Ijtimoiy himoya milliy agentligi
21K subscribers
1.86K photos
505 videos
1.13K links
Download Telegram
“Eng faol ijtimoiy xodim” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichiga start berildi

Bellashuvda Respublika bo‘ylab 80 nafardan ortiq ijtimoiy xodim va ijtimoiy xodim assistentlari ishtirok etishmoqda.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakillaridan iborat hakamlar hay'ati ishtirokchilarning ijtimoiy ish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazmoqda.

Eslatib o‘tamiz, tanlov ertaga 12-iyun kuni ham davom etadi.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar uchun shifoxonalarda tun-u kun ishlaydigan “Birlamchi ko’mak xonalari” tashkil etildi

👥 “Birlamchi ko’mak xonalari” ga ayollar va ularning bolalari 3 sutka davomida birlamchi ruhiy-psixoterapevtik yordam uchun profilaktika inspektori dalolatnomasi yoki “Inson” markazi yo’llanmasi asosida joylashtiriladi.

🖋 Bugungi kun holatiga ko'ra, Navoiy, Xorazm, Jizzax viloyatlarida “Birlamchi ko‘mak xonalari”ga jami 44 nafar fuqaro, ulardan 15 nafari xotin-qizlar, 29 nafari 18 yoshga yetmagan farzandlari qabul qilindi. Ularga tibbiy, psixologik va yuridik yordamlar ko’rsatildi.

☺️ Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar "Ishonch telefoni 1146" ga , “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga, yoki ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.

Ma'lumot uchun: “Birlamchi ko‘mak xonalari” 1-iyundan boshlab Jizzax, Navoiy va Xorazm viloyatlarida, 1-oktyabrdan boshlab Respublika bo’ylab tashkil etiladi.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli fuqarolar!

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan joriy yilning 12-14 iyun kunlari “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida profilaktik ishlab olib borilayotganligi sabab tizimda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Axborot tizimi 15-iyun, shanba kunidan boshlab odatiy rejimda ish yuritadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12-iyun butun dunyoda Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurash kuni.

🎖 Butunjahon mehnat tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda 152 milliondan ortiq voyaga yetmagan bolalar majburiy mehnatga jalb qilingan bo‘lib, ulardan 72 millioni xavfli mehnatga aksariyat hollarda o‘z istagiga qarshi majburan ishlashga majburdirlar.

👫 Bunday bolalar ko‘pincha yolg‘iz qolib, yaqinlari va oilalaridan uzoqda ishlaydilar. Ularga ish vaqtining ortishi va yanada og‘ir sharoitlarda mehnat qilishga duch kelish xavfi juda ham yuqori.

💟 Bugun Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi bolalar huquqlarini himoya qilish va ularning farovonligini ta’minlashga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi. Bolalar mehnati bolalarni baxtli bolalikdan, ta’limdan va kelajagidan mahrum qiladi.

🧠 Barchamiz birgalikda har bir bolaning xavfsiz jamiyatda ulg'ayishi, ularning intilishlarini qo'llab-quvvatlovchi muhitda voyaga yetishiga va rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratishga birdek mas'ulmiz.

🇺🇿 Har bir O‘zbekiston farzandi baxtli bolalik, bilim olish va huquqlari himoyalanishiga ega bo‘lishi kerak.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Agar og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan bo‘lsangiz, "INSON" ijtimoiy xizmatlar markazlari sizning yoningizda.

90 dan ortiq ijtimoiy xizmat va yordamlar, 4800 dan ortiq ijtimoiy xodimlar va 2300 nafar ijtimoiy xodim assistentlari farovon hayotingiz uchun qayg‘urishmoqda.

Markazlar orqali siz tibbiy yordam, psixologik qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy reabilitatsiya, parasportga yo‘llanma olish va ishga joylashishda yordam olishingiz mumkin.

Har qanday murakkab vaziyatda, "INSON" ijtimoiy xizmatlar markazi sizga yordam berishga tayyor.

Batafsil ma'lumot: 1140 qisqa raqamlari
ihma.uz sayti orqali

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Agar og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan bo‘lsangiz, "INSON" ijtimoiy xizmatlar markazlari sizning yoningizda. 90 dan ortiq ijtimoiy xizmat va yordamlar, 4800 dan ortiq ijtimoiy xodimlar va 2300 nafar ijtimoiy xodim assistentlari farovon hayotingiz uchun…
Если вы оказались в трудной жизненной ситуации, центры социальных услуг INSON всегда готовы прийти вам на помощь.

Мы предлагаем свыше 90 видов социальных услуг и помощи, а также более 4800 квалифицированных социальных работников и 2300 ассистентов cоциальных работников заботятся о вашем благополучии.

В этих центрах вы можете получить медицинскую помощь, психологическую поддержку, пройти социальную реабилитацию, получить направление на занятия параспортом и содействие в трудоустройстве.

В любой сложной жизненной ситуации центры социальных услуг INSON всегда готовы оказать вам необходимую поддержку.

Звоните по номеру 1140
или переходите на наш сайт ihma.uz.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🧠"Eng faol ijtimoiy xodim" ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g’oliblari taqdirlandi!

👍Tanlovning dastlabki kuni ijtimoiy xodimlar o‘z mahoratlarini namoyish etishgan bo‘lsa, ikkinchi kuni ijtimoiy xodim assistentlari ijtimoiy ish va keys menejmentga asosidagi faoliyatlarini namoyish qildilar.

🏃 Qizg‘in munozaralarga boy bo'lgan ko‘rik-tanlovda ikkala nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

👍"Eng faol ijtimoiy xodim" nominatsiyasi bo'yicha quyidagi g’oliblar taqdirlandi:

1️⃣-o‘rin
Farg‘ona viloyati, Bag‘dod tumanidan
Xidirov Islomjon Muhitdin o‘g‘li

2️⃣-o‘rin
Toshkent viloyati, Toshkent tumanidan
Xamidullayeva Umida Abdurafovna

3️⃣-o‘rin
Namangan viloyati, Kosonsoy tumanidan
Jabborova Nazokat Abdusamatjon qizi

**

👮‍♂️"Eng faol ijtimoiy xodim assistenti" nominatsiyasi bo'yicha esa quyidagi ijtimoiy xodim assistentlari taqdirlandi:

1️⃣-o‘rin
Farg‘ona viloyati, Qo'shtepa tumanidan
Muxamedova Shaxnozaxon Murodil qizi

2️⃣-o‘rin
Jizzax viloyati, Zarbdor tumanidan
Egamberdiyeva Shaxriniso Eshquvatovna

3️⃣-o‘rin
Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanidan
Zayniyeva Gulrux Eshpulotovna

🧠 Agеntlik dirеktori Mansurbеk Olloyorov ko’rik tanlov g’olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimida ishtirok etdi va barcha tadbir qatnashchilarining kelgusidagi faoliyatlarida omad va zafarlar tiladi.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#IjtimoiyHimoyaBarchaUchun
#anons

Xabaringiz bor, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan protez ortopediya moslamalari va reabilitatsiyaning texnik vositalarini olish tartibining yangi tizimi joriy qilingan edi.

Bugun sizlar bilan agentlik tomonidan yordam ko‘rsatilgan shaxslardan birining ilhomlantiruvchi hikoyasi bilan bo‘lishmoqchimiz. Qahramonimiz yangi plastik texnologiyasi asosida tayyorlangan laynersiz boldir protezini oldi va uning yordamida faol hayot tarziga qaytib, o‘zining sevimli mashg‘uloti bilan shug‘ullanmoqda.

Ushbu videoda u sog‘lig‘ini tiklash yo‘lida boshidan kechirganlarini va yangi protez unga qanday imkoniyatlar berganini quvonch bilan hikoya qiladi.

Agentlik tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar muhtoj shaxslar hayotini ijobiy tomonga o‘zgartirayotganini ko‘rish, kelgusidagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishga va samaradorligini oshirishga turtki bermoqda.

Batafsil video keyingi postda

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#statistika

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan 2024-yil iyun oyi uchun 1 207,4 mingta kam ta’minlangan oilalarga 596 853,3 mln. so‘m miqdoridagi mablag‘lar AT “Xalq banki”ga to‘liq moliyalashtirilib berildi.

👥 O‘z navbatida kam ta’minlangan oila sifatida nafaqa oluvchi 1 118,4 mingta oilalarga (yoki jami oluvchilarning 92,6 foizi) bank kartalari orqali to‘lovlar amalga oshiriladi.

🖋 Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq nafaqa pullarini naqd shaklda oluvchi oilalarga joriy oy to‘lovlari
Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan oyning 27-sanasiga qadar yetkazib berilishini ma’lum qilamiz.

Joriy yilning iyun oyida yangi 143,8 mingta kam ta’minlangan oilalar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi bilan qamrab olindi.
Jumladan, ularnig 135 822 tasiga - bolalar nafaqasi va 7 976 tasiga - moddiy yordam tayinlab berildi.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👨‍🦽 Joriy yilning 20-fevral kuni davlat rahbari raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida byudjet tashkilotlariga 20 ming nafar  banklarga 1 000 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish vazifasi yuklatilgan edi.

🖋 Shundan so‘ng elektron so‘rovnoma asosida xatlov o‘tkazilib, 73 ming nafar davlat tashkilotlarida ishlash istagi bor ishsiz nogironligi bo‘lgan shaxslarning ma'lumotlari shakllantirildi.

🎖 Dastlabki bosqichda vazirlik, idora va hududiy hokimliklardan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun vacancy.argos.uz platformasi orqali 10500 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari uchun ochiq tanlov e'lon qilindi.

👨‍🦯 Hozirda 7,4 ming boʻsh ish oʻrni eʼlonga chiqarilgan boʻlib, 9,7 ming nafar nogironligi boʻlgan shaxs ishtirok etmoqda. Boʻsh ish oʻrinlarining 4,2 mingtasi boʻyicha suhbat jarayoni davom etmoqda.

🏃 Bugungi kun holatiga 1,2 ming nafardan ortiq nogironligi bo'lgan shaxslar suhbatdan o'tib ishga joylashishga yo'naltirilgan.

🇺🇿 Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 525 nafar fuqaroning bandligini ta'minlagan. Davlat idoralari o‘rtasida esa Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (151 nafar), Sport vazirligi (117 nafar), Suv xo‘jaligi vazirligi (88 nafar) va Qishloq xo‘jaligi vazirligi (57 nafar) yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan.

🧠 Hamkorlik tashabbuskori hisoblangan Agentlik tizimida ham 300 nafardan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxslar ish bilan ta'minlangan.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from IHMA Xorazm viloyati (Ajdar o'g'li)