Ijtimoiy himoya milliy agentligi
21K subscribers
1.87K photos
511 videos
1.13K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🦿Protez va ortopedik moslamalar hamda reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini qanday olishni bilmayabsizmi?

🖋 Ushbu xizmat Vazirlar mahkamasining 2024-yil 30-aprel kunida qabul qilingan 253-sonli qaroriga muvofiq Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan amalga oshiriladi.

🦻 Ushbu xizmatdan “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali ro’yxatdan o’tib ariza yuborish orqali foydalanish mumkin.

🎬 POM va RTV mahsulotlarini olish haqida batafsil videoda tanishishingiz mumkin.

📝 Telegram 💻 Instagram
📝 Facebook 🎖 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#haftalik_dayjest

Ijtimoiy himoya milliy agentligining hafta davomidagi faoliyati jamlangan qisqa dayjest

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Sirdaryoda ruhiy nosog‘lom ayol masxara qilindi" sarlavha bilan tarqalgan videolavha bo‘yicha quyidagilarni maʼlum qilamiz:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan mazkur holatni o‘rganish uchun tuzilgan ishchi guruh aʼzolari surishtiruvi natijasida maʼlum bo‘lishicha, ushbu videolavha 2024 yilning 26-aprel kuni taxminan soat 17:30dan 18:00lar atrofida Sirdaryo tumani nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar “Muruvvat” internat uyi oshxonasida “Innovation-Outsorsing-Service” MCHJ ishchilari O.Sh. va M.X.lar tomonidan tasvirga olingan. Ular muassasa hududida erkin sayr qilib yurgan S.Ya. ni shifokor, hamshira va kichik tibbiy xodimlar (enaga) ruxsatisiz oshxona binosiga olib kirib, ruhiy holatini bila turib mazax qilishgan. Mazkur olingan videolavha oshxonada ishlovchi xodimlarning Telegram‘dagi guruhiga tashlangan.

Maʼlumot o‘rnida, o‘tkazilgan tender tanlovlari asosida MCHJ tomonidan mazkur “Muruvvat” internat uyiga outsorsing xizmatlari ko‘rsatilib kelinadi. S.Ya. da aqli zaiflikning og‘ir darajasi sababli xulq atvor buzilishi bilan kechuvchi ruhiy holat tez-tez kuzatiladi (yaʼni doimiy ravishda yaqin qarindoshlarini eslab uyimga jo‘nating yoki chaqirib bering deb yig‘lash holatlari yuzaga keladi).

Aniqlangan holat bo‘yicha firma rahbari Iskandar Salimovga o‘z vaqtida xabar berilib chaqirtirildi va ishchi xodimlar yig‘ilib, majlis o‘tkazildi. 2024 yil 17-may kuni mazkur holat yuzasidan tuman IIBga murojaat qilinib, autsorsing xodimlari O.Sh. va M.X.larning xatti-harakatiga O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi” Qonuning 3 va 4-moddalari yuzasidan qonuniy chora ko‘rishlik bo‘yicha murojaat qilingan.

Shundan so‘ng, O.Sh. va M.X.lar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan va ular vazifasidan ozod qilingan. Sirdaryo tumani IIB tomonidan holat yuzasidan surishtiruv ishlari yakunlanib, MCHJ ishchilari O.Sh. va M.X.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining 202/2 moddasi 1-MJTK moddasi 1-qismiga muvofiq, eng kam ish xaqqining 10 barobari miqdorida jarima to‘lash jazosi belgilangan. Shuningdek, “Innovation-Outsorsing-Service” MCHJ firmasi bilan tuzilgan shartnomani bekor qilish uchun firma rahbari Iskandar Salimov nomiga ogohlantirish xati chiqarildi.

Taʼkidlash lozimki, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining huquqlarini himoya qilish, ularga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlarni o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish yuzasidan “Muruvvat” uyi xodimlari o‘rtasida bu kabi holatlarning takrorlanmasligi bo‘yicha tushuntirish ishlari o‘tkazildi.
🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligida Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyoda inson kapitalini rivojlantirish boʻyicha mintaqaviy direktori Mixal Rutkovski boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

👥 Uchrashuvda Agentlik va Jahon banki oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari va ijtimoiy himoya sohasida istiqboldagi rejalar muhokama etildi.

👫 Xususan, ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarga ko'rsatilayotgan parvarish xizmatlari sifatini oshirishga texnik yordam ko'rsatish bo'yicha grant loyihalarini jalb etish, "INSON" IXM loyihasining amalga oshirilish jarayonlari, shuningdek, ijtimoiy sug'urta koʻrsatish xizmatlarini yaxshilash boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

🤝 Tomonlar uchrashuv yakunlari bo'yicha qo'shma loyihalarni amalga oshirish ishlarini faollashtirishda o'zaro ko‘maklashish hamda hamkorlik aloqalarini yanada qo‘llab-quvvatlashga kelishib oldilar.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧠 🍇 Ijtimoiy himoya milliy agentligi va “Uzum Market” milliy marketpleysi bilan muhtoj shaxslarga protez-ortopediya moslamalari (POM) va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari (RTV) bilan ta‘minlash maqsadida Agentlik Uzum Market bilan hamkorlikda yangi tizim ishga tushirilgan edi.

