Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida “Internetdan foydalanish madaniyati deb nomlangan trening mashg’uloti bo’lib o’tdi. Unda maktabning 8-sinf o’quvchilari ishtirok etishdi.

❇️ Treningni maktab psixologi N. Nabiyeva va tarbiyachi pedagoglar S. Raupova, M. Hasanova va A.Muxtorovalar olib borishdi.
Treningda internet ta’sirida
o’smirlar hayotida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xavf, tahdidlar va uning foyda hamda zarari haqida videorolik va suhbatlar orqali mavzu batafsil yoritib berildi. O’quvchilarimizning baxtli, tinch va osuda hayotini ta’minlash uchun zarur axborot immunitetini, internet tizimidan to’g’ri va oqilona foydalanish madaniyatini shakllantirishga asosiy e’tibor qaratildi.
Maktab psixologi tomonidan o’tkazilgan “Ko’z qisish”, “ Kalava” va “Qog’ozdagi savollar” mashqlari o’quvchilarda ko’tarinki kayfiyat uyg’otdi.

Web sayt
I Facebook I Telegram I YouTube I Instagram I

@ikki_qalb_izdoshlari
#Muammo_1

***

A: Odamlarning tilida shu gap,
Zamon o'zgarganmish-a, ajab.
B: Ee, insonlar nima ham demas,
Fol ochadi qayoqqa qarab.
Hamma aybni zamondan topar,
O'zlarining qilmishin yopar.
C: To'g'ri, zamon emas, o'zgargan inson,
Lekin tuhmatga ham qolgan shu zamon.
A: Bir paytlar uyalardik "sevdim" deyishga,
Biz ham yigit edik biram kelishgan.
Qancha qizlar bizga havas qilardi,
Lekin u payt qizlar sal iymanardi.
Hozirchi, qizlarda hayo qolmagan,
Onadan tarbiya, ibo olmagan.
Yigitlarchi, nima bo'ldi yigit zotiga.
Yurakka g'urur-u lavz solmagan.
C: Avval maktublarni zo'rg'a yozardik.
Birov bilmasin deb, asta, pinhona.
Hozirgi yoshlarga hech ham farqi yo'q,
"Sevdim-o'ldim" deydi shunday oshkora.
A: Bu yoshlar uchta harf biladi faqat,
Qo'shuv, barobardan iborat bir xat.
Sevgi izhor, muhabbat timsollariga,
To'lib ketgan o'rindiq, devor-u daraxt.
A+B=Sevaman emish,
K+N= katta yurakcha.
"Sevgimiz abadiy yashaydi",-deya,
Yozib qo'ygan yetmaganday yana tilakcha.
B: Ana mahallada bitta o'rindiq,
Shunaqa belgidan bo'lgan xaroba.
Qaysi qo'ling singur qildi bu ishni,
He, seni, esi past, eshak, "корова".
C: Kecha men ham ko'rdim, shunaqa.
A: Yo'g'ee
C: Bularning yozgani, chizgani "LOVE".
B: Heh, zararni bilmagan yoshlar-a, yoshlar.
Iqitisodga zarar, davlatga zarar.
Ziyon qilganingni bilmaysan baring,
Gapimni eshitgin yoshing ham qaring.
Davlat bizga bergan sharoit, imkon,
Bu bizning maskandir, biz turar makon.
Uni asrab, avaylab, e'zoz qilaylik,
O'zimizni anglaylik, qadrin bilaylik.
To'g'ri yo'ldan yuring, kelajak avlod,
Shu yurtga, Vatanga bo'linglar qanot.
Ota-ona, tarbiyaga bo'lingiz mahkam,
Zero, sizsiz farzandning xulqiga hakam.
Bu bizga xalq bergan imkon, qulaylik.
Keling, go'zal yurtni birga quraylik!

MOHIRA DINIQULOVA, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 10-A sinf o'quvchisi

Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube

@ikki_qalb_izdoshlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktabida #kitob_mutoaala_vaqti #har_kuni_19_30 #20_30_gacha

Bizda bugungi kun uchun xushxabar bor! O`quvchilarimiz ona tili va adabiyot fanlaridan Milliy sertifikatga ega bo`lishdi...

Sayt I Facebook I Telegram I YouTube

@ikki_qalb_izdoshlari
Forwarded from Xushnudbek.uz
Quyidagi imtihonlar Internet tarmog‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatiladi:

falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish (yopiq ilmiy ishlar bundan mustasno);
 
o‘rta-maxsus va professional taʼlim muassasalarining, (shu jumladan, “Temurbeklar maktablari” harbiy-akademik litseylarining) test sinovlari hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari;

oliy taʼlim muassasalaridagi harbiy kafedralarga qabul qilish.

Bu haqda Prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi, deya xabar bermoqda O‘zA.


👉 @xushnudbek 👈
#Maktab_xodimlarining_15_stipendiyasi_davom_etadi...

Maktab xodimlarining "Hamid Olimjon va Zulfiya" nomidagi choraklikning eng yaxshi oʻquvchisi stipendiyasining navbatdagi Nizomi ishlab chiqildi. Stipendiya uchun 7-sinf oʻquvchilaridan 11-sinf oʻquvchilarigacha ishtirok etishlari mumkin.

Sayt I Facebook I Telegram I YouTube

@ikki_qalb_izdoshlari
Respublikamizning barcha hududida asosiy olimpiadaning III bosqichiga start berildi

Joriy yilning 28-noyabr kuni Respublikamizning barcha hududida ona tili va adabiyoti, o‘zbek tili, rus tili va adabiyoti, tarix, geografiya, tojik tili, qozoq tili, qoraqalpoq tili va adabiyoti, ingliz tili, fransuz tili, nemis tili fanlaridan (II guruh fanlari) asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichiga start berildi.

29-30-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan olimpiadada 10-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etadi. Mazkur bosqichda 1-2-3-o‘rinni qo‘lga kiritgan 11-sinf o‘quvchilari olimpiadaning Respublika bosqichida ishtirok etish imkonini qo‘lga kiritadi.

Amaldagi tartib bo‘yicha asosiy olimpiadaning III bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar

1-o‘rin uchun 1 980 000 so‘m;

2-o‘rin uchun 1 320 000 so‘m;

3-o‘rin uchun 990 000 so‘m;

pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Joriy yilda asosiy olimpiadaning III(viloyat) bosqichi g‘oliblarini rag‘batlantirish uchun Respublika byudjetidan qariyb 5,12 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
#Muammo_1 *** A: Odamlarning tilida shu gap, Zamon o'zgarganmish-a, ajab. B: Ee, insonlar nima ham demas, Fol ochadi qayoqqa qarab. Hamma aybni zamondan topar, O'zlarining qilmishin yopar. C: To'g'ri, zamon emas, o'zgargan inson…
#Muammo_2

***

A: Tong havosi -- toza musaffo, o'g'lim
Derazani ochgil, yelsin shaboda.
B: Xo'p bo'ladi. Mana. Bir savol: --Faqat
Tongda esadimi sof havo, dada.

A: Savoling ajoyib , sermulohaza
Mayli, aylanamiz biroz ko'chani
Savolingga javob olasan shunda
Qalpog'ing kiyib ol , polvonim, qani.

B: Dadajon , qo'rqyapman hamma yoq jimjit
A: Ko'cha chiroqlari yoniq chekma g'am.
B: Ayting , nega hali odamlar siyrak?
A: Barvaqt turganlar kam, yana erta ham...

A: Daraxtlar barglarin sochibdi yerga
Qara supurmoqda hovlisin opang
B: Ariqqa itarib tashlayapti-ku
Yana biri xazon yoqyapti, qarang.

