubiga ega malakali pedagoglarga Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama belgilash maqsadida ikki bosqichli tanlov jarayonlari oʻtkazildi.

👉 Unga koʻra, maktablarda faoliyat yuritayotgan 1 005 nafar malakali pedagog kadrlarga 2024-yil may oyidan 2025-yil yanvar oyiga qadar (9 oy) mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama toʻlab boriladi.

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 2 nafar pedagogi: Hilola Mamarasulova hamda Farrux Pardaboyev vazir ustamasiga sazovor bo'lishdi

Sayt I Facebook I Telegram I Instagram I

@ikki_qalb_izdoshlari
#Ijodiy_uchrashuv

📝Jizzaxlik ijodkor, “Shuxrat” medali sohibi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Asror Mo‘min tavalludining 70 yilligi munosabati bilan Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida adabiy kecha o‘tkazildi.

Tadbirni O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyati bo‘limi rahbari M.Abdurahmonova olib bordi. Tadbirda shoir ijodidan namunalar aytildi.

Shuningdek, taniqli shoir Shodi Otamurod Asror Mo‘min ijodi, xususan, uning tarjimonlik mahorati haqida alohida ta’kidlab o‘tdi.

🔴Tadbir davomida ijodkor Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi hamda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi kutubxonasiga bir nechta kitoblar taqdim etdi.

Sayt I Facebook I Telegram I Instagram I

@ikki_qalb_izdoshlari
Forwarded from Jizzax viloyat MMTB Axborot xizmati| Rasmiy kanal (Sarvinoz Narziyeva)
#Kun_qahramoni
Jizzax viloyati Jizzax shahar Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabning "Tarix" fani o'qituvchisi Pardaboyev Farrux Farxod o’g’li
ATTESTATSIYA sinovlarida qatnashib 98 ball bilan OLIY malaka toifasini qo'lga kiritidi.

Ushbu o'qituvchimizning keyingi ishlariga omad tilaymiz!
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida pedagog-murabbiylar oʻrtasida "Zakovat" intellektual musobaqasi oʻtkazildi.

Qarshi shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Qashqadaryo viloyat Gidrometeorologiya boshqarmasi faoliyati bilan
tanishdi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibalari ishtirokida uchrashuv
bo’lib o’tdi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi pedagoglari Abdulhamid Cho‘lpon jamoat fondining "Abdulhamid Cho‘lpon" esdalik nishoni bilan
taqdirlandi.

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Asror Mo‘min tavalludining 70 yilligi munosabati bilan adabiy kecha
o‘tkazildi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminariga
yoʻllanma oldi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Yosh hamshiralar" koʻrik-tanlovi
oʻtkazildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti vakillari bilan uchrashuv
boʻlib oʻtdi.

Qumqo’rg’on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va Termiz muhandislik-texnologiya instituti oʻrtasida hamkorlik memorandumi
imzolandi.

Zomin tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ota-onalar uchun "Zakovat" intellektual musobaqasi
tashkil etildi.

Qo‘qon shahridagi 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktabiga Adliya vazirligi rahbariyati
tashrif buyurdi.

Quva tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari "Sharda University" fan olimpiadasida
gʻolib boʻldi.

Boyovut tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti iqtidorli talabalari bilan muloqot
tashkil etildi.

Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan "Biz baxtli oilamiz" mavzusida rasmlar tanlovi
oʻtkazildi.

Parkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchisi xalqaro taʼlim grantini qoʻlga kiritdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#maktablarimiz_haqida
#Hamid_Olimjon_va_Zulfiya_nomidagi_ijod_maktabi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2017-yilda tashkil etilgan mazkur ijod maktabida adabiyotga oshno, Hamid Olimjon va Zulfiyaga izdosh bo‘lgan yoshlar kamolga yetmoqda.

Bugungi kunda ijod maktabi “Sifatli ta’lim va tarbiya – barqaror kelajak kafolati” shiori ostida o‘z faoliyatini samarali davom ettirmoqda. Xususan, hozirga qadar maktabni 65 nafar o‘quvchi tamomlagan bo‘lsa, ularning barchasi xorijiy va mamlakatimizdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari talabalariga aylandi.

2023-yilda Bilim va malakalarni baholash agentligi xulosasiga ko‘ra, ijod maktabi o‘quvchilari oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida to‘plagan ballari bo‘yicha Jizzax viloyatida birinchi, Respublikada o‘n to‘rtinchi o‘rinda qayd etildi. Maktab yoshlari fan olimpiadalari, ijodiy tanlovlar va sport musobaqalarida ham faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda.

Iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, maktab xodimlari stipendiyasi tashkil etilgan.

Ta'lim maskanida jurnalistika, publitsistika , noshirlik ishiga qiziquvchi o‘quvchilar uchun “Ijod gulshani” nomida ma’naviy-ma’rifiy va badiiy jurnal faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda “Subhidam” musiqiy dam olish dasturi efirga uzatilmoqda. Hozirga qadar 11 nafar o‘quvchining 13 ta kitobli nashr ettirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube