Ijtimoiy himoya milliy agentligi
21K subscribers
1.87K photos
507 videos
1.13K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#haftalik_dayjest

Ijtimoiy himoya milliy agentligining hafta davomidagi faoliyati jamlangan qisqa dayjest

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
#Protez

Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Uzum Market bilan hamkorlikda POM va RTV ga muhtoj shaxslarga yetkazib berishning
yangi tizimi bo‘yicha ta'minlanganlik haqida ma'lumot

🦿🦽 10-iyun holatiga ko'ra, umumiy hisobda jami 4270 ta vaucher shakllantirilgan bo‘lib, ularning 1188 tasi POM, 3082 tasi RTV uchun ro‘yxatga olingan.
 
👥 Xususan, buyurtma berganlar soni 1704 kishini tashkil etmoqda va ularning 808 nafari POM uchun, 896 nafari Uzum market orqali RTV mahsulotlari uchun so‘rov qoldirgan.

Shundan, 1168 nafar muhtoj shaxs kerakli vositalar bilan ta’minlangan. 536 nafar fuqaroga POM va RTV mahsulotlari yetkazib berish jarayonida.

🇺🇿 Ma'lumot uchun: Ushbu tizim dastlab sinov tariqasida Toshkent shahri  va Samarqand viloyatida vaucher asosida ishga tushirilgan edi.

🦿🦽 Ushbu tizim dastlab sinov tariqasida Toshkent shahri va Samarqand viloyatida ishga tushirilgan.
Bunda nogironlik belgilanayotgan shaxsga POM va RTV olish uchun muhtojlikni qayd etayotganda avtomatik tarzda vaucher ham shakllantiriladi.

Muhtoj shaxs uyali raqami orqali POM yoki RTV xarid qilish huquqi vujudga kelganligi to‘g‘risida SMS-xabar oladi va platforma orqali buyurtma berishi mumkin bo‘ladi.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chegara_bilmassan_inson LOYIHASI

👍Bugungi hikoyamiz Jizzax viloyatida istiqomat qiluvchi Barno Narzullayevaning hayot yo‘li haqida.

💻 Qahramonimiz Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Xattotlik va miniatyura” yo‘nalishida tahsil olmoqda.

👥 Mehnat faoliyatini 2017-yildan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida boshlagan qahramonimiz, “Hunarmand” uyushmasiga a’zosi hisoblanadi va 5 nafar nogironligi bor shaxslarni ish bilan ta’minlagan.

👮‍♂️ Barno Narzullayеva bir qator ko‘rik-tanlovlar, innovatsion loyihalar ishtirokchisi va g‘olibi hisoblanadi.

💚 Uning matonati va shijoati bugun ko‘plar uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from IHMA Qashqadaryo (Ijtimoiy himoya Qashqadaryo)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#IJTIMOIY_ROLIK

👫 "Meni eshiting" loyihasi doirasida, bugungi kunda jamiyatdagi eng dolzarb mavzulardan biriga qo'l urdik.

_____________________

#СОЦИАЛЬНЫЙ_РОЛИК

👫 В рамках проекта «Услышь меня» мы затронули одну из самых актуальных тем в обществе сегодня.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💻 “Tuyoqli” mahallasi tajribasi asosida hududlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qayta xatlovdan o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda

🖋 Bu galgi xatlov guruhi Namangan viloyati To'raqo'rg'on tumani, O’zbekiston mahallasida tuzildi va tumandagi 30 nafar ijtimoiy xodimlar va “mahalla yettiligi” ko‘magi bilan bugungi kunga qadar 846 ta xonadon (82 % qamrov) xatlovdan o‘tkazildi.

👩‍👩‍👧‍👦 O‘rganishlar davomida 13 ta oilaga ijtimoiy ish (“keys”) ochilib, 13 tasida birlamchi baholash o‘tkazildi. Hozirda keyslar yuzasidan kompleks baholash jarayoni olib borilmoqda.

🎬Jarayon haqida batafsil videoda tomosha qiling

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sanatoriylarda olib borilayotgan islohotlardan xabardormisiz?

🥹 Bugungi kunda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufidagi sanatoriylarga yo‘llanma olish uchun navbatda turgan shaxslarning umumiy soni 400 mingni tashkil etmoqda.

🏃 Sanatoriylarga yo'llanma olish tizimini takomillashtirish maqsadida Agentlik tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:

Navbatlar sonini qisqartirish maqsadida - Sanatoriylarning yillik qabul quvvati 59 mingtagacha oshirildi (qo‘shimcha 10,9 mingta);

Sanatoriylarga ko'proq fuqarolar qabul qilinishini ta'minlash maqsadida - Bir martalik qabullar soni 1952 taga yetkazildi (12 kunlik);

O'rinlarni kopaytirish maqsadida - Byudjet hisobiga qo‘shimcha 230 ta yangi o‘rin tashkil etildi;

Yo‘llanma uchun navbatlar shaffofligini ta’minlash maqsadida yangi “Ijtimoiy himoya milliy agentligi sanatoriy” moduli ishga tushirildi.

Eslatib o'tamiz, sanatoriylarga yo'llanma olish uchun ma'lumotlarni avvalgi postlarimizdan batafsil bilib olasiz.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Eng faol ijtimoiy xodim” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichiga start berildi

Bellashuvda Respublika bo‘ylab 80 nafardan ortiq ijtimoiy xodim va ijtimoiy xodim assistentlari ishtirok etishmoqda.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakillaridan iborat hakamlar hay'ati ishtirokchilarning ijtimoiy ish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazmoqda.

Eslatib o‘tamiz, tanlov ertaga 12-iyun kuni ham davom etadi.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar uchun shifoxonalarda tun-u kun ishlaydigan “Birlamchi ko’mak xonalari” tashkil etildi

👥 “Birlamchi ko’mak xonalari” ga ayollar va ularning bolalari 3 sutka davomida birlamchi ruhiy-psixoterapevtik yordam uchun profilaktika inspektori dalolatnomasi yoki “Inson” markazi yo’llanmasi asosida joylashtiriladi.

🖋 Bugungi kun holatiga ko'ra, Navoiy, Xorazm, Jizzax viloyatlarida “Birlamchi ko‘mak xonalari”ga jami 44 nafar fuqaro, ulardan 15 nafari xotin-qizlar, 29 nafari 18 yoshga yetmagan farzandlari qabul qilindi. Ularga tibbiy, psixologik va yuridik yordamlar ko’rsatildi.

☺️ Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar "Ishonch telefoni 1146" ga , “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga, yoki ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.

Ma'lumot uchun: “Birlamchi ko‘mak xonalari” 1-iyundan boshlab Jizzax, Navoiy va Xorazm viloyatlarida, 1-oktyabrdan boshlab Respublika bo’ylab tashkil etiladi.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli fuqarolar!

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan joriy yilning 12-14 iyun kunlari “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida profilaktik ishlab olib borilayotganligi sabab tizimda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Axborot tizimi 15-iyun, shanba kunidan boshlab odatiy rejimda ish yuritadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12-iyun butun dunyoda Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurash kuni.

🎖 Butunjahon mehnat tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda 152 milliondan ortiq voyaga yetmagan bolalar majburiy mehnatga jalb qilingan bo‘lib, ulardan 72 millioni xavfli mehnatga aksariyat hollarda o‘z istagiga qarshi majburan ishlashga majburdirlar.

👫 Bunday bolalar ko‘pincha yolg‘iz qolib, yaqinlari va oilalaridan uzoqda ishlaydilar. Ularga ish vaqtining ortishi va yanada og‘ir sharoitlarda mehnat qilishga duch kelish xavfi juda ham yuqori.

💟 Bugun Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi bolalar huquqlarini himoya qilish va ularning farovonligini ta’minlashga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi. Bolalar mehnati bolalarni baxtli bolalikdan, ta’limdan va kelajagidan mahrum qiladi.

🧠 Barchamiz birgalikda har bir bolaning xavfsiz jamiyatda ulg'ayishi, ularning intilishlarini qo'llab-quvvatlovchi muhitda voyaga yetishiga va rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratishga birdek mas'ulmiz.

🇺🇿 Har bir O‘zbekiston farzandi baxtli bolalik, bilim olish va huquqlari himoyalanishiga ega bo‘lishi kerak.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Agar og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan bo‘lsangiz, "INSON" ijtimoiy xizmatlar markazlari sizning yoningizda.

90 dan ortiq ijtimoiy xizmat va yordamlar, 4800 dan ortiq ijtimoiy xodimlar va 2300 nafar ijtimoiy xodim assistentlari farovon hayotingiz uchun qayg‘urishmoqda.

Markazlar orqali siz tibbiy yordam, psixologik qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy reabilitatsiya, parasportga yo‘llanma olish va ishga joylashishda yordam olishingiz mumkin.

Har qanday murakkab vaziyatda, "INSON" ijtimoiy xizmatlar markazi sizga yordam berishga tayyor.

Batafsil ma'lumot: 1140 qisqa raqamlari
ihma.uz sayti orqali

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM