Hurmatli fuqarolar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar qayerga murojaat qilishlari kerak?
Qarorga ko‘ra, Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar, boshqa jismoniy hamda yuridik shaxslar tomonidan tazyiq va zo‘ravonlik holati to‘g‘risida quyidagi shakllarda murojaat qilinadi:
😊 “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki ijtimoiy xodimga;
💠 ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqamlariga yoki bevosita profilaktika inspektorlariga;
💠 “112” yagona dispetcherlik xizmati hamda 1146 qisqa raqamli “ishonch telefoni”ga.
🖋 Murojaat bo‘yicha 24 soat ichida quyidagilar amalga oshiriladi:
✅ xotin-qizlar faoli va mahalladagi profilaktika inspektori tomonidan tazyiq va zo‘ravonlikni sodir etgan shaxs bilan suhbat o‘tkaziladi;
✅ ijtimoiy xodim xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarining holatini dastlabki tarzda baholash choralarini ko‘radi;
✅ profilaktika inspektori xotin-qizlarga himoya orderi rasmiylashtiriladi hamda zaruratga ko‘ra birlamchi ko‘mak xonalariga joylashtirish uchun tegishli dalolatnomani rasmiylashtirishga doir choralarni ko‘radi;
✅ ijtimoiy xodim va profilaktika inspektori tomonidan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari ularning roziligi asosida birlamchi ko‘mak xonasiga joylashtiriladi.
✅ Xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy xizmatlar “Inson” markazlari, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining hududiy markazlari tomonidan ko‘rsatiladi.
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Qarorga ko‘ra, Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar, boshqa jismoniy hamda yuridik shaxslar tomonidan tazyiq va zo‘ravonlik holati to‘g‘risida quyidagi shakllarda murojaat qilinadi:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_himoya
#kouching
Hududlarda kouching mashg'ulotlari davom etmoqda
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini oʻz kuchi va ichki resurslariga tayangan holda jamiyatga moslashishlari uchun koʻmaklashish maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan yoʻlga qoʻyilgan kouching doirasidagi ilk mashgʻulot Xovos tumanida oʻtkazildi.
Ijtimoiy nafaqalar, sanatoriylarga yo‘llanmalar, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan yordam ko‘rsatish va inklyuziv taʼlim kabi masalalar uchrashuvning asosiy mavzularidan bo‘ldi.
Fuqarolarni “Kambag‘al oilalar uchun yettita imkoniyat va masʼuliyat” tamoyilida nazarda tutilayotgan barqaror bandlik va yuqori daromad topishga erishish, taʼlim olish va kasb-hunar o‘rganish, kafolatlangan tibbiy va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish, yashash sharoitlarini yaxshilash borasidagi bilim va ko‘nikmalari oshirildi.
Tadbirga, shuningdek, Mahallalar uyushmasi, bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi vakillari ham jalb qilindi.
Xuddi shu shakldagi kouching mashg‘ulotlari jadval asosida viloyatning qolgan barcha tuman va shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan ham o‘tkazilishi belgilab olindi.

Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Президент Шавкат Мирзиёев ижтимоий ҳимояга муҳтож болаларни тарбиялаш, ногиронлиги бўлган шахсларни спортга жалб этишга оид таклифлар тақдимоти билан танишди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по поддержке детей, нуждающихся в социальной защите, а также вовлечению людей с инвалидностью в спорт.
#Mirziyoyev #taqdimot #ijtimoiyhimoya #bolalar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Forwarded from IHMA_Toshkent shahri
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kouching
Yakkasaroy tumanida "Aholiga ko'mak - oliy qadriyat" nomli kouching bo‘lib o‘tdi
Yakkasaroy tumani "inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida aholi vakillari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda fuqarolar bolalar nafaqasi hamda moddiy yordam tayinlash, yolg‘iz yashayotgan va yolg‘iz keksalar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlash hamda protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari ta'minlash yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Bundan tashqari, ishtirokchilarga video rolik namoyish etilib, unda mahallada faoliyat olib borayotgan ijtimoiy xodim vazifalari to'g'risida ma'lumotlar berildi.
