Ijtimoiy himoya milliy agentligi
21.7K subscribers
1.99K photos
561 videos
1.23K links
Download Telegram
🏆 Rahbar kubogi musobaqasi g’oliblari aniqlandi

👍Mini futbol bo‘yicha “Rahbar kubogi” sport musobaqasining Respublika bosqichi o’z nihoyasiga yetdi. Musobaqada Agentlikning tizim tashkilotlari, viloyat bosqichlarida g’oliblikni qo’lga kiritgan xodimlaridan tashkil topgan 19 ta jamoa g’oliblik uchun kuch sinashdi.

⚽️ Murosasiz va shiddatli bellashuvlarga boy o’tgan sport musobaqasida Agentlikning quyidagi jamoalari g’oliblik shohsupasiga ko’tarildi:

1️⃣- o’rin “IHMA Farg’ona viloyat boshqarmasi”
2️⃣-o’rin “IHMA Sirdaryo viloyat boshqarmasi”
3️⃣-o’rin “IHMA Toshkent viloyat boshqarmasi”

🏆 Agentlik direktori Mansurbek Olloyorov g’olib jamoalarni shaxsan tabriklab esdalik sovg’alarni topshirdi va jamoalarning kelgusidagi faoliyatlarida omad va zafarlar tiladi.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish Jahon banki bilan hamkorlikdagi “INSON” loyihasi doirasida yanada yaxshilanadi

Jahon banki ijrochi direktorlar kengashi O‘zbekistonga aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini qamrab olish bo‘yicha innovatsion ijtimoiy himoya tizimi (INSON) loyihasini amalga oshirish uchun 100 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratishni ma’qulladi.

Loyiha doirasida:

57 000 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi sifatli ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
20 000 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs yangi turdagi zamonaviy reabilitatsiya xizmatlarini oladi;
ijtimoiy himoyaga muhtoj toifadagi 7 000 bola hududiy ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazlarida xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayollarga 20 ta ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlarida keng qamrovli xizmatlar ko‘rsatiladi va kasbiy ko‘nikmalarga o‘rgatiladi;
hududiy ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazlari xizmatlaridan foydalanadigan nogiron bolalarni parvarish qilayotgan shaxslarning iqtisodiy faolligi oshiriladi.

Loyiha, shuningdek, iqlimiy o‘zgarishlarga tayyorgarlikni oshirish,ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilash va moslashuvchan ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirishni ko‘zda tutadi.

Batafsil ma'lumot veb-saytimizda.

ЎЗ: https://surl.li/tyuct
O'Z: https://surl.li/tyudb
РУС: https://surl.li/tyudg
ENG:https://surl.li/tyudn

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligida Jahon bankining O‘zbekistondagi doimiy vakili Marko Mantovanelli bilan navbatdagi uchrashuv bo’lib o’tdi.

👥 Uchrashuvda Agentlik va Jahon banki oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari va ijtimoiy himoya sohasida istiqboldagi rejalar muhokama etildi.

🖋 Bundan tashqari, "INSON" loyihasining amalga oshirilish jarayonlari hamda Agentlik bilan hamkorlikda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun «to‘siqsiz muhit» sohasida qonunchilik bazasini takomillashtirishga qaratilgan yangi loyihalarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

🤝 Uchrashuv yakunlari bo'yicha qo'shma loyihalarni amalga oshirish ishlarini faollashtirishda o'zaro ko‘maklashish hamda hamkorlik aloqalarini yanada qo‘llab-quvvatlashga kelishib oldilar.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥹 Sayyor qabul: Murojaatlarni joyiga borib o‘rganish va ijobiy hal etish yo‘lida

👥 Aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarga huquqiy yechim topish maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan aniq chora-tadbirlar asosida hududlarda sayyor qabullar tashkil etib kelinmoqda.

👮‍♂️ Xususan, Agentlik direktorining maslahatchisi Sherzod Askarov boshchiligida ishchi guruh tomonidan Nukus shahridagi joylashgan “Yoshlar markazi”da aholi muammolarini o‘rganish va ularga qonuniy yechim topish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.

🎅 Unda fuqarolardan, asosan, nogironlik aravachalari olish, yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslar ro‘yxatiga kiritish, sanatoriylarga yo‘llanma berish, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bolalarni parvarishlash nafaqasi, nogironlik pensiyasi va nafaqasini hisoblash, tayinlash va to‘lash, ijtimoiy nafaqalar tayinlash, davolanishga order olish va boshqa shu kabi murojaatlar kelib tushdi.

Muammolarning aksariyati joyida hal etilib, ma’lum vaqt talab etgan masalalar yuzasidan mas’ullar biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.

🤝 Muxtasar aytganda, bugun hech bir murojaat shunchaki qog‘ozlarda qolib ketmayapti. O‘tkazilayotgan sayyor qabullar muammolarni aniqlash, joyida hal qilish, ularni bartaraf etish maqsadlariga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧠 “Inson uchun” xayriya platformasi ishga tushgandan so’ng 1,5 oy davomida 120 ming murg‘ak qalb sohiblari taqdiriga befarq bo‘lmaganlar tomonidan yig’ilgan 992 million so‘m xayriya mablag‘lari evaziga 49 nafar bola uchun yangi hayot eshiklari ochildi.

👫 Jarayonlar faol davom etmoqda va hozir yordamimizga muhtoj bo‘lgan yana 10 nafar bolani davolash uchun mablag‘ yig‘ilmoqda.

👩‍👩‍👧‍👦Keling, bizning ko‘magimizga muhtoj bo‘lgan bolajonlarga ertangi kunga umid va ishonch bag‘ishlashdan to‘xtamaylik!

Zero, har bir bola baxtli va sog‘lom kelajak uchun haqlidir.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥹2024-yilning 28-may kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligida Koreya xalqaro sogʻliqni saqlash jamgʻarmasining (KOFIH) O’zbekistondagi vakolatxonasi vakili Tsoy Son Chon bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

👨‍🦯🔮 Uchrashuv davomida 2026-2030 yillarga mo'ljallangan "O'zbekiston Respublikasida keksalarga g'amxo'rlik qilish tizimini isloh qilishni qo'llab-quvvatlash" loyihasini amalga oshirish yuzasidan keyingi bosqichlar belgilab olindi.

Mazkur loyiha keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslarni hayot sifatini oshirish hamda jamiyatga integratsiyasini ta'minlashga qaratilgan bo'lib, Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash markazlari faoliyatini isloh qilish va mahallarda kunduzgi parvarish xizmatlarini yo'lga qo'yishni o'z ichiga oladi.

Ma'lumot uchun: Koreya xalqaro sogʻliqni saqlash jamgʻarmasi (KOFIH) Koreya Respublikasi Sogʻliqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qoshidagi tashkilot boʻlib, sogʻliqni saqlash sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yaʼni xorijiy mamlakatlarda sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish boʻyicha loyihalarni amalga oshiradi.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🦿 POM va RTV sotuvi bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlar diqqatiga!

🥹 Bugun sizga my.ihma.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tish va qanday talablarni bajaraish talab etilishi haqida ma'lumot beramiz.

🦽 Keyingi videoda esa, POM va RTV sotishda, taqdim etiladigan imtiyozlar haqida gapirib o‘tamiz.

Bizni kuzatishda davom eting!

📝 Telegram 💻 Instagram
📝 Facebook 🎖 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝 Idoralararo samarali hamkorlik: oilaviy zo‘ravonlik jabrlanuvchilarini himoya qilishning asosiy sharti

🧠 Joriy yilning 28-may kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda "Idoralararo samarali hamkorlik: oilaviy zo‘ravonlik jabrlanuvchilarini himoya qilishning asosiy sharti" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

🫰 Mazkur tadbirda Agentlik rahbariyati va mas’ul xodimlari bilan bir qatorda, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, BMT Taraqqiyot dasturi, BMT Aholishunoslik fondi, BMT Ayollar tuzilmasi vakillari, fuqarolik jamiyati institutlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

👥 Davra suhbatini o‘tkazishdan asosiy maqsad mamlakatda oilaviy zo‘ravonlik jabrlanuvchilarini ijtimoiy himoya qilish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar, qabul qilingan asosiy normativ-huquqiy hujjatlar haqida ma’lumot berish, shuningdek, jabrlanuvchilarni himoya qilishda idoralararo hamkorlikni yo’lga qo’yishga qaratildi.

️ Xususan, Agentlik tomonidan “Tazyiq va zo’ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko’rsatishni takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar - to’g’risida”gi PQ -175 -sonli qarori haqida ma’lumot berildi. Endilikda tazyiq va zo’ravonlikdan jabrlangan shaxslarga “oila-mahalla-tuman va hudud” tamoyili asosida kompleks ijtimoiy xizmatlar ko’rsatiladi. 2024-yil 1-iyundan boshlab “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida ijtimoiy, psixologik va yuridik xizmatlar ko’rsatiladi.

💻 Tadbir davomida fuqarolik jamiyati, NNT vakillari ham xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish bo’yicha ma’lumotlar va taqdimotlari bilan bo’lishishdi.

🧮 Davra suhbati yakunida ishtirokchilar tomonidan ma'muriy reglament loyihasi yuzasidan berilgan taklif-tavsiyalari inobatga olinib, kelgusida ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillashtirishda xizmat qilishi ta’kidlab o’tildi.

Batafsil ma’lumot

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM