#Oʻquvchi_almashish_dasturi
#2_kun
🔰Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari o‘zaro o‘quvchilarni almashishdi. Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabida Is’hoqxon Ibrat ijod maktabi o‘quvchilari bilim va tajriba almashish uchun dars hamda to‘garak mashg‘ulotlarini davom ettirishmoqda...
♻️Mashg‘ulotlardan so‘ng mehmon maktab o‘quvchilari Jizzax shahridagi Hamid Olimjon va Zulfiya xiyoboni hamda "O`rda" ekologik bog`iga tashrif buyurishdi.
Sayt I Facebook I Telegram I YouTube
@ikki_qalb_izdoshlari

Adiblar xiyoboni
Adiblar bog‘iga boringiz bir bor,
Ko‘rinadi shonli, jilvakor o‘tmish.
Yod etib nomlarin har doim takror,
Go‘zalmasmi faxr hissini tuyish.
Suhbat qurar oydin kechada Cho‘lpon,
U bilan so‘zlashar eng yorug‘ yulduz.
Qo‘lida sham ushlab turar Qodiriy,
Kumushni yo‘qotib ko‘zida afsus.
Xamsasi biz bilan, Navoiy uyg‘oq,
Bog‘dagi honishni Mavlono bildi.
Kapalakning do‘sti lolaqizg‘aldoq,
Muhammadni so‘rab yonimga keldi.
Bir chetda kuldirib qurib chordana,
Said Ahmad turar latifa so‘ylab.
Vodiylarni shoir yayov kezganda,
Faqat o‘tar baxt va shodlikni kuylab.
Oliydir insonga, yurtga muhabbat,
Abdulla mehrni baland turgizdi.
Qo‘shiq bo‘lib tildan tushmagay albat,
Vatanning siymosin she'rga kirgizdi.
Sadoqat, vafodan bering bir misra,
Guldan chambar yasab zulfiga taqay.
Allalar Saida oy yuzli chehra,
Beg‘ubor farzandin ko‘ngliga qaray.
Shoir O‘tkir hayotdan aytib birovga,
Hoshiyadan chiqib, qo‘ydi bitik - gul.
Yulduzli tunlarda chiqib yaylovga,
Orom olayotir bobom Pirimqul.
O‘zbegim deb yonib tutganda qalam,
Qog‘ozni ham yum-yum yig‘latgan Erkin.
Uzoq Sibir torin chertganida ham,
Usmonim olamga taratdi uchqun.
Shum bolani qilgan yo‘lda sargardon-
Yetimlik zaxmatin chekibdi G‘ulom.
Sariq devni minib otdi sho‘x xandon,
Xudoyberdi bobom, bolajon bobom.
Ba'zilar tirikdir, lek qoldirmas iz,
Boqiylikka boylik bo‘lmaydi lozim.
Aytgum nomlarini eshitganim mahal,
Yo‘q ular hayotdir qalblarda doim.
Zarifa Hakimova, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi

Facebook
Log in or sign up to view
See posts, photos and more on Facebook.
"MENSIZ YASHOLMAYDI..."
Mensiz yasholmaydi mana bu qalam,
Mensiz yasholmaydi bu qog‘oz daftar.
Yo oqshom, yo kunda kelsa bir marta,
Dilim kuylamoqqa tushar kechalar.
Garchi xonalari keng bo‘lmasada,
Yurmoqqa yo‘laklar bo‘lsada ensiz.
Bu uy aza tutar agar bo‘lmasam,
Uyim yasholmaydi hech qachon mensiz.
Eshikning yonida turadi kovush,
Mening oyoqlarim ko‘rmasa bir kun.
Burchakda berkinib yig‘laydi sassiz,
Ular edi menga ajib bir tutqun.
Eng og‘ir kunimda sodiq do‘stim bor,
Yillar o‘tsa hamki, aslo ketmaydi.
G‘am-tashvish kelsa ham doim yonimda,
Meni qayg‘ularga asr etmaydi.
Bir kecha bormasam o‘sha bog‘imga,
Shamol derazamga kelar uvillab.
Qushlar ham sayramay qo‘yadi go‘yo,
Mensiz bog‘larim ham qolar huvillab.
Bahor kelsa gullar taratar ifor,
Kurtaklar ochadi bog‘da anorlar.
Kelganida bahor so‘raydi meni,
Mensiz yasholmaydi barcha bahorlar.
Quvonchlar bo‘lmasam qayg‘u chekadi,
Afsuslar kechqurun achchiq choy damlar.
"Men beg‘am yashasam bo‘lardi, lekin"
Mensiz yasholmaydi hech qachon g‘amlar.
Dilshoda Urakboyeva, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi 8-"A" sinf o‘quvchisi

Oymomoni sog‘indim
Bugun oymomoni juda sog‘indim,
Shirmoydek to‘lin-u, shams kabi yorug‘.
Ko‘nglim daryosida aksini topar,
Bunda sog'inch bor-u, lek mahzunlik yo‘q.
Bugun oymomoni juda sog‘indim,
Momiq pardalari beg‘ubor, oppoq.
Bulutlar ortidan mo‘ralar sekin,
Uning nurlaridan tovlanar varoq.
Bugun oymomoni juda sog‘indim,
Hasratim ummoni u bilan yopiq.
Mayli-ku, ko‘z yoshim hech kim ko‘rmaydi,
Lekin oyni ko‘rar butun bir borliq.
Bugun oymomoni juda sog‘indim,
Pushti bulutlarga ilib arg‘imchoq,
Oyni kutib yana qo‘shiq kuylayman,
Go‘yo bu qo‘shiqlar menga ovunchoq.
Pokiza Erkinova, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o'quvchisi