Uchrashuvda savol-javoblardan tashqari, fuqarolar bilan birgalikda bir mavzu ostida keys tayyorlash va uni ijobiy hal etish mavzusida interaktiv o'yinlar ham tashkil etildi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Президент Шавкат Мирзиёев ижтимоий ҳимояга муҳтож болаларни тарбиялаш, ногиронлиги бўлган шахсларни спортга жалб этишга оид таклифлар тақдимоти билан танишди. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по поддержке детей, нуждающихся…
Farzandlarni oilaning kambagʻalligi tufayli Mehribonlik va Bolalar uylariga joylashtirish amaliyoti bekor qilinadi. Kambagʻal oila vakillari ishga joylashgan taqdirda, bolasi uch yoshga toʻlguncha bogʻcha xarajatlari uchun Ijtimoiy himoya jamgʻarmasidan kompensatsiya beriladi.
Bolalar uylarida “Onalar maskani” tashkil etilib, unda bolasidan voz kechmoqchi boʻlgan onalar joylashtiriladi. Ularga ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy xizmatlar koʻrsatiladi, onalik koʻnikmalari oʻrgatiladi hamda kasb egallashiga koʻmaklashiladi.
Ogʻir hayotiy vaziyatga tushgan bolalar tarbiyaga berilguniga qadar “Inson” markazi tomonidan oilaviy bolalar uyiga joylashtiriladi. Tarbiyaga beriladigan bolalar uchun individual rivojlanish rejasi ishlab chiqiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Президент Шавкат Мирзиёев ижтимоий ҳимояга муҳтож болаларни тарбиялаш, ногиронлиги бўлган шахсларни спортга жалб этишга оид таклифлар тақдимоти билан танишди. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по поддержке детей, нуждающихся…
Етим болаларни аниқлаш, уларни тарбияга олиш истагини билдирган шахслар маълумоти “Ижтимоий ҳимоя” ахборот тизимида юритилади.
“Инсон” марказлари болаларнинг қонуний вакили этиб белгиланади ҳамда ҳуқуқ ва манфаатларини ҳимоя қилади.
Шунингдек, бу марказлар тарбияга берилган болаларнинг турмуш шароитини, ёрдамларнинг мақсадли ишлатилишини ва тарбияга олган шахслар мажбуриятларини мониторинг қилиб боради.
Оилавий болалар уйини ташкил этган фуқаролар ўзини ўзи банд қилган шахслар сифатида белгиланади. Тутинган оилаларда тарбияланаётган болаларга умумий ўрта ва ўрта махсус таълимни тугатгунича яшаш ва парваришлаш харажатлари тўланади.
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
“Инсон” марказлари болаларнинг қонуний вакили этиб белгиланади ҳамда ҳуқуқ ва манфаатларини ҳимоя қилади.
Шунингдек, бу марказлар тарбияга берилган болаларнинг турмуш шароитини, ёрдамларнинг мақсадли ишлатилишини ва тарбияга олган шахслар мажбуриятларини мониторинг қилиб боради.
Оилавий болалар уйини ташкил этган фуқаролар ўзини ўзи банд қилган шахслар сифатида белгиланади. Тутинган оилаларда тарбияланаётган болаларга умумий ўрта ва ўрта махсус таълимни тугатгунича яшаш ва парваришлаш харажатлари тўланади.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Facebook
Log in or sign up to view
See posts, photos and more on Facebook.
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy himoya milliy agentligi BMTTD (UNDP) bilan Kambag’allikka barham berish hamkorlik dasturi doirasidagi tadbirlarni davom ettiradi.
🔈Siz ayol tadbirkormisiz?
💼O‘z biznesingizni boshlash va butun mamlakat bo‘ylab xaridorlarni topish haqida o‘ylayapsizmi?
📚U holda sizni quyidagi manzillarda kutamiz:
🏢 12-13 noyabr kunlari Qarshi shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi
🏢 13-14 noyabr kunlari Angor tuman “Ishga marhamat” monomarkazi
🏢 19-20 noyabr kunlari Samarqand shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi
🏢 21-22 noyabr kunlari Jizzax shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi
🏢 25-26 noyabr kunlari Farg‘ona shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi
🏢 27-28 noyabr kunlari Andijon shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi
🏢 29-30 noyabr kunlari Namangan shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi
🏢 2-3 dekabr kunlari Navoiy shahri “Ishga marhamat” monomarkazi
🏢 5-6 dekabr kunlari Guliston shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi
🏢 9-10 dekabr kunlari Toshkent viloyatining “Ishga marhamat” monomarkazi
🇺🇳 BMTTD, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Uzum Academy tomonidan ayollar uchun tashkil etiladigan moliyaviy savodxonlik va elektron tijorat bo‘yicha bepul o‘quv seminarlariga taklif etamiz!
🤝 Agar o‘quv seminarida ishtirok etishni xohlasangiz, yaqin Monomarkazga tashrif buyurishingiz mumkin.
-----
Продолжаем мероприятия в рамках программы сотрудничества ПРООН (UNDP) по искоренению бедности.
🔈Вы женщина-предприниматель?
💼Думаете о том, чтобы начать свой бизнес и найти клиентов по всей стране?
📚Тогда приглашаем вас посетить следующие локации:
🏢 12-13 ноября в Моноцентре в городе Карши
🏢 13-14 ноября в Моноцентре в городе Термез (Ангор)
🏢 19-20 ноября в Моноцентре в городе Самарканд
🏢 21-22 ноября в Моноцентре в городе Джиззак
🏢 25-26 ноября в Моноцентре в городе Фергана
🏢 27-28 ноября в Моноцентре в городе Андижан
🏢 29-30 ноября в Моноцентре в городе Наманган
🏢 2-3 декабря в Моноцентре в городе Навои
🏢 5-6 декабря в Моноцентре в городе Гулистан
🏢 9-10 декабря в Моноцентре в городе Нурафшон, Ташкентская область
🇺🇳 Приглашаем вас на бесплатные образовательные семинары по финансовой грамотности и электронной коммерции для женщин, организованные ПРООН, Министерством сокращения бедности и занятости, Национальным агентством по социальной защите и Uzum Academy!
🤝 Если вы хотите принять участие в обучающем семинаре, вы можете посетить ближайший Моноцентр.

#Nukustajribasi
#Kouching
Nukus shahrida "Xalqqa yordam - oliy qadriyat" mavzusida kouching o‘tkazildi
😊 Bugungi kunda tuman (shahar) lardagi “Inson“ ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan fuqarolarimizga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilib kelinmoqda.
🖋 Ushbu xizmatlar yuzasidan fuqarolarimiz tomonidan “Inson“ markazlariga bo‘layotgan eng ko‘p murojaatlar tahlil qilinib, bu borada targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish belgilab olindi.
💻 Nukus shahrida o‘tkazilgan tadbirning maqsadi aynan shu murojaatlar bo‘yicha ya’ni ijtimoiy nafaqalar, sanatoriylarga yo‘llanma olish, “Saxovat va ko‘mak“ jamg‘armasi mablag‘laridan yordam ko‘rsatish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilishning texnik buyumlari bilan ta’minlash kabi yo‘nalishlarda fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishdir.
👮♂️ Tadbir yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha tayyorlangan maxsus roliklar ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi va mutaxassislar tomonidan keng tushunchalar berildi.
🏃 Shuningdek, tadbir davomida interaktiv o‘yinlar o‘tkazilib, fuqarolar orasidan ishtirokchilar saralab olindi va ular ijtimoiy xodim va murojaatchi vazifalarini bajarib, olgan bilimlarini mustahkamladilar.
✅ Tadbir yakunida faol ishtirok etgan fuqarolar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
⚠️ Kouching barcha shahar va tumanlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan
#Kouching
Nukus shahrida "Xalqqa yordam - oliy qadriyat" mavzusida kouching o‘tkazildi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#statistika
#ayollar
2024-yilning 9 oy davomida "1146 Ishonch telefoni"ga 1832 nafar zo'ravonlikdan jabrlangan fuqarolar murojaat qilgan
👥 Zo‘ravonlik turlari bo‘yicha murojaatlar:
- 936 ta jismoniy zo‘ravonlik;
- 731 ta ruhiy zo‘ravonlik;
- 96 ta jinsiy zo‘ravonlik;
- 60 ta iqtisodiy zo‘ravonlik.
🖋 Murojaatlarning barchasiga tegishli organlar bilan hamkorlikda tezkor huquqiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatilib, jabrlanganlarga zarur ko‘mak berilgan.
⚖️ Ijtimoiy himoya milliy agentligi jabrlanuvchilarga nafaqat yordam ko‘rsatib, balki ularning huquqlarini himoya qilish, zo‘ravonlikni oldini olish va bu muammoning salbiy oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini davom ettirmoqda.
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
#ayollar
2024-yilning 9 oy davomida "1146 Ishonch telefoni"ga 1832 nafar zo'ravonlikdan jabrlangan fuqarolar murojaat qilgan
- 936 ta jismoniy zo‘ravonlik;
- 731 ta ruhiy zo‘ravonlik;
- 96 ta jinsiy zo‘ravonlik;
- 60 ta iqtisodiy zo‘ravonlik.
⚖️ Ijtimoiy himoya milliy agentligi jabrlanuvchilarga nafaqat yordam ko‘rsatib, balki ularning huquqlarini himoya qilish, zo‘ravonlikni oldini olish va bu muammoning salbiy oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini davom ettirmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#men_uddaladim_senchi
#kambagallikdan_farovonlik_sari
Lola Bo'riyeva: Ikki farzandimni o'qitib, kamolga yetkazish uchun tinmay harakatdaman!
😮 Hozirda mamlakatimiz bo'ylab "Kambag'allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida ehtiyojmand aholi qatlamini og'ir ijtimoiy vaziyatdan olib chiqish uchun chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
🧮 Jondor tumani Romish mahallasida yashovchi Lola Bo‘riyevaning ham turmush tarzi xuddi shu dastur sabab bugun boshqacha tus oldi.
😲 Lola opaning turmush o'rtog'i avtomashina shinalarini tuzatish bilan shug'ullangan bo'lib, undan ayrilgan vaqtida kichkina o'g'li besh oylik go'dak edi. Ro'zg'orni eplash, bolalarni parvarishlash uchun ham turmush o'rtog'ining ishini davom ettirishga kirishdi. Biroq uning xonadonidagi kam quvvatli elektr energiyasi bu ish uchun qiyinchilik tug'dirardi. "Mahalla yettiligi", ijtimoiy xodim Lola opaning xonadoniga tashrif buyurib, uning shart-sharoitini o'rganganidan so'ng, qahramonimizga bir necha ijtimoiy xizmatlar ko'rsatildi:
✅ Xonadonidagi elektr energiyasi quvvatlantirib berildi (Hozirda bemalol avtomashina shinalarini tuzatish bilan shug'ullanyapti);
✅ 1 sotixli issiqxona qurib berildi (Qishki ko'katlar ekkan);
✅ Chorva moli, sog'in sigir olib berildi (Sut, sariyog', qaymog'ini sotyapti);
✅ Parranda olib berildi (Tuxumi ro'zg'origa baraka olib kiryapti).
💻 Hozirda Lola opa yolg'iz onalar uchun berilgan imtiyozlardan mamnun holda, mehnat qilyapti. Uning asosiy orzusi esa farzandlarini o'qitib, o'zi kabi ehtiyojmandlarga yordam beradigan insonlar qilib tarbiyalashdir.
#kambagallikdan_farovonlik_sari
Lola Bo'riyeva: Ikki farzandimni o'qitib, kamolga yetkazish uchun tinmay harakatdaman!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2024-2025 o‘quv yilida Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasi bilan 92 nafar alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalarning 76 tasi inklyuziv sinfiga va 16 ta bola 2 ta maktabda tashkil etilgan korreksion sinflarga qabul qilindi
👫 Xabaringiz bor, yurtimizda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Bu kabi bolajonlarni umumta’lim maktablarida sog‘lom tengdoshlariga qo‘shish, ularni jamiyatga erta moslashtirish maqsadida inklyuziv ta’lim joriy etilgan.
👍 Inklyuziv ta’limning maqsadi — alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar uchun maktabda maxsus vosita va metodlarni qo‘llash orqali maxsus pedagoglarni jalb etgan holda to‘siqsiz moslashtirilgan ta’lim muhitini yaratish, ularning jamiyatga samarali moslashuvi hamda to‘laqonli uyg‘unlashuviga xizmat qiladigan sifatli umumiy o‘rta ta’lim berishni ta’minlashdan iborat.
🖋 Ijodiy jamoamiz bilan birgalikda Chimboy tumanida joylashgan 43-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan korreksion sinf faoliyati, unda ta’lim olayotgan bolalarning ahvolini o‘rgandik.
🏃 Korreksion sinfda bolalarning ta’lim olishi uchun barcha qulayliklar yaratilgan bo‘lib, ularga maxsus pedagoglar biriktirilgan.
🎬 Batafsil videoda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Qozog‘istonning “Ana Yyi” jamoatchilik jamg‘armasi hamkorligida Samarqand shahrida “Ona uyi” markazi tashkil etildi
“Ana Yyi” jamoatchilik jamg‘armasi 2013-yilda tashkil etilgan bo‘lib, shu paytgacha Qozog‘istonning 18 ta shahrida 21 ta “Ona uyi” resurs markazi tuzilgan. “Ona uy”lari tomonidan 7000 nafar ayolga manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatilib, ularning farzandlari yetimlikdan saqlab qolingan va o‘z oilasida tarbiyalanishi ta’minlangan.
Jamg‘arma joriy yilning aprel oyidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlik memorandumi tuzilib, yurtimizda ham o‘z faoliyatini boshladi. Ilk “Ona uy”lari Toshkent shahrida tashkil qilindi.
Samarqand viloyatida ochilgan “Ona uyi” markazi yurtimizdagi uchinchi muassasaga aylandi.
Markazda og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan 30 yoshgacha bo‘lgan, 4 yoshdan oshmagan ikki nafargacha farzandli onalar hamda homilador ayollarga xizmat ko‘rsatiladi.
Mazkur muassasalarda ona va bolaga ijtimoiy yordam ko‘rsatilishi bilan birga onaga kasb-hunar o‘rgatilib, o‘z hayotini izga tushirishi uchun imkoniyat yaratiladi.
Asosiy maqsad – o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotgan, hayotga qiziqishi so‘ngan onalarni jamiyatga qaytarish, bolalarni yetimlikdan asrash.

Forwarded from "INSON" ijtimoiy xizmatlar markazi
Hurmatli fuqarolar!
🧠 Ijtimoiy to‘lovlar uchun ariza berish, ijtimoiy yordam olish, zarur protez ortopediya va reabilitatsiya vositalarini olish, va boshqa ijtimoiy hizmatlar bilan bog'liq barcha savollarga o‘zingiz istiqomat qiladigan tuman yoki shahringizdagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga murojaat qilish mumkinligini eslatib o‘tamiz.
🇺🇿 Respublika bo‘ylab joylashgan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari mazillarini bilan quyida tanishing:
☑️Qoraqalpog‘iston Respublikasi
☑️Andijon viloyati
☑️Buxoro viloyati
☑️Jizzax viloyati
☑️Qashqadaryo viloyati
☑️Navoiy viloyati
☑️Namangan viloyati
☑️Samarqand viloyati
☑️Surxondaryo viloyati
☑️Sirdaryo viloyati
☑️Toshkent viloyati
☑️Farg‘ona viloyati
☑️Xorazm viloyati
☑️Toshkent shahri
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
☑️Qoraqalpog‘iston Respublikasi
☑️Andijon viloyati
☑️Buxoro viloyati
☑️Jizzax viloyati
☑️Qashqadaryo viloyati
☑️Navoiy viloyati
☑️Namangan viloyati
☑️Samarqand viloyati
☑️Surxondaryo viloyati
☑️Sirdaryo viloyati
☑️Toshkent viloyati
☑️Farg‘ona viloyati
☑️Xorazm viloyati
☑️Toshkent shahri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM