Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
6.39K subscribers
10.6K photos
747 videos
138 files
3.2K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#Xalqaro_forum
#Workshop
Mavzu: "Ta'lim jarayonini strategik rejalashtirish"

"Yangi O'zbekiston ta'limi: islohotlar yo'lida muvaffaqiyatli hamkorlik" mavzusidagi xalqaro forum doirasida seminar-treninglar boshlandi!

🔸15-noyabr kuni O'zbekistonga yetib kelgan Germaniyaning TUM International tashkiloti delegatsiyasi bilan hamkorlikda “Yangi O‘zbekiston” Universitetida universitet xodimlari va pedagog-kadrlar uchun seminar-trening (Workshop) tashkil etildi.

✔️Unda TUM International Strategiya va amaliyot bo‘limi boshlig‘i Jana Legtenborg, loyiha menejerlari Katrin Rixter va Aleksandr Turnvald va oliygoh rahbariyati boshchiligida universitet ta'lim jarayonini strategik rejalashtirish, ilmiy yo‘nalish va g‘oyalar bilan ishlash masalalari muhokama qilindi.

📎 Forum doirasida seminar-treninglar davom etadi...

Forum ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram: piimauz
Facebook: piima.uz
Savollaringizni @eduforum_bot orqali yo’llang!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_forum

📣📣Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan 24-25-noyabr kunlari “Yangi O‘zbekiston ta'limi: islohotlar yo‘lida muvaffaqiyatli hamkorlik” mavzusida xalqaro forum tashkil etilmoqda!

Mazkur forumdan ko‘zlangan maqsad:
🔸xorijiy davlatlar vakillarini O‘zbekistondagi ta'lim islohotlari bilan tanishtirish;
🔸zamonaviy ta'lim tizimini rivojlantirishning xorij tajribasini joriy etish;
🔸nufuzli
xalqaro tashkilotlar bilan tajriba almashishdan iborat.

⚡️Forumga Yevropa, Amerika, Osiyo qit'alaridan ta'lim sohasining 100 dan ortiq yetuk mutaxassislari, o‘z yo‘nalishida jahonning eng nufuzli ta'lim dargohlari rahbarlari va jahon OTMlari reytingini baholovchi Times Higher Education tashkiloti ishtirok etishi kutilmoqda.

Forum ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram: piimauz
Facebook: piima.uz
Savollaringizni @eduforum_bot orqali yo’llang!
#Xalqaro_forum

⚡️“Yangi O‘zbekiston ta’limi: islohotlar yo‘lida muvaffaqiyatli hamkorlik”
xalqaro ta’lim forumi boshlandi!

Bugun 2021-yil 24-noyabr kuni Toshkent shahri Xalqaro anjumanlar saroyida ta’lim sohasidagi eng dolzarb masalalarni hal qilishni maqsad qilgan “Yangi O‘zbekiston ta’limi: islohotlar yo‘lida muvaffaqiyatli hamkorlik” deb nomlangan xalqaro ta’lim forumi o‘z ishini boshladi.

Anjumanlar saroyining ko‘rgazmalar zalida Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Prezident,ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar tomonidan tashkil etilgan loyiha va taqdimotlar namoyishi o‘tkazildi.

👉Bizni jonli efirda kuzating.
#Xalqaro_forum

⚡️"Yangi O‘zbekiston ta’limi: islohotlar yo‘lida muvaffaqiyatli hamkorlik” xalqaro ta’lim forumi davom etmoqda.

“Yangi O‘zbekiston ta’limi: islohotlar yo‘lida muvaffaqiyatli hamkorlik” ta’lim forumi avvalida Prezident tabrigi o‘qib eshittirildi.

Tabrikni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fan, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi Abdujabbor Abduvahitov o‘qib berdi.

🔸O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev: "Ta'lim yurtimizdagi islohotlarning markazida turadi. Mazkur forum esa bu yo‘lda qo‘yilgan muvaffaqiyatli qadamlardan biridir".

🔸Agentlik direktori Hilola Umarova: "21-asr yoshlarini tarbiyalashda milliy qadriyatlarga suyanish va zamonaviy ilm-fan hamda texnologiyalarni integratsiya qilish alohida ahamiyatga ega. Bugungi forum ta'lim sohasidagi xalqaro kuchaytirish va xorijiy tajribalarni ta'lim sohasiga jalb etishga xizmat qiladi".
Forwarded from Hilola Umarova
#Xalqaro_forum
#Ikkinchi_kun

🔴Xalqaro ta’lim forumining ikkinchi kuni amaliyotga bag’ishlanib, unda maktabda faoliyat yuritadigan pedagog-kadrlar uchun yalpi majlis hamda mahorat darslari tashkil etildi.

🔸Yalpi majlisda STEM fanlarini juftlikda o’qitish, shuningdek ingliz tili bo’yicha xalqaro sertifikat imtihonlari haqida so'z yuritildi va shu yo’nalish bo’yicha kelajakdagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.