#6_noyabr_Sharof_Rashidov_tavalludining_106_yilligi

🏢Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari, tarbiyachi pedagoglar hamda Sharof Rashidov muzey xodimlari boshchiligida taniqli adib, yirik davlat arbobi Sharof Rashidov tavalludining 106 yilligi munosabati bilan “Sharof Rashidov barhayot siymo” deb nomlangan davra suhbati tashkil etildi
.

🔰Ushbu davra suhbatida Sharof Rashidov yodgorlik muzeyi filiali ilmiy xodimlari, maktab tarbiyachi pedagoglari tomonidan Sharof Rashidov faoliyati, uning butun Respublikamiz uchun qilgan ishlari haqida ma'lumotlar berib o‘tildi. Shundan so’ng maktab o'quvchilari o'zlarining adib ijodi haqida tayyorlab kelgan chiqishlarini namoyish etishdi. Davra suhbati davomida adib va jamoat arbobi haqidagi videorolik namoyish etildi.

Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube

@ikki_qalb_izdoshlari
#Yurtimizda_kuz_va_tinchlik

🏢Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida “Hosil bayrami” tadbiri bo`lib o`tdi. Tadbirda o`quvchilar serquyosh o`lkamizda yetishtirilgan mevalardan kompozitsiya tayyorlashdi.

🔰Tinch va musaffo osmonimiz, xalqimizning birdamligiga ko`z tegmasin!

Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube

@ikki_qalb_izdoshlari
#Ijod_maktab_14_stipendiyasi_sovrindorlari_aniqlandi

🏢Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktab xodimlari #stipendiyasining saralash bosqichlari o‘z yakuniga yetdi.

🔰O‘quvchining darsga qatnashish davomati, ijtimoiy faolligi, ingliz tilidan matnda tushirib qoldirilgan so‘zlarni topishi, o‘qilishi rejalashtirilgan badiiy asardan savolga javoblari, matematika fanidan berilgan amallarni bajarishi, monitoring ko‘rsatgichi, ijodiy ishlari, ota-onasi yoki yaqinining darslardagi ishtiroki, tarix va jismoniy tarbiya fanidan o‘quvchilarning bilimlari tekshirildi. Natijalar quyidagicha:

5️⃣-o‘rin Qurbonboyeva Maftuna 90 ball;
4️⃣-o‘rin Muhammadiyeva Kumush 90 ball;
3️⃣-o‘rin Eshboyeva Marjona 92 ball;
2️⃣-o‘rin Sunnatova Nozima 92.4 ball;
1️⃣-o‘rin Erkinova Odina 98.7 ballni qo‘lga kiritib, navbatdagi stipendiya sohiblariga aylanishdi.

♻️Stipendiyantlarning ota-onalariga stipendiya pul mukofoti hamda maktab rahbariyatining tashakkurnomalari yuborildi.

Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube

@ikki_qalb_izdoshlari
#choraklikning_eng_yaxshi_sinfi

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida yakunlangan chorak natijalariga ko`ra, choraklik summativ baholashda sinflar kesimida 10-“B” sinf o`quvchilari birinchi o`rinni qo`lga kiritdi.

10-“B” sinf rahbari va barcha o`quvchilariga minnatdorchiligimizni bildiramiz!

Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube

@ikki_qalb_izdoshlari