⚡️Xalqaro olimpiadalar g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Unda nufuzli fan olimpiadalari, xususan 54-Xalqaro kimyo olimpiadasi, 63-Xalqaro matematika olimpiadasi, 33-Xalqaro biologiya olimpiadasi g'oliblari taqdirlandi.

Tadbirda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar o'quvchilariga ham mukofot topshirildi.

Shuningdek, o’quvchilari xalqaro olimpiadalar g’olibi bo’lgan mazkur maktabning trenerlari Mohira Boltayeva, Javlon Muhsumov, Durdona Muxtorxo'jayeva ham taqdirlanishdi.

❗️ Tadbirning o’zidayoq eng nufuzli xalqaro va mintaqaviy olimpiadalar g‘oliblari va ularning ustozlariga pul mukofotlari topshirildi.

📌Eslatib o'tamiz, nufuzli xalqaro olimpiadaning:
🥇Oltin medal sohibiga 150 million, o'qituvchisiga 135 million so'm,
🥈Kumush medal sohibiga 90 million, o'qituvchisiga 75 million so'm,
🥉Bronza medal sohibiga 60 million, o'qituvchisiga 45 million so'm pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida 2022-2023 o‘quv mavsumiga qabul jarayonlari yakuniga yetdi. 7-sinflar uchun 463 nafar nomzodlardan 40 nafar o‘quvchi, 9-sinf uchun 97 nafar nomzodlardan 2 nafar o‘quvchi 3 bosqichda saralab olindi. Qabul qilingan o‘quvchilar va ularning yaqinlarini yana bir bor tabriklaymiz!

Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube

@ikki_qalb_izdoshlari
Barhayot jilolar tanlovi Nizomi.docx
23.5 KB
#diqqat_sinflararo_musobaqa

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi “Barhayot jilolar” tanlovining NIZOMI.

O‘quvchilar Hamid Olimjon qalamiga mansub barcha turdagi ijodiy ishlar(she’r, doston, tragediya, tarjima, g‘azal)ni to‘liq matnda yoki sheʼr va g‘azallarini ijro qilgan san’atkorlarning qo‘shiqlarini telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali @Eochilov manziliga yuborishingiz so‘raladi.

Baholash mezoni (har bir yuborilgan ijodiy ish uchun):
- she’r – 2 ball
- doston – 3 ball
- tragediya – 4 ball
- tarjima – 5 ball
- g‘azal – 6 ball
- sheʼr va g‘azallarini ijro qilgan san’atkorlarning qo‘shiqlari uchun – 10 ball

Tanlov g‘oliblari esdalik sovg‘alari va diplom, sinf kutubxonasini boyitish uchun kitoblar jamlanmasi, ijod maktabining davriy nashri “Ijod gulshani” jurnalining 14 ta soni bilan taqdirlanadi.

Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube

@ikki_qalb_izdoshlari
Yosh kitobxon 27.07 @alisher_sadullaev.pdf
288.2 KB
⚡️“Yosh kitobxon” tanlovining yangi mavsumiga 27-iyul holatiga koʻra, 142 760 nafar yoshlar ro‘yxatdan o‘tdi

Ro‘yxatdan o‘tgan yoshlar bo‘yicha eng yuqori o‘rinlarda quyidagi hududlar bormoqda:
1. Samarqand viloyati — 33 694 nafar;
2. Qashqadaryo viloyati — 23 613 nafar;
3. Surxondaryo viloyati — 12 549 nafar.

“Yosh kitobxon” tanlovida ishtirok etishni istagan yoshlar o‘qish lozim bo‘lgan kitoblar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishishlari mumkin. Eslatib o‘tamiz, arizalar qabuli 1-sentabrga qadar davom etadi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun: @yoshkitobxon_bot.

@alisher_sadullaev
#yoshkitobxon #repost

“Yosh kitobxon”
tanlovining 2022-yilgi mavsumiga ro‘yxatdan o‘tishda eng yaxshi va eng yomon tumanlar (shaharlar) reytingi bilan tanishing! Samarqand viloyati yoshlari tanlovga ro‘yxatdan o‘tishda juda faol bo‘lishmoqda. Sirdaryo viloyati esa qoniqarsiz natijani qayd etgan.

Maktab o‘quvchilari, professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari va oliy ta’lim muassasalari talabalari orasida tanlov targ‘ibotini kuchaytirishimiz kerak, nazarimda. Albatta, targ‘ibot ishlarida mahallalardagi yoshlar yetakchilarining faol bo‘lishlarini so‘raymiz.

Siz ham “Yosh kitobxon”ni targ‘ib qilishda yaqinlaringizni xabardor qilib, bizga ko‘mak berasiz, degan umiddamiz. Axir kitob o‘qigan Prezident sovg‘asi — “Spark”ni qo‘lga kiritadi! Ro‘yxatdan o‘tish uchun: @yoshkitobxon_bot

@alisher_sadullaev
Forwarded from Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi (Mamurov Akbar)
Barhayot jilolar tanlovi Nizomi.docx
23.5 KB
#diqqat_sinflararo_musobaqa

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi “Barhayot jilolar” tanlovining NIZOMI.

O‘quvchilar Hamid Olimjon qalamiga mansub barcha turdagi ijodiy ishlar(she’r, doston, tragediya, tarjima, g‘azal)ni to‘liq matnda yoki sheʼr va g‘azallarini ijro qilgan san’atkorlarning qo‘shiqlarini telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali @Eochilov manziliga yuborishingiz so‘raladi.

Baholash mezoni (har bir yuborilgan ijodiy ish uchun):
- she’r – 2 ball
- doston – 3 ball
- tragediya – 4 ball
- tarjima – 5 ball
- g‘azal – 6 ball
- sheʼr va g‘azallarini ijro qilgan san’atkorlarning qo‘shiqlari uchun – 10 ball

Tanlov g‘oliblari esdalik sovg‘alari va diplom, sinf kutubxonasini boyitish uchun kitoblar jamlanmasi, ijod maktabining davriy nashri “Ijod gulshani” jurnalining 14 ta soni bilan taqdirlanadi.

Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube

@ikki_qalb_izdoshlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️YANGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR TA’LIM TIZIMIGA YANGICHA YONDASHUVDIR!

✔️Mazkur maktablarda xorij tajribasi asosidagi integratsiyalashgan ta’lim dasturlari orqali o’qish va zamonaviy laboratoriyalarda amaliyot o’tash imkoni mavjud.

❗️Maqsadimiz - ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish orqali O’zbekiston taraqqiyotiga o’z hissamizni qo’shishdan iborat!

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Prezident_maktablari
#Imtihon_2022

📣📣Оta-onalar va o‘quvchilar diqqatiga!

Prezident maktablari imtihonlarining 2- bosqichi ochiq havoda o‘tkazilayotgani va yog‘ingarchilik ehtimoli borligi sababli imtihon vaqti 1 soat oldinga surildi

❗️Test jarayonlari 2-avgust kuni soat 17:00 da boshlanishini ma’lum qilamiz.

❗️Eslatib o‘tamiz, imtihonga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin kelish talab etiladi.

Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Men o`zbekman tanlovi Nizomi.doc
81 KB
#Yangi_videoroliklar_tanlovi_nizomi

“Eng yaxshi informatsion rolik”
- yurtimizning boy tarixi va madaniyatidan so‘zlovchi turli qadamjolar, tarixiy inshoot va obidalar, hududlar nomi, ularning kelib chiqish tarixidan darak beruvchi ob’ektlar haqida ma’lumot beruvchi roliklar yaratish

“Eng yaxshi ijtimoiy rolik”
- yurtimizda yoshlar uchun turli sohalarda yaratilayotgan shart-sharoitlar, keksalarni qadrlash, oilalar farovonligi va baxtli bolalikni madh etish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, shuningdek, yurt tinchligi, osuda hayotimizni qadriga yetish, yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, sog‘lom ma’naviy muhitni yaratish kabi g‘oyalarni o‘z ichiga oladi

“Muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan rolik”
Davlat ramzlari ifodalangan, yurtimizning go‘zal manzaralari va madaniyat o‘choqlarida tasvirga olingan “Men O‘zbekiston farzandiman” kabi ezgu g‘oyani o‘zida jamlagan heshteykni Facebook va telegramm sahifalariga joylashtirish. Eng ko‘p layk to‘plagan media mahsulotlar saralab olinadi.
#30_iyul_Xalqlar_doʻstligi_kuni
Mustaqil Oʻzbekistonga bayramlar yarashadi!

"30-iyul Xalqlar doʻstligi kuni" Yurtimiz tinchligiga, Vatanimizda istiqomat qiloyatgan turli xalqlar totuvligiga koʻz tegmasin!
Maktab narxi - oyiga 891 000 so'm.
Hurmatli jizzaxlik ota-onalar!
Agar siz davlat tashkilotida faoliyat yuritsangiz va maktab badal pulini har oy to'lash qobiliyatiga ega bo'lsangiz zudlik bilan ASIA SCHOOL maktabi tomonidan taqdim etilayotgan ta'lim subsidiyasi egasiga aylaning.
Ana shunda siz yillik millionlab pullaringizni tejab qolishingiz mumkin!

Ta'lim subsidiyasi uchun ro'yxatga olish 10-avgust sanasiga qadar davom etadi.
Shoshiling, ro'yhatga olish 1 haftadan keyin to'xtatiladi.
O'quvchilar soni chegaralangan.

Subsidiya haqida batafsil ma'lumotlarni rasmiy saytimizdan olasiz. Buning uchun quyidagi havola ustiga bosing va ro'yxatdan o'ting.

🌐 asiaschool.uz
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

Халқаро фан олимпиадалари ғолиблари ва уларнинг ўқитувчилари БҲМнинг қуйидаги миқдорларида бир марталик пул мукофотлари билан тақдирланади:

▫️1-ўрин (олтин медаль) учун – 500, ўқитувчисига – 450 баравари;
▫️2-ўрин (кумуш медаль) учун – 300, ўқитувчисига – 250 баравари;
▫️3-ўрин (бронза медаль) учун – 200, ўқитувчисига – 150 баравари.

Шунингдек, халқаро олимпиада ғолиблари давлат ОТМга тест синовисиз ва қўшимча имтиҳонсиз кириш имкониятига эга бўлади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Jizzax shahridagi Prezident maktab o‘quvchisi yuqori darajali xalqaro IELTS sertifikatini oldi.

📌 Jizzax shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi Jumanova Dilro'za IELTS dan 8.0 ballni qo‘lga kiritdi.

Aytib o‘tish joizki, Dilro'za Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'quvchilari o'rtasida bo'lib o'tgan "Diplomacy Education" tanlovi g'olibi bo'lib Italiya davlatiga sayohat imkoniyatini ham qo'lga kiritgan edi.

📚Eshitib tushunish (listening) -9.0 ball
📚O'qish (reading) - 8,5 ball
📚Yozish (writing) - 7.0 ball
📚Gapirish(speaking)-7.0 ballni umumiy 8.0 ballni qo'lga kiritgan.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | You tube