Ijtimoiy himoya milliy agentligi
21.6K subscribers
1.96K photos
551 videos
1.2K links
Download Telegram
🤝 Idoralararo samarali hamkorlik: oilaviy zo‘ravonlik jabrlanuvchilarini himoya qilishning asosiy sharti

🧠 Joriy yilning 28-may kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda "Idoralararo samarali hamkorlik: oilaviy zo‘ravonlik jabrlanuvchilarini himoya qilishning asosiy sharti" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

🫰 Mazkur tadbirda Agentlik rahbariyati va mas’ul xodimlari bilan bir qatorda, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, BMT Taraqqiyot dasturi, BMT Aholishunoslik fondi, BMT Ayollar tuzilmasi vakillari, fuqarolik jamiyati institutlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

👥 Davra suhbatini o‘tkazishdan asosiy maqsad mamlakatda oilaviy zo‘ravonlik jabrlanuvchilarini ijtimoiy himoya qilish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar, qabul qilingan asosiy normativ-huquqiy hujjatlar haqida ma’lumot berish, shuningdek, jabrlanuvchilarni himoya qilishda idoralararo hamkorlikni yo’lga qo’yishga qaratildi.

️ Xususan, Agentlik tomonidan “Tazyiq va zo’ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko’rsatishni takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar - to’g’risida”gi PQ -175 -sonli qarori haqida ma’lumot berildi. Endilikda tazyiq va zo’ravonlikdan jabrlangan shaxslarga “oila-mahalla-tuman va hudud” tamoyili asosida kompleks ijtimoiy xizmatlar ko’rsatiladi. 2024-yil 1-iyundan boshlab “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida ijtimoiy, psixologik va yuridik xizmatlar ko’rsatiladi.

💻 Tadbir davomida fuqarolik jamiyati, NNT vakillari ham xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish bo’yicha ma’lumotlar va taqdimotlari bilan bo’lishishdi.

🧮 Davra suhbati yakunida ishtirokchilar tomonidan ma'muriy reglament loyihasi yuzasidan berilgan taklif-tavsiyalari inobatga olinib, kelgusida ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillashtirishda xizmat qilishi ta’kidlab o’tildi.

Batafsil ma’lumot

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥹 Ijtimoiy himoya milliy agentligi 20 yoshdan 33 yoshgacha bo'lgan fuqarolarni Toshkent shahridagi aloqa markaziga ishga taklif etadi!

O'zbek va rus tillarini biladigan tajribali operatorlarni jamoamizda kutamiz.

Malaka talablari haqida batafsil tanishing, ariza topshiring va safimizga qo‘shiling.

Bog‘lanish uchun raqam:
(90) 188 99 12

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from IHMA Xorazm viloyati (Ajdar o'g'li)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Chegara bilmassan INSON!

🏃 Qahramonimiz Muborak Hamroyeva. Bolaligidan tikuvchilikka qiziqqan. Tirishqoqligi sabab, qunt bilan tikuvchilikning sirlarini o'rganib, bugun insonning imkoniyatlari naqadar chegarasiz ekanligini yana bir bora ko'rsatib bermoqda.

"Boshida qiyin bo'ldi. Lekin doim mustahkam iroda bilan harakatda davom etishim kerakligini sezar edim. O'zimni tikuvchilik sexim bo'lishini juda ko'p orzu qilganman va mana hozir kichik bo'lsa ham tikuvchilik sexim bor, shogirdlarim bor" deydi - Muborak Hamroyeva.

💻 instagram 🎞 youtube
📝 telegram 🎖 www.ihma.uz
📝 facebook

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligining
Xorazm viloyati boshqarmasi matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👫 Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish va tarbiya xizmati ko'rsatiladi

🧠 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan yo‘lga qo‘yilayotgan mazkur xayrli loyiha – Respublika bo‘ylab imkoniyati cheklangan bolalar uchun “Muruvvat" internat uylarida kunduzgi parvarish va tarbiya mobil xizmati yo'lga qo'yildi.

👩‍👩‍👧‍👦 Endilikda, bolalar "Muruvvat" internat uyiga ertalab maxsus transport vositasida olib kelinadi va kunlik reabilitatsion xizmatlar ko'rsatilgach kechga yaqin manzillariga, oila davrasiga qaytariladi.

🇺🇿 Ayni paytda Qashqadaryo viloyatidagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun Qarshi "Muruvvat" bolalar internat uyida mazkur xizmat o‘z ishini boshladi. Yaqin fursatlarda barcha viloyatlarda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ushbu xizmatdan foydalanishlari va o‘z oilasi bag‘ridan ajratilmagan holda reabilitatsion xizmatlarni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | O`zbekistonda ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishning yangi bosqichi
#31may #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
🖋 O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining II-yalpi majlisida "Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to'g'risida"gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda konseptual jihatdan qabul qilindi.

👥 Ta’kidlanganidek, qonun loyihasi bilan bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish faoliyatini bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar, ularning vakolatlari aniq belgilab berilmoqda.

👫 Bunda Ijtimoiy himoya milliy agentligi bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasida vakolatli davlat organi etib belgilangan.

🤝 Shuningdek, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik shakllariga ta’rif berilib, ularni sodir etishni taqiqlash, qonunga binoan ta’qib qilishning huquqiy asoslarini mustahkamlash ko‘zda tutilmoqda. Bolalarning asosiy ehtiyojlari, bolaga g'amxo'rlik ko'rsatilishi kabi kiritilayotgan yangi atamalar ularning ujtimoiy himoyalanishida, huquqlari va eng ustun manfaatlarining ta'minlanishiga xizmat qiladi. Qonun loyihasi bilan yangi tizim— bolalarga himoya orderi berilishi bilan birgalikda ularning himoyalanishi, huquqlari tiklanishiga xizmat qiluvchi yakka tartibdagi himoya rejasi tuzilishi taklif etilmoqda.

⚠️ Himoya orderi Ichki ishlar organlari tomonidan vakolatli davlat organi ishtirokida zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining qonuniy vakiliga yoki bolani o‘z qaramog‘iga olgan boshqa shaxsga hamda zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining o‘ziga beriladi.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👫 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni!

🧠 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi barcha bolalarni bugungi bayrami bilan muborakbod etadi.

👍Har bir bola adolatli huquq va g'amxo'rlikka loyiqdir. Bizning vazifamiz - har bir bola baxtli bo'lib o'sishi, rivojlanishi va orzulariga erisha oladigan dunyoni yaratishdir.

🏃 Bugun va har kuni farzandlarimizni yorug‘ va xavfsiz kelajak bilan ta’minlash uchun mehnat qilishga mas’ulmiz. Axir ular bizning ertangi kunimiz.

👮‍♂️ Hurmatli bolajonlar, har bir orzularingiz, maqsadlaringiz biz uchun qadrli. Biz ularning amalga oshishida ko‘makchi bo‘lishga tayyormiz!

💚 Bayramingiz muborak, aziz bolalar! Har bir kuningiz quvonch va tabassumga to'lsin.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥹 1-iyun - «Xalqaro bolalarni himoya qilish» kuni munosabati bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Toshkent shahri bo‘ylab bir nechta manzillarda bayram tadbirlari tashkil etildi.

💚 Jumladan, Agentlik direktori maslahatchisi Sherzod Askarov Toshkent shahridagi Bolalar uyiga tashrif buyurib, muassadagi bolajonlarni bayram bilan tabrikladi.

👫 Tashrif chog‘ida animatsion ko‘rinishlar va ko‘ngilochar musiqaviy bayram dasturi o‘tkazildi va bolajonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM