Ijtimoiy himoya milliy agentligi
21K subscribers
1.87K photos
507 videos
1.13K links
Download Telegram
🧠 1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan "Inson" markazida bolalar uchun "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri tashkil etildi.

👫 Tadbirda maxsus muassasa tarbiyalanuvchilari hamda barcha qiziqish bildirgan bolalar ishtirok etdilar.

💻 Mazkur tadbirni o’tkazishdan asosiy maqsad bolalarni markaz faoliyati bilan tanishtirish, ularning huquqlari to'g'risida xabardorligini oshirishdir.

👩‍👩‍👧‍👦 Tadbir davomida ko'ngilochar konsert- dasturlar, mahorat darslari, shuningdek, "Ijtimoiy himoya - bolalar nigohida" mavzusida eng yaxshi rasm tanlovi tashkil etildi.

💚 Bolalar bayramni maroqli va foydali o'tkazdilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎅 “O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatuvchi Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasining qarori 2024-yil
31-may kuni qabul qilindi.

👨‍🦽 Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi joylashgan hududlarda istiqomat qiluvchi o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga:

- mobil qatnov

- kunduzgi qatnov

- uzoq va qisqa muddatli ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlari ko‘rsatiladi;

☺️ Ushbu xizmatlardan foydalanish uchun fuqarolar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari orqali murojaat qilishlari mumkin.

🥹 Bunda, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan oilalarning o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalari hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslari bir yilda bir marta imtiyozli toifa sifatida markaz xizmatlaridan foydalanishlari mumkin;

Markazlarga joylashtirilgan shaxslarga ularning ehtiyoji hamda xohishiga ko‘ra qisqa va uzoq muddat qolish hamda internat uyidan butunlay chiqish imkoniyati yaratiladi.

👩‍👩‍👧‍👦 Shuningdek, Markaz xizmatlaridan foydalanuvchilarning ijtimoiylashuvini hamda cheklovlarsiz to‘laqonli hayot kechirishlarini ta’minlash maqsadida mehnat ustaxonalari yo‘lga qo‘yiladi.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
🎅 “O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatuvchi Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasining qarori 2024-yil 31-may kuni qabul qilindi. 👨‍🦽 Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash…
⏺️Statsionar va kunduzgi qatnov shakllarida ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish tartibi

🧮Statsionar va kunduzgi qatnov shakllarida ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qaror nizomining 3-bandida belgilangan tartibda doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi hamda pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxs yoki uning qonuniy vakilining xohishiga ko‘ra amalga oshiriladi.

🖋Statsionar va kunduzgi qatnov shakllarida mazkur qaror nizomining 47-bandiga muvofiq shakllantirilgan individual parvarishlash rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.

👨‍🦯Kunduzgi qatnov shaklida ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlaridan foydalanish uchun o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish shartnomada nazarda tutilgan kunlarda Markazga kelishlari talab etiladi.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
🎅 “O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatuvchi Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasining qarori 2024-yil 31-may kuni qabul qilindi. 👨‍🦽 Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash…
⏺️Mobil shaklda ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish tartibi:

🏃 Mobil shaklda ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish mazkur Nizomning 3-bandida belgilangan tartibda doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi hamda pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxs yoki uning qonuniy vakillarining xohishiga ko'ra amalga oshiriladi.

🖋 Mobil shaklda ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish ushbu qarorning nizomiga muvofiq shakllantirilgan individual parvarishlash rejasiga ko'ra amalga oshiriladi.

➡️Bunda mobil shakldagi Markaz xizmatlari alohida tasdiqlangan reja-grafiklarga muvofiq o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning bevosita yashash joyiga borgan xolda ko‘rsatiladi.

👥 Mobil shaklda xizmat ko‘rsatish uchun Markazlar tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlari turiga qarab mobil guruhlar shakllantiriladi.

Mobil shaklda xizmat ko‘rsatish shartlari, davomiyligi, bir kun davomida xizmatlar uchun ajratiladigan vaqt, har-bir o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsga ko‘rsatiladigan xizmatlarning xususiyatidan kelib chiqib belgilanadi.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚙 Qo'l bilan boshqariladigan mashinani ko'rganmisiz?

"Izlagan imkon topar"

Shoxdor bobo Elmurodov G'uzor tumanining "Jarariq" mahallasida yashaydi. Uning ikki oyog'i ham shol bo'lib qolgan. 1-guruh nogironligi bo'lgan shaxslar ro'yxatida turadi.

Hayotning achchiq zarbalaridan sinmagan Shoxdor bobo temirchilik bilan shug'ullanadi. Undan tashqari, oyoqlari ishlamasligiga qaramay, mashinani to'liq qo'l bilan harakatlantirish yo'lini o'ylab topgan.

Batafsil
🎬

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aziz do'stlar,

Bugun 4-iyun Xalqaro tajovuz qurbonlari bo’lgan begunoh bolalar kuni.

🤝Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan ushbu kunning maqsadi butun dunyo boʻylab jismoniy, maʼnaviy va ruhiy zoʻravonlikka duchor boʻlgan bolalarning azob va iztiroblarini his qilishga harakat qilishdir.

👫Shu kuni BMT jahon hamjamiyati oldida bolalar huquqlarini himoya qilishni ta'minlashga, bolalarga nisbatan qo'pol huquqbuzarliklarga chek qo'yish va oldini olishga chaqiriladi. Bolalarni jangovar harakatlardan himoya qilishning eng samarali usuli ularning qurolli to‘qnashuvlarga qo‘shilishiga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash va bartaraf etishdir.

🥹Biz, Ijtimoiy himoya milliy agentligi ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlaymiz va bolalar huquqlarini himoya qilish birinchi navbatdagi vazifamiz ekanligini eslatib o‘tamiz. Biz barchani befarq qolmaslikka chaqiramiz va bolalar huquqlarini himoya qilish, zo‘ravonlikning oldini olish barchamizning umumiy burchimiz ekanligini unutmaslikka chaqiramiz. Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik va zulmning barcha ko‘rinishlariga qarshi birgalikda kurashaylik.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🦿🦽 Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligi qanday ta'minlanyapti?

5️⃣ 5-iyun (chorshanba) soat 17:00 da Sharoit+ podkast loyihasining navbatdagi sonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov va mas'ul mutaxassislar ishtirok etadilar.

Ovozli chatni o‘tkazib yubormaslik uchun shu havolaga kirib: https://t.iss.one/sharoitplus?livestream qo‘ng‘iroqchani bosib qo‘ying!

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧠 Imtiyozli toifaga kirmaydigan lekin “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari xizmatlaridan foydalanish istagida bo’lgan fuqarolar uchun endilikda shartnoma asosida pullik xizmatlar ko‘rsatish tartibi belgilandi.

💵 Ular quyidagi pullik xizmatlardan foydalanishlari mumkin:

🧮Shaxsni oʻzgalar parvarishiga muhtojligini baholash (“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mutaxassisi tomonidan Bartel va Lauton shkalalari asosida amalga oshiriladi, shuningdek yashash sharoitlarini to‘siqsiz harakatlanish uchun moslashtirish zarurati o‘rganib chiqib, tegishli tavsiya ishlab chiqiladi);

👨‍🦽Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsga uyda ijtimoiy-maishiy xizmat koʻrsatish quydagi tadbirlarni o'z ichiga oladi:
⏺️Ovqat tayyorlash;
⏺️Kiyim-kechaklarni yuvish va ularni dazmollash;
⏺️Gigiyena tadbirlarini amalga oshirishda ko‘maklashish;
⏺️Zarur oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlarni uyga yetkazib berish;
⏺️Sartaroshlik xizmatidan foydalanishda ko‘maklashish;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsga hamrohlik qilish (tibbiyot va sport muassasalariga, oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari, kiyim sotib olish uchun bozor va do‘konlarga ijtimoiy xodim assistentlari Siz bilan birga borib keladi);
⏺️Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsga qarab turish (yurishda va harakatlanishda qiyinchiligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatiladigan quydagi xizmatlarni o'z ichiga oladi:
⏺️Ovqatlantirish;
⏺️Kiyimlarni kiyish va almashtirishda ko‘maklashish;
⏺️Yotoq holatini o‘zgartirish;
xavfsiz harakatlanishda ko‘maklashish;
⏺️Jismoniy mashqlarni bajarishda ko‘maklashish;
⏺️Zaruratga ko‘ra tez tibbiy xizmatini chaqirib berish).

😊 Pullik xizmatlardan foydalanish uchun o'z tumaningizdagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qiling.

⚠️ Muhim eslatma! Yuqumli hamda ruhiy kasalliklarga chalingan shaxslarga pullik xizmatlar ko‘rsatilmaydi.

Pullik xizmat turlari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mobil shaklda ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish boshlandi!

📌 Mobil shaklda xizmat ko’rsatish tizimining asosiy maqsadi chekka tuman va qishloq joylarida istiqomat qiluvchi aholiga ijtimoiy xizmatlar ko’lamidan to’laqonli foydalanishini ta’minlashga qaratilgan.

🧠 Dastlabki mobil xizmat Ijtimoiy himoya milliy agentligining Surxondaryo viloyati “INSON” ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish markazlari tomonidan Jarqo‘rg‘on tumanidagi Qorayantoq va Uzumzor mahallalari aholisiga malakali mutaxassislar guruhi tomonidan psixologik va yuridik xizmatlari ko‘rsatildi.

☺️ Mobil shaklda xizmat ko‘rsatish davomida 185 nafar fuqarolarga “INSON” ijtimoiy xizmatlar markazlarining mutaxassislari tarafidan bepul psixologik va yuridik xizmatlari ko‘rsatildi va aholiga kerakli tavsiyalar berildi.

Mobil shaklda xizmat ko‘rsatish uchun “INSON” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlari turiga qarab mobil guruhlar shakllantiriladi.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🦿🦽 Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligi qanday ta'minlanyapti?

5️⃣ 5-iyun (chorshanba) soat 18:30 da Sharoit+ podkast loyihasining navbatdagi sonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov va mas'ul mutaxassislar ishtirok etadilar.

Ovozli chatni o‘tkazib yubormaslik uchun shu havolaga kirib: https://t.iss.one/sharoitplus?livestream qo‘ng‘iroqchani bosib qo‘ying!

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from IHMA Samarqand viloyati (Xujaxon Fazliddinov)
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “SOS! KATTAQO‘RG‘ONLIK AYOL ERIGA QASD QILIB BOLASINI O‘LDIRMOQCHI” sarlavhasi bilan tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilar ma'lum qilinadi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan mazkur holat to‘lig‘icha nazoratga olinib, ishchi guruh tashkil etildi.

Jabrlangan bolaga va uning onasiga Kattaqo‘rg‘on shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi psixologlari biriktirildi.

Shuningdek, bolani vaqtincha hududdagi tibbiyot birlashmasiga joylashtirib, uning sog‘lig‘ini o‘rganish yuzasidan choralar ko‘rilmoqda. IIB bo‘limi mas’ullari bilan hamkorlikda holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan qo'shimcha ma'lumotlar taqdim etiladi.

📝 telegram | 📝 facebook | 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Muruvvat uyida parvarishlash guruhi ochildi

👫 Anashunday guruhlardan biri Qo‘rg‘ontepa “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyida bugundan kunduzgi parvarish qilish guruhi ish faoliyatini boshladi.

🖋Bugungi kunda parvarishlash guruhiga tumanda yashovchi 17 nafar nogironligi bo‘lgan bolalar jalb etildi. Guruhni tashkil etishdan asosiy maqsad nogironligi bo‘lgan bolalarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, ularni sog‘lomlashtirish va qo‘llab-quvvatlash, ularning sifatli tibbiy-ijtimoiy yordam olishlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishdan iborat.

💻Kelgusida parvarishlash guruhiga Qo‘rg‘ontepa va qo‘shni tumanlardan 100 dan ortiq nogironligi bo‘lgan bolalarni qamrab olish ko‘zda tutilgan.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
🦿 POM va RTV sotuvi bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlar diqqatiga! 🥹 Bugun sizga my.ihma.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tish va qanday talablarni bajaraish talab etilishi haqida ma'lumot beramiz. 🦽 Keyingi videoda esa, POM va RTV sotishda, taqdim etiladigan…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🦽 POM va RTV mahsulotlari sotuvi bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga qanday imtiyozlar beriladi?

Uzoq muddatga QQS to‘lovlaridan ozod etilgan, mahsulotni tekshiruvdan o‘tkazish va sertifikatsiya hujjatlari narxi 2 barobar arzonlashtirgan, kamaytirilgan daromad solig‘i va boshqalar.

🎬 Batafsil ma’lumotga ega bo‘lish uchun videoni tomosha qiling.

📝 Telegram 💻 Instagram
📝 Facebook 🎖 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥹 Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlar bo'yicha ma'lumot.

🇺🇿 2024-yil 1-iyun holatiga ko'ra Respublikamiz hududida jami oilalar soni 9 729 960 nafarni tashkil etib, shundan ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam oluvchi oilalar soni 1 209 936 ta bo'lib, to'langan mablag' 584 354.3 mln so'mni tashkil qiladi.

💵 Shundan 1 170 580 nafar oilalarga 569 555,3 mln so'm miqdorda bolalar nafaqasi, 39.356 oilaga 14 799,0 mln so'm miqdorda moddiy yordam pullari to'lab berilgan.

👥 Respublikamizning jami oilalari soniga nisbatan ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam oluvchi oilalarning ulushi 12%ni tashkil etadi.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ijtimoiy_imtiyoz

🧍Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilgan ayrim imtiyozlar:

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun OTMda davlat granti asosida qo‘shimcha qabul kvotasi ajratiladi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun ajratilgan to‘xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun haq olinmaydi.

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga DXM va (yoki) YAIDXP orqali xizmat ko‘rsatishda 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llaniladi

Nogironligi bo‘lgan shaxslar jamoat birlashmalari ramzlarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish uchun davlat boji undirilmaydi.

Nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga hamda I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlik nafaqasini tayinlashda davlat xizmatlari bepul ko‘rsatiladi.

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar bolalarini davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilishda imtiyozli ro‘yxatga kiritilgan.

Tegishli tibbiy xulosa asosida muhtoj shaxslarga protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari beriladi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar sanatoriy-kurortda bepul sog‘lomlashtirish huquqiga ega.

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi.

Mehmonxonalarda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun alohida sharoitga ega xona tashkil etiladi.

Xizmat turar joylarida yashayotgan I va II guruh nogironlari xizmat uyidan boshqa turar joy bergan holda ko‘chiriladi.

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar yer solig‘idan ozod qilinadi.

Budjet mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan basseynlarda shug‘ullanish va ulardan foydalanish uchun nogironligi bo‘lgan bolalar to‘lovdan ozod etiladi.

Bolalikdan nogironligi bo‘lganlar, shuningdek I va II guruh nogironlarining MHTEKMning 3 baravari (3 mln 150 ming so‘m) miqdoridagi mablag‘lari daromad solig‘iga tortilmaydi.

📝telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💵 2024-yil iyun oyi uchun Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan joriy yilning iyun oyi to‘lov ro‘yxatlariga kiritilgan 675,1 ming nafar nafaqa oluvchilar (yoshga doir, nogironlik, boquvchisini yo‘qotganlik, bolalikdan nogironlik va parvarishlash nafaqalari hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslarga moddiy yordam) uchun talab etilgan mablag‘lar tijorat banklariga to‘liq moliyalashtirilib berildi.

O‘z navbatida nafaqa to‘lovlarini naqd pulsiz shaklda oluvchi 461,5 ming nafar (yoki jami oluvchilarning 67 foizi) fuqarolarning bank kartalariga mablag‘lar to‘liq yuklab berilishi ta’minlandi.

🖋 Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq nafaqa pullarini naqd shaklda oluvchilarga joriy oy to‘lovlari Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan yetkazib berilayotganini ma’lum qilamiz.

Qo‘shimcha shuni ma’lum qilamizki,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktyabrdagi 654-son qaroriga asosan kam ta’minlangan oilalarga tayinlangan bolalar nafaqasi va moddiy yordam pullarini to‘lash uchun mablag‘lar to‘lov amalga oshiriladigan oyning 4-sanasidan 25-sanasiga qadar "Xalq banki" bo‘limi (filiali)ning maxsus hisobvarag‘iga moliyalashtirib berilishi belgilab o‘tilgan bo‘lib, iyun oyi uchun to‘lovlar joriy yilning 10-15 iyun kunlari to‘lab berilishi rejalashtirilgan.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM