Ijtimoiy himoya milliy agentligi
982 subscribers
35 photos
12 videos
10 links
Download Telegram
#bolalar

Bolalar uyida oilalarni qo‘llab-quvvatlash xizmati kuchaytiriladi


2025-yil 1-fevraldan boshlab og‘ir hayotiy vaziyatda va yaqin qarindoshlari ko‘magisiz qolganligi natijasida farzandini tarbiyalashdan voz kechmoqchi bo‘lgan onalar, shu jumladan, homilador ayollar uchun Bolalar uylarida "Onalar maskani" xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

Ushbu xizmatning asosiy maqsadi: bolalarning oiladan ajralib qolishining oldini olish hamda onalarning farzandlarini mustaqil parvarish qilish qobiliyatini rivojlantirishga ko‘maklashishdir.

Bunda:

- og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalar va ularning bolalari (4 yoshga to‘lmagan) 1-yilgacha bo‘lgan muddatga ijtimoiy shartnoma asosida vaqtincha boshpana bilan ta’minlanadi;

- og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi, ularda onalik va kasbiy ko‘nikmalar shakllantiriladi;

- «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalarning kasb-hunar egallashi va bandligini ta’minlashga ko‘maklashadi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligining tuman (shahar)lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi – ushbu xizmat faoliyatini muvofiqlashtiruvchi vakolatli organ hisoblanadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахборот 24 | Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией, посвященной повышению адресности социальной помощи и внедрению новой системы ухода за лицами с инвалидностью
#28jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахborot 24 | Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy yordamlarning manzilliligini oshirish, nogironligi bo‘lganlarni parvarishlashning yangi tizimiga oid taqdimot bilan tanishdi
#28jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bolalar
#Surxondaryo

Mamlakatimizda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni oilaviy muhitda tarbiyalash va mehr-muruvvat bilan o‘rab olishga qaratilgan islohotlar natijasida Oilaviy bolalar uylari tizimi yo‘lga qo‘yildi. Ushbu tizim mehr va e’tiborga muhtoj bo‘lgan oilasiz bolalar uchun yangi umid eshigini ochib, ularning sog‘lom va baxtli hayot kechirishlariga xizmat qilmoqda.

Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi “Yangi turmush” mahallasida tashkil etilgan 1-sonli “Oilaviy bolalar uyi” ham ana shunday ezgu maqsad yo‘lida faoliyat olib bormoqda. Bu yerda 10 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola tarbiyalanmoqda. Shulardan 5 nafari qiz bolalar bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos qiziqish va iste’dod sohiblaridir.

Ushbu bolalar uchun uydagi tutingan ota-ona tomonidan barcha zarur shart-sharoitlar yaratilib, ular mehr va e’tibor bilan o‘rab olingan.
Ularning har biri o‘z qiziqishiga qarab fan va sport to‘garaklariga jalb etilgan. Shu orqali ular o‘z orzularini ro‘yobga chiqarish, kelajakda jamiyatga foydali inson bo‘lib yetishish uchun puxta poydevor yaratmoqdalar.

Bunday maskanlarning tashkil etilishi nafaqat bolalar taqdiri, balki jamiyat kelajagi uchun ham ulkan ahamiyatga ega. Zero, har bir bola oilaviy muhitda tarbiyalanishi, mehribonlik va e’tibor bilan o‘sishi uning kelajakda yetuk inson bo‘lib shakllanishida muhim omildir.

🎬 Batafsil videoda...
#xizmat_safari
#hududlar

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov xizmat safari bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasiga keldi.

Agentlik rahbarining tashrif doirasidagi dastlabki manzili Nukus shahrida joylashgan 10-sonli “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internati bo‘ldi.

Prezident qarori asosida maktab-internatning qo‘shimcha o‘quv binosi va sport zal qurilishi uchun davlat byudjeti hisobidan 6 mlrd 966 mln so‘m mablag‘ ajratilib, qurilish ishlari yakunlandi.

Bugun ushbu binolarning tantanali ochilish marosimi o‘tkazilib, so‘ng Agentlik direktori M.Olloyorov bu yerda o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, o‘quvchi va o‘qituvchilar shuningdek “Jolshilar” mahalla yettiligi bilan suhbatlashdi.

Ma’lumot uchun: maktab-internatida bugungi kunda 251 nafar o‘quvchilar ta’lim-tarbiya olmoqda.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov 10-sonli “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo‘ldi
#hamkorlik
#Bolalar_himoyasi

O‘zbekistonda bolalarni himoya qilishning yangi dastur loyihasi muhokama qilindi

Toshkentda YUNISEF va O‘zbekiston hukumatining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan bolalarni himoya qilish bo‘yicha yangi dastur loyihasi taqdimoti va muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Coram International direktor o‘rinbosari Avaz Rauf joriy dasturni (2021-2025-yillar) baholash natijalarini taqdim etib, asosiy yutuqlar va yanada takomillashtirish lozim bo‘lgan sohalarni ta’kidlab o‘tdi.

Kun tartibidagi asosiy masalalardan biri 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan bolalarni himoya qilishning yangi dasturi uchun o‘zgarishlar nazariyasini muhokama qilish bo‘ldi.

Tadbir interaktiv shaklda o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘z fikr va takliflarini faol ravishda bildirishdi.

Ishtirokchilar fikricha, 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan bolalarni himoya qilish dasturi O‘zbekistonda bolalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning farovonligini ta’minlashning samarali tizimini yaratishda muhim qadam bo‘ladi.

Batafsil ma'lumot:

O‘Z: https://shorturl.at/no50y
ЎЗ: https://shorturl.at/81fil
QR: https://shorturl.at/nVts8
РУС: https://shorturl.at/Y22AV
ENG: https://shorturl.at/zzVyU
 
💻
instagram  
📝
facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz