Abu Ali ibn Sino maktabi
3.73K subscribers
5.2K photos
752 videos
270 files
965 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
Download Telegram
#Ochiq_dars

📌 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida bilogiya fanidan ochiq dars bo'lib o'tdi

⚜️ Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi
biologiya fani o'qituvchisi Mirxonova Zilola Panoyevna tomonidan "Yurak qon tomir kasalliklari va ularni oldini olish " mavzusida 8- B sinf o'quvchilari bilan birgalikda ochiq dars tashkil etildi.

⚜️ Dars integratsiyalashgan holda bo'lib o'tdi. Dars davomida o'quvchilar o'zlari tanlagan kasbiga oid kerakli ma'lumotlar olishdi hamda fan yuzasidan o'rganilgan nazariyalarni amaliyotda sinab ko'rishdi.

👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagramm | veb-sayt | telegramm
#ochiq_dars

📌 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida ochiq dars bo'lib o'tdi

♻️ Ochiq dars 8-sinf o'quvchilari uchun biologiya fani o'qituvchisi Ramazonov Sherbek tomonidan "Vitaminlar.Vitaminlarning moddalar almashinuvidagi roli" mavzusida o'tkazildi.

♻️ Bunda o'quvchilar kundalik iste'mol qiladigan ozuqa mahsulotlarida qanday vitaminlar borligi, ulardan yetarli miqdorda foydalanish, qanday tartibda ishlatilsa oziq-ovqatlarda vitaminlar ko'proq saqlab qolinishi, shuningdek vitamin yetishmasligi oqibatida kelib chiqadigan kasalliklar va ularni oldini olish choralari haqida tushunchaga ega bo'lishdi.

♻️ Darsda "BBB" texnologiyasi, "Matbuot anjumani", "Raqibni sinaymiz", "Guruhlarda munozara" kabi metodlardan foydalanildi.

☯️ Dars jarayoni o'quvchilar va tahlil uchun kirgan o'qituvchilarda katta taassurot qoldirdi.

👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagramm | veb-sayt | telegramm | facebook
#ochiq_dars

📣 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida 8-"B" sinf o'quvchilari bilan ingliz tili fanidan "Life in the future. What will you put in your time capsule?" mavzusida ingliz tili fani o'qituvchisi Nilufar Nosirova tomonidan ochiq dars tashkil etildi.

🔻Darsda o'quvchilarni mustaqil fikrlashlari va til o'rganish ko'nikmalarini rivojlantirish uchun:
jigsaw puzzle;
matching words texnologiyalardan hamda write the letter for the future usulidan foydalanildi.

📌 O'quvchilarni qiziqtirish maqsadida maxsus kapsulaga (Time Capsule) kelajakka maktub yozib berkitishdi va uni maktab bitirish yilida ochib erishilgan va qilinmagan ishlarini tahlil qilish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram| veb-sayt | telegram |facebook
#ochiq_dars
#matematika

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda matematika fanidan "Matematikaning fanlar aro integratsiyasi" mavzusida ochiq dars bo‘lib o‘tdi.

📈 8-sinf o'quvchilari uchun matematika fan o‘qituvchilari Qalandarova Nazokat, Zakirova Nozima va Qodirova Dilfuzalar o‘zlarining bir nechta qiziqarli metodlari va o‘yinlari bilan ochiq dars tashkil etishdi.

✔️ Darsda "Xotira mashqi","Bilim bilan boy bo‘lamiz!","Maths muzik "," O‘yla, izla, top","Damino" va yana bir qancha metodlardan foydalanildi. Dars mazmunli va qiziqarli tarzda o‘tkazildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram| veb-sayt | telegram |facebook