Ona sogʻinchi
Ona, tushlarimga kiribsiz bugun,
Sogʻinchingiz qiynar meni beomon.
Siz-la hasratlashgim kelar juda ham,
Issiq quchogʻingiz qo‘msayman yomon.
Haqqingizga duo qila olmayman,
Baʼzida unutib qoʻyaman, ona.
Go‘yo tashvishlarning bari boshimda,
O‘zim ich-ichimni o‘yaman, ona.
Kimki onasining duosin olsa,
Dunyo tashvishidan aslo tolmaydi.
Onasin dilini og‘ritgan farzand
Aslo baxtli inson bo‘la olmaydi.
Ko‘nglim doim sizla bo‘lar charog‘on,
Oftobsiz qalbimga ziyo taratgan.
Rozi bo‘lishingiz jannatga boshlar,
Alloh sizni shunday buyuk yaratgan.
Odina Erkinova, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi 8-"A" sinf oʻquvchisi

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktabida #kitob_mutoaala_vaqti #har_kuni_19_30 #20_30_gacha
Bizda bugungi kun uchun xushxabar bor! O`quvchilarimiz ona tili va adabiyot fanlaridan Milliy sertifikatga ega bo`lishdi...
Sayt I Facebook I Telegram I YouTube
@ikki_qalb_izdoshlari
Bizda bugungi kun uchun xushxabar bor! O`quvchilarimiz ona tili va adabiyot fanlaridan Milliy sertifikatga ega bo`lishdi...
Sayt I Facebook I Telegram I YouTube
@ikki_qalb_izdoshlari
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#oʻquvchi_almashish_dasturi
#ikkinchi_kun
⚡️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari o‘zaro o‘quvchilarni almashishdi.
🗺 Dastur doirasida Xiva, Namangan, Qarshi, Sirdaryo, Fargʻona va Jizzax shaharlarida boʻlib turgan oʻquvchilarimiz mashg‘ulotlardan soʻng ushbu hududlarning qadimiy va madaniy maskanlariga sayohat qilishdi.
#ijod_maktablari #oʻquvchi_almashish #Xiva #Namangan #Qarshi #Sirdaryo #Fargʻona #Jizzax
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ikkinchi_kun
#ijod_maktablari #oʻquvchi_almashish #Xiva #Namangan #Qarshi #Sirdaryo #Fargʻona #Jizzax
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktabi
#ona_tili_va_adabiyot
⚡️ Agentligimiz tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 16 nafar o‘quvchilari Bilim va malakani baholash agentligining ona tili va adabiyot fanidan "Umumta'lim fanini bilish to‘g‘risida" sertifikatni qo‘lga kiritdi.
10-11-sinf o'quvchilari:
➖ Bahora Muhammadiyeva
➖ Zarifa Mardiyeva
➖ Diyora Xatamova
➖ Marjona Abduqayumova
➖ Mohinur Rayimova
➖ Anora Yuldosheva
➖ Marjona Abdullayeva
➖ Marjona Anorboyeva
➖ Aziza Muhammadova
➖ Hilola Ziyatova
➖ Nigora Asrorqulova
➖ Davlat Abduvaitov
➖ Mashhura Umaraliyeva
➖ Gulsevar Saydullayeva
➖ Elyor Sayfiyev
➖ Nafisa Axrorova
✨ O‘quvchilarimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!
Sayt I Facebook I Telegram I YouTube
@ikki_qalb_izdoshlari
#ona_tili_va_adabiyot
⚡️ Agentligimiz tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 16 nafar o‘quvchilari Bilim va malakani baholash agentligining ona tili va adabiyot fanidan "Umumta'lim fanini bilish to‘g‘risida" sertifikatni qo‘lga kiritdi.
10-11-sinf o'quvchilari:
➖ Bahora Muhammadiyeva
➖ Zarifa Mardiyeva
➖ Diyora Xatamova
➖ Marjona Abduqayumova
➖ Mohinur Rayimova
➖ Anora Yuldosheva
➖ Marjona Abdullayeva
➖ Marjona Anorboyeva
➖ Aziza Muhammadova
➖ Hilola Ziyatova
➖ Nigora Asrorqulova
➖ Davlat Abduvaitov
➖ Mashhura Umaraliyeva
➖ Gulsevar Saydullayeva
➖ Elyor Sayfiyev
➖ Nafisa Axrorova
✨ O‘quvchilarimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!
Sayt I Facebook I Telegram I YouTube
@ikki_qalb_izdoshlari
#Oʻquvchi_almashish_dasturi
#muzey_boʻylab_sayohat
#3_kun
🔰Xabar berganimizdek, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablarida oʻquvchilarning bilim hamda tajriba oʻrganish maqsadida “O'quvchi almashish dasturi” yoʻlga qoʻyilgan.
♻️Dars mashg‘ulotlaridan so‘ng Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining o‘quvchilari uchun Sharof Rashidov hamda Hamid Olimjon va Zufiya muzeylariga sayohat uyushtirildi.
Sayohat chog'ida o‘quvchilar Sharof Rashidov hamda Hamid Olimjon va Zulfiyaning hayoti va ijodiga oid bo‘lgan ko‘rgazmalar bilan tanishib, ularning boy ma'naviy hayoti, tarixiy ahamiyatini aks ettirgan rasmlardan bahramand bo'ldilar.