B: Oh, dada, tutuni bunchalar achchiq
A: Boisi nam hali , qurib bo'lmagan.
Va yana zararli tabiat uchun
Go'yoki opanglar buni bilmagan!

B: Yomon hid kelyapti ,dada, nimadan?
A: Anovi birodar chekar tamaki.
B: Bizni zaharlamang sizdan iltimos,
Jamoat joyida chekmang , amaki.

D: Bitta "sigaret" deb o'lib qolmaysan,
O'zingcha donolik qilma, o'v nodon!
Bolangizga ozroq qarang-da, aka
Kattaga o'shqirar -- o'zicha osmon .

A: Bo'laqol , ko'p narsa ko'rishing kerak
Yuraging keng qilgin , o'ylanma hech ham
Undan ko'ra qara dudbo'ronidan
Mashina chiqarar tutunin g'aram..

B: Qop qora tutunlar burqsib chiqyapti
Dada , huv naryoqqa ko'ring bir boqib.
Boyagi narsalar hech narsa emas ,
Zaharli bulutlar yuribdi oqib.

A: Ha o'g'lim , afsuski , zavod-fabrika
Ishga tushgan chog'i shunday bo'ladi.
Endi uyg'onmoqda ayni payt shahar
Tushga borib gazga atrof to'ladi

B: Bu bizga ziyon-ku , to'g'rimi dada?
A: Nafaqat bizlarga, balki yerga ham
Zararin keltirmay qo'ymaydi aslo
Zahmatlar topadi butun bir olam.

A: Agar atmosfera bo'lsa kambag'al
Yer ham nochorlashar qo'shilib unga
Tabiatni asrash muhimdir , o'g'lim
Amal qilgin doim shuning-chun bunga

B: Bitta men-la dunyo o'zgararmidi ?
A: Sen-la o'zgarsin-da butun bir bashar
Kelajak o'zgarar yaxshi tomonga
Sen-u men o'zgarsak bundan so'ng agar!

MASHHURA UMARALIYEVA, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi 10-sinf o'quvchisi

Sayt I Facebook I Telegram I YouTube

@ikki_qalb_izdoshlari
#Viloyat_fan_olimpiadasi
#9_sinflarimiz_natijasi
#Ijod_maktabi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari 28-noyabr sanasida 9-sinflar kesimida Jizzax viloyat fan olimpiadasida nufuzli va faxrli o’rinlarni qo’lga kiritishdi!
⚡️Jumladan:

📚Tarix fanidan:

🥇 Sindarova Gavhar G`ayrat qizi — 1-o’rin
🥉 Eshonqulova Dinara Kamoliddin qizi — 3-o’rinni qo’lga kiritishdi.

Sayt I Facebook I Telegram I YouTube

@ikki_qalb_izdoshlari
#Viloyat_fan_olimpiadasi
#9_sinflarimiz_natijasi
#Ijod_maktabi #Ona_tili_1_2_3 #Tarix_1_3

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari 28-noyabr sanasida 9-sinflar kesimida Jizzax viloyat fan olimpiadasida faxrli o’rinlarni qo’lga kiritishdi!
⚡️Jumladan:

📚Tarix fanidan:

🥇 Sindarova Gavxaroy G'ayrat qizi —1-o’rin 93 ball;
🥉 Eshonqulova Dinara Kamoliddin qizi — 3-o’rin 86 ball;


📚Ona tili va adabiyot fanidan:

🥇Bahodirova Farzona Bahodir qizi — 1-o'rin 95 ball;
🥈Abduazimova Shohsanam Umidjonovna — 2-o'rin 93 ball;
🥉O'ralova Dinara Muhiddin qizi — 91 ball bilan 3-o'rinni qo’lga kiritishdi.


Sayt I Facebook I Telegram I YouTube

@ikki_qalb_izdoshlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Diyor yangiliklari

Xorazm maqom san'ati kunlari yakunlandi

👉@JizzaxMTRK👈