🦽 Ushbu tizim orqali bepul tarzda POM va RTV mahsulotlari yetkazib berilishidan xabardormisiz?

🎬 Batafsil ma’lumot olish uchun videoni tomosha qiling.

🧮 Taqdim etiladigan POM va RTV mahsulotlari ro’yxati

1.Son, boldir, qo‘l va ko‘krak bezi protezlari
2.Apparatlar, tutorlar, korsetlar va bandajlar
3.Murakkab ortoped poyabzal va protezga poyabzal
4.Raqamli eshitish moslamalari
5.Elektr yuritmali kreslo-aravachalar va yurish moslamalari
6.Mexanik kreslo-aravachalar, hassalar va qoʻltiq tayoqlar
7.Ovozli tonometr, termometr va boshqa turdagi moslamalar

Batafsil maʼlumot: 1140

📝 Telegram 💻 Instagram
📝 Facebook 🎖 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🦿🦽 Nogironligi bo‘lgan shaxslarning reabilitatsiya vositalari bilan ta‘minlash tartibi qanday?

📅 23-may (payshanba) soat 17:00 da Sharoit+ podkast loyihasining navbatdagi sonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov va mas'ul mutaxassislar ishtirok etadilar.

Ovozli chatni o‘tkazib yubormaslik uchun shu havolaga kirib: https://t.iss.one/sharoitplus?livestream qo‘ng‘iroqchani bosib qo‘ying!

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧠 🤝 Ijtimoiy himoya milliy agentligida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy byurosi Inson huquqlari bo‘yicha maslahatchisi Byalik Pavlo bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

🧮 Uchrashuvda Agentlik va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy byurosi oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish, qonunchilik hujjatlarini inson huquqlari xalqaro standartlari doirasida tahlil qilish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ijtimoiy xodimlar salohiyatni oshirish bo‘yicha qo'shma tadbirlarni tashkil etish va malakali ekspertlarni jalb etish masalalari ko'rib chiqildi.

🧠 Uchrashuv davomida Agentlikning faoliyat sohalari hamda mamlakatimizda ijtimoiy himoya tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha amalga oshirilayotgan tizimli ishlar xususan nogironlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda mahallalarda faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimlar faoliyati to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.

🤝 O'z navbatida Byalik Pavloda Agentlik faoliyatiga katta qiziqish bildirilgan holda, tomonlar qo'shma loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik aloqalarini o'rnatishga kelishib oldilar.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#statistika

Yagona ijtimoiy reyestrga kiritilgan shaxslar soni necha nafar?


🧠 Bugungi kunda reyestrdagi o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar 18 406 nafar bo‘lib, shundan:
- yolg‘iz yashovchi keksalar – 10 633 nafarni,
- yolg‘iz keksalar – 3 689 nafarni,
- yolg‘iz yashovchi nogironligi bo‘lgan shaxslar – 2 651 nafarni
- yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslar – 1 434 nafarni tashkil etadi.

📅 Joriy yilning yanvar oydan
1-aprel kuniga qadar reestrga
1 529 nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi keksa hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar kiritilgan va 1 883 nafari reyestrdan chiqarilgan.

👨‍🦯Reyestrdagi o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi keksa hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga 2 291 nafar ijtimoiy xodim assistenti biriktirilgan bo‘lib, ularga uyida maishiy xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🦿🦽 Nogironligi bo‘lgan shaxslarning reabilitatsiya vositalari bilan ta‘minlash tartibi qanday?

📅 23-may (payshanba) soat 17:00 da Sharoit+ podkast loyihasining navbatdagi sonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov va mas'ul mutaxassislar ishtirok etadilar.

Ovozli chatni o‘tkazib yubormaslik uchun shu havolaga kirib: https://t.iss.one/sharoitplus?livestream qo‘ng‘iroqchani bosib qo‘ying!

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Haftaning eng muhim va dolzarb mavzulari yuzasidan “Siyosiy maʼrifat soati” doirasida xodimlar ishtirokida navbatdagi “Maʼnaviyat soati” tashkil etildi

📅 Dastlab, joriy hafta doirasida yurtimiz va xorijda roʻy bergan ahamiyatga molik voqealar, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda 17-may kuni davlatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim tomonidan imzolangan Oʻzbekiston -Malayziya oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirish qoʻshma bayoti yuzasidan maʼlumot tinglandi.

Tadbirda Agentlikning Xalqaro aloqalar, reyting va investitsiya boshqarmasi tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi delegatsiyasining Xitoy Xalq Demokratik Respublikasi ishchi tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlar va oʻzaro hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari yuzasidan taqdimot qilindi.

Shu bilan birgalikda, Agentlikning Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlimi tomonidan xodimlar bilan ishlash yoʻnalishini takomillashtirish, jarayonlarni raqamlashtirish boʻyicha maʼlumot taqdim etildi.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM