Forwarded from Hilola Umarova
#Zakovat

Bugun Agentligimiz tizimidagi maktablar o’rtasida “Zakovat” intellektual o’yinining respublika bosqichi bo’lib o’tdi.

Unda maktablarimizdan 26 ta terma jamoa ishtirok etib, 4 tur doirasida o’z bilimlarini sinovdan o’tkazishdi.

❗️”Zakovat" o'yinlari asoschisi Abdurasul Abdullayev o’quvchilarimizning savollarga javob berishdagi tezkorliklari, murakkab savollarga ham oson javob topishlarini alohida e’tirof etdi.

Musobaqa yakuniga ko'ra:

🥇1-o'rinni - Namangan shahridagi Prezident maktabi,
🥈2-o'rinni - Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi,
🥉3-o'rinni - Samarqand shahridagi Prezident maktabi jamoasi qo’lga kiritdi.

Sovrindor jamoalarning har bir a’zosi diplom va noutbuklar bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, g’olib jamoalarga “Zakovat” stipendiyasi ham berilishi ko'zda tutilgan.

O’yin qizg’in bahslarga boy holda o’tdi. Har bir tur natijalari hayajon bilan qarshi olindi. Shuningdek, o'yin doirasida appelyatsiya jarayonlari ham bo’lib o’tdi.

Aytish mumkinki, bunday o’yinlar yoshlarimizning intellektual salohiyatini oshirish va bo’sh vaqtlarini samarali tashkil etishda alohida ahamiyatga ega.

O’quvchilarimizga bundan keyingi faoliyatlari hamda o’qishlarida ham omad tilayman.

Zafar hamisha yor bo’lsin, aziz yoshlar!
#Nazm_gulshani to`garagidan...2

Ayol

Ey ayol,
Porloq koʻzingdan nur õğirlab yulduz,
Aybiga iqroran aytmasdan hech sõz.
Osmon-u falakni aylabon makon
Uyatdan tushmagay kõkda u hanuz.

Ey ayol,
Kõnglingni yaratgan pok qilib Alloh,
Soflikdan õğirlab, qilgan suv gunoh.
Endi u nopokni pok qilmoq uchun
Nopok bõlganiga bõlganmiz guvoh.

Ey ayol,
Sendan õğirlagan sabrni ham tosh,
Endi u tepkiga bermoqda bardosh.
Qiynalar armonin kõmar qalbiga,
Kõz yoshin kõrsatmas, tõkmas aslo yosh.

Ey ayol,
Alloh sochmish olam yaratgan mahal
Hislating dunyoga oh, qanday gõzal.
Shoirlar ilhomi õzingsan ayol,
Faqat sen haqingda ming-minglab ğazal.


Mashhura Umaraliyeva, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi 9-B sinf oʻquvchisi

Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube I Instagram

@ikki_qalb_izdoshlari
#Nazm_gulshani to`garagidan...3

Drabllar

*
Uning “ko’z gavhari” uchun yomg’ir ham ezilib-ezilib yig’ladi.
Axir uning o’zi ham yomg’irdan daryo o’zani toshishini bilmagandi.

*
Dard bugun yomg’ir yog’ganidan xursand. Chunki yomg’ir qut-barakadir. Ha, ammo o’sha baraka g’amga yo’g’rildi. Dard o’z dardlariga soyabon topa olmay qoldi…

*
O’rik gullari ho’l bo’lgan yopinchig’ini tomchilar tufayli ocha olisholmayapti. Men ularga achinsam, shirin og’ular kipriklarimni silab shivirlashdi.

*
Osmon paxtaga o’zini tashladi. Afsuski, paxta ho’l ekan…
Suvlar siqilib yerni uyg’otdi.

*
Qizcha kulbasiga keldi-da, ivigan, yamoq etigini yechdi. Ammo u juda mamnun. Chunki uning uchun "yangitdan" hayot boshlandi…

Eshboyeva Marjona, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi 8-A sinf o’quvchisi

Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube I Instagram

@ikki_qalb_izdoshlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Web_dizayn to`garagidan...1

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 8-A sinf o`quvchisi Abduazizova Nigina “Web dizayn” to`garagida o`z shaxsiy saytini yaratdi.

Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube I Instagram

@ikki_qalb_izdoshlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zakovat
#Axborot_xizmati

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'rtasida bo'lib o'tgan "Zakovat" intellektual o'yinining Respublika bosqichidan video-lavha.
_____________________
❗️Eslatib o'tamiz, final bellashuvida Namangan shahridagi Prezident maktabi 1-o'rin, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi 2-o'rin va Samarqand shahridagi Prezident maktabi 3-o'rinni qo'lga kiritishdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Yangi_ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️YANA BIR MAKTAB-INTERNAT FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI!

Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida Jizzax shahrida tashkil etilgan 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirni Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova ochib berib, barcha ishtirokchilarni samimiy tabrikladi:

- Yoshlarning sifatli ta'lim olishi uchun yetarlicha sharoit yaratish farovat jamiyat barpo etishning eng muhim yo'nalishi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda biz siz yoshlarda mamlakatimizning ertasini ko'ramiz.

Bu maktablarga katta va shaffof raqobat orqali siz - iqtidorli yoshlarni saralab oldik va har biringizdan ulkan natijalar kutamiz. Bu yo'lda sizga zafar yor bo'lsin!

❗️Ochilish tadbirida shuningdek Jizzax viloyati hokimi o'rinbosari Akmal Savurbayev va Jizzax shahar hokimi Komil Xolmurodov ham ishtirok etishdi.

📍Ochilish marosimidan so‘ng tashrif buyurganlar maktab-internatida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganib,o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazdilar.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Yangi_ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Fotoreportaj

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida Zomin tumanida tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ochilish marosimidan fotoreportaj.
________________
❗️Tadbirda Agentlik direktori, Jizzax viloyat hokimi Ergash Saliyev va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube