Ijtimoiy himoya milliy agentligi
21.7K subscribers
1.9K photos
528 videos
1.16K links
Download Telegram
🏆 Rahbar kubogi musobaqasi g’oliblari aniqlandi

👍Mini futbol bo‘yicha “Rahbar kubogi” sport musobaqasining Respublika bosqichi o’z nihoyasiga yetdi. Musobaqada Agentlikning tizim tashkilotlari, viloyat bosqichlarida g’oliblikni qo’lga kiritgan xodimlaridan tashkil topgan 19 ta jamoa g’oliblik uchun kuch sinashdi.

⚽️ Murosasiz va shiddatli bellashuvlarga boy o’tgan sport musobaqasida Agentlikning quyidagi jamoalari g’oliblik shohsupasiga ko’tarildi:

1️⃣- o’rin “IHMA Farg’ona viloyat boshqarmasi”
2️⃣-o’rin “IHMA Sirdaryo viloyat boshqarmasi”
3️⃣-o’rin “IHMA Toshkent viloyat boshqarmasi”

🏆 Agentlik direktori Mansurbek Olloyorov g’olib jamoalarni shaxsan tabriklab esdalik sovg’alarni topshirdi va jamoalarning kelgusidagi faoliyatlarida omad va zafarlar tiladi.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish Jahon banki bilan hamkorlikdagi “INSON” loyihasi doirasida yanada yaxshilanadi

Jahon banki ijrochi direktorlar kengashi O‘zbekistonga aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini qamrab olish bo‘yicha innovatsion ijtimoiy himoya tizimi (INSON) loyihasini amalga oshirish uchun 100 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratishni ma’qulladi.

Loyiha doirasida:

57 000 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi sifatli ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
20 000 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs yangi turdagi zamonaviy reabilitatsiya xizmatlarini oladi;
ijtimoiy himoyaga muhtoj toifadagi 7 000 bola hududiy ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazlarida xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayollarga 20 ta ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlarida keng qamrovli xizmatlar ko‘rsatiladi va kasbiy ko‘nikmalarga o‘rgatiladi;
hududiy ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazlari xizmatlaridan foydalanadigan nogiron bolalarni parvarish qilayotgan shaxslarning iqtisodiy faolligi oshiriladi.

Loyiha, shuningdek, iqlimiy o‘zgarishlarga tayyorgarlikni oshirish,ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilash va moslashuvchan ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirishni ko‘zda tutadi.

Batafsil ma'lumot veb-saytimizda.

ЎЗ: https://surl.li/tyuct
O'Z: https://surl.li/tyudb
РУС: https://surl.li/tyudg
ENG:https://surl.li/tyudn

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligida Jahon bankining O‘zbekistondagi doimiy vakili Marko Mantovanelli bilan navbatdagi uchrashuv bo’lib o’tdi.

👥 Uchrashuvda Agentlik va Jahon banki oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari va ijtimoiy himoya sohasida istiqboldagi rejalar muhokama etildi.

🖋 Bundan tashqari, "INSON" loyihasining amalga oshirilish jarayonlari hamda Agentlik bilan hamkorlikda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun «to‘siqsiz muhit» sohasida qonunchilik bazasini takomillashtirishga qaratilgan yangi loyihalarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

🤝 Uchrashuv yakunlari bo'yicha qo'shma loyihalarni amalga oshirish ishlarini faollashtirishda o'zaro ko‘maklashish hamda hamkorlik aloqalarini yanada qo‘llab-quvvatlashga kelishib oldilar.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥹 Sayyor qabul: Murojaatlarni joyiga borib o‘rganish va ijobiy hal etish yo‘lida

👥 Aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarga huquqiy yechim topish maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan aniq chora-tadbirlar asosida hududlarda sayyor qabullar tashkil etib kelinmoqda.

👮‍♂️ Xususan, Agentlik direktorining maslahatchisi Sherzod Askarov boshchiligida ishchi guruh tomonidan Nukus shahridagi joylashgan “Yoshlar markazi”da aholi muammolarini o‘rganish va ularga qonuniy yechim topish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.

🎅 Unda fuqarolardan, asosan, nogironlik aravachalari olish, yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslar ro‘yxatiga kiritish, sanatoriylarga yo‘llanma berish, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bolalarni parvarishlash nafaqasi, nogironlik pensiyasi va nafaqasini hisoblash, tayinlash va to‘lash, ijtimoiy nafaqalar tayinlash, davolanishga order olish va boshqa shu kabi murojaatlar kelib tushdi.

Muammolarning aksariyati joyida hal etilib, ma’lum vaqt talab etgan masalalar yuzasidan mas’ullar biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.

🤝 Muxtasar aytganda, bugun hech bir murojaat shunchaki qog‘ozlarda qolib ketmayapti. O‘tkazilayotgan sayyor qabullar muammolarni aniqlash, joyida hal qilish, ularni bartaraf etish maqsadlariga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM