I.Yusupov atındaǵı dóretiwshilik mektebi 🏢
2.07K subscribers
16.3K photos
2.4K videos
172 files
7.04K links
Instagram: https://www.instagram.com/i.yusupov_mektebi?igsh=anYyM3FteDZhcGRq

Telegram: https://t.iss.one/i_yusupov_mektebi

Mektep direktorı: https://t.iss.one/Ruslantashimov3110

☎️Baylanıs ushın: (361) 223-20-24
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tańlawǵa

🏢 I.Yusupov atındaǵı dóretiwshilik mektebi

📌 Hamid Olimjan hám Zulfiya atındaǵı dóretiwshilik mektebi tárepinen belgili shayır Zulfiya Israilova tuwılǵanına 110 jıl tolıw tolıw múnásibeti menen járiyalanǵan “Zulfiya - vafo timsoli” atamasındaǵı Respublikalıq dóretiwshilik jumıslar tańlawına tayarlanǵan videorolik.

🎙Oqıǵan: mektebimizdiń 9-b klass oqıwshısı Sharapatdinova Ayjamal

📱 Website |📱 Telegram | 📱 Instagram |📱 YouTube |📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14😍1172🔥21💯1
#TAŃLAWǴA
#TANLOVGA

IBROYIM YUSUPOV xotirasiga bag'ishlanadi

O'z shoirin qo'msar Azat tog'lari,
Yurakda yechilmas faqat bir tugun.
Barcha shod-u, lek bu shodlik chog'lari,
She'rlar Ibroyimin izlaydi bugun!

"Qadrdon so'qmoqlar", qadrdon havo,
Qoraqalpoq eli aylaydi navo,
O'zin yot kimsaga ko'rmayin ravo,
She'rlar Ibroyimin izlaydi bugun!

Qirg'og'in axtargan to'lqin bo'lib goh,
Suvsiragan guldek so'lg'in bo'lib goh,
O'zga satrlardan quvg'in bo'lib goh
She'rlar Ibroyimin izlaydi bugun!

"Bu qanday ko'rgulik, nadomat?"-deya
"Qani o'sha iliq harorat?"-deya,
"Hayot izlashlardan iborat",-deya,
She'rlar Ibroyimin izlaydi bugun!

Qalbimda u uchun necha ming so'roq,
Qalam olay desam, qo'limda titroq,
Men balki yozarman ertaga, biroq
She'rlar Ibroyimin izlaydi bugun!


✍️ Namangan walayatı Úshqorǵan rayonı Qánigelestirilgen mektebiniń 9-klass oqıwshısı Muazzam Nabijonova

Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
🔥14👍5👏1
#TAŃLAWǴA
#TANLOVGA

YOʻLDA...

Ibroyim Yusupovga...

"Turnalar" uchmoqda she'riy samoda,
Hali ham qaynaydi "Mangu buloqlar"
Qalblarda bir umr yashar she'ringiz,
Yurakda tinmaydi uloqlar,
Uloqlar,
Uloqlar,
Nazmiy uloqlar...

Koʻngilda satrlar gullaydi hanuz,
Imdodlar,
Faryodlar toʻkilar oqqa.
"Qadrdon soʻqmoqlar" oralab dilim,
Ketmoqda,
Ketmoqda Qoraqalpoqqa !..

Sahifa oralab tugʻilar orzu,
Koʻngilda yashaydi "Qiriq qiz"
"Dala armonlarin" bagʻrimga bosib,
Ketyapman turnalar bilan izma- iz.

Na boʻlar bir bora bahor boʻlolsam,
Koʻnglimni chaysam "Mangu buloq"da,
Men pok koʻngillar ahtarguvchi zot,
Topaman,
topaman,
QORAQALPOQDA !..

Azat qishlogʻida bordir tirik soʻz,
Tirik qoʻshiqlarni kuylar "Qora tol".
Shoirlar nekbini,
Shoirlar sheri -
Ibrayim ogʻa meni kutib ol.

She'rparas koʻnglim ketmoqda asta,
"Qadrdon soʻqmoqlar" oralab...

✍️ Muhammad Yusuf atındaǵı dóretiwshilik mektebiniń 9-klass oqıwshısı Mehriddin Sobirjonov .

Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
🔥8👍5🥰2
#TAŃLAWǴA
#TANLOVGA

Sevgi bilan yozilgan bu she’r,
Ming qalblarni eritdi bir zum.
Gulni jon qilib bizlarga bugun,
Go’zal qalblar sayraydi bu tun.

Uning she'rini topgan har shoir,
O’ylarkan men emas u ekan ulug’.
Faxr bilan keling aytaylik bugun,
Ibrohim Yusupov taniqli yulduz.

Matonat bilan turib yo’lida,
Izlandi, o’ylandi jonga jon berib.
Moskva qolmadi, Kiyev ham chetda,
Ma’daniyat bilan qalblarga kirdi.

Yozgan she’rlari yurakda doim,
Qora tol,Turnalar, Mangu buloqlar.
Barchasi tillarda bo’lgan dostonlar,
Ibrohim yusupov bugunki yulduz.

Charchamas yonishdan bizning oyimiz,
Ilmli yurtimiz yoritar har zum.
Xohlaymiz ko’rishni, suhbat qilshni,
Qoraqalpoq elining shox shoirini.

Hayratga qoldirgan barcha sherlari,
Shubhaga soldirib,gumonda qoyib.
Kurashdi yo’l yurib bizni boy qilib,
Gazeta qolmadi, daftarlar to’ldi.

Мне не важно он где живёт,
Сейчас нуждаюсь только стихами.
Скучаю и ищу книгах его,
Иброхим Юсупов всегда петёр.

Часто с понимаю его портрет,
Он такой скромный и может так силён.
Я сама не знаю что я хочу,
Хочу бесконечно был его стих.

✍️ Buxara walayatı Vobkent rayonı Qánigelestirilgen mektebiniń 11-klass oqıwshısı Mardonova Munisa

📱 Website |📱 Telegram | 📱 Instagram |📱 YouTube |📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4711👍8🥰4🤩3💯3👏2🎉2🕊21🤝1
#TAŃLAWǴA
#TANLOVGA

Still Echoes Under Endless Skies

(In Memory of Ibrohim Yusupov)

From Chimboy’s golden, storied land,
A poet rose with truth in hand.
His pen, a mirror of the soul,
With love and courage made us whole.

He sang of earth, of dreams, of pain,
Of every tear, of loss, of gain.
In every line — a nation’s pride,
With honor walking by his side.

His voice — a flame that never dies,
Still echoes under endless skies.
Through verses bold, through wisdom deep,
He taught the silent heart to weep.

At dawn, his words begin to bloom,
A whisper soft in morning’s gloom.
Like winds that dance through pages worn,
His thoughts — anew — are gently born.

Each stanza wakes with light divine,
The homeland’s breath in every line.
It leads us back to Chimboy’s soul,
Where ancient tales and hopes unroll.

He dreamed like "To‘maris" fierce and free,
A queen of strength and destiny.
He wept through "Dala armoni"s song,
Where sorrow’s roots had grown so long.

Then flowed the "Yangi Jayhun" bright,
A river clothed in freedom’s light.
His words became our guiding flame,
A nation's soul, a sacred name.

Still echoes rise beneath the skies,
For Ibrohim’s bold spirit flies.
A voice of love, both proud and true —
He lives in me, in me and you.


✍️ Ibragimova Mashhura, The creativity school named after Agahi

👉 Ózbek tilindegi awdarmasın oqıw 👈

📱 Website |📱 Telegram | 📱 Instagram |📱 YouTube |📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏14🔥4👍31
#TAŃLAWǴA
#TANLOVGA

"When I Spoke with Ibroyim"


I met a man of silent flame,
Ibroyim Yusup was his name.
With eyes that held a thousand years,
He spoke of hope, he spoke of tears.

He said, “This land is not just ground,
It sings in silence, speaks profound.
Each tree, each stone, each grain of sand,
Knows well the soul of this proud land.”

I listened close, my heart stood still,
As mountains echoed with his will.
“Defend your tongue,” he softly cried,
“For in its sound, our truths abide.”

He walked the path that poets tread,
With verses where the past had bled.
And in his voice, I felt the fight—
For justice, dignity, and right.

Now when I write, I hear his tone—
A guide when I stand all alone.
His spirit walks where free hearts sing,
Ibroyim lives in everything.

✍️ Erkin Vohidov atındaǵı dóretiwshilik mektebi 8-A klass oqıwshısı Abdulhafizova Ummugulsum

📱 Website |📱 Telegram | 📱 Instagram |📱 YouTube |📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍205🔥411👏1🤝1
#TAŃLAWǴA
#TANLOVGA

✍️ Bu dunyo.

Bu dunyo besh kunlik, yolg‘onchi demak,
Avvalgilar aytgan so‘zinda bordir.
“Oshiqadi bizdan qolgancha” demak,
Bevafolik kulgan yuzinda bordir.

Har kimning ko‘nglida bir dard yashirin,
Qiyofa kulsa ham, ichra bor armon.
Ba’zida g‘amlarning tutamiz boshin ,
Ba’zida yolg‘izlik — eng yaxshi
darmon

Ohangda g‘ubor bor, so‘zlarda mayus,
Ko‘zlardan oqadi pinhona satr
Hayot — bir ko‘zgudek, sinadi har tus,
Lekin har singanda ko‘payar asir.

Ko‘z ochamiz, yana aldaydi bu vaqt,
Har lahzada yashnar hijrondek savdo.
Guldek ochiliboq so‘namiz faqat,
Hayot bu qirollik, biz esa gado.

Ko‘ngil izlar sado, topolmay baxtin,
Tunlar yutib ketar tonglar quvonchin,
Yurak har zarbada buzadi taxtin ,
Sukunat izlaydi odam ishonchin.

Ko‘ngil uzra yursa g‘amlar soyasi,
Yurak dog‘in yuvmas daryo ham, qahat
Biroq , hayot berar o'zi chorasin
Umid degan bir nur o‘chmasa faqat

✍️ Erkin Vohidov atındaǵı dóretiwshilik mektebi 8-A klass oqıwshısı Ahmadjonov Аsliddin

📱 Website |📱 Telegram | 📱 Instagram |📱 YouTube |📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍102🔥21
#TAŃLAWǴA
#TANLOVGA

Ibroiyim Yusupov


Sen tutgan qalamda bor edi bir kuch,
Satringda uyg'ongan dardlarga ovunch.
Oshkora so'z aytib, yurakni tilding,
Zulmga bo'ysunmas bo'ldi hayoting.

Qora tol ostida uyg'ondi g'oya,
Sen tiklagan so'zlar elga kifoya.
Shoirlar yurakka tugdi orzuni,
Sen esa dunyoga ulashding uni.

Turnalar uchardi, sen izlab yozding,
Orzuni, umidni dostonlab yozding.
Yurt degan nom bilan so'z ochib berding,
Insonlar qalbiga solib iymonni.

Ijod havosida topdik mehrni,
Ko'z yoshlar ma'nosi vatan qadrini .
Yuzida tabassum, qalbi yig'lagan,
Xalq qayg'usida kuygan ko'nglini.

✍️ Erkin Vohidov atındaǵı dóretiwshilik mektebi 8-A klass oqıwshısı Yoʼldoshalieva Zuxraxon

📱 Website |📱 Telegram | 📱 Instagram |📱 YouTube |📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9💯31🔥1
#TAŃLAWǴA
#TANLOVGA

Vatanim deb boshlagan ilk bor
El orzusin, xalq armoni, dardu hasrati
Millat uchun kurashdi har vaqt
She'rlarida yashardi bejirim surat

Qoraqalpoq va o'zbek- ikki tilda bir
Barcha dardga malham har so'zi
Har bir satri yuraklarda izlar qoldirar
Tilga - mehr, elga - faxr, nur sochgan edi

Shoir o'tdi -iz qoldi, so'z qoldi dilda
Yulduz kabi porlagan qalbi tilida
Chimboy tuprog'idan oqqan bu daryo
Elning yuragida boqiy bir ziyo

✍️ Erkin Vohidov atındaǵı dóretiwshilik mektebi 8-A klass oqıwshısı Abdurahimov Rafiqjon

📱 Website |📱 Telegram | 📱 Instagram |📱 YouTube |📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍101
#TAŃLAWǴA
#TANLOVGA

✍️ Ibroyim Yusupov

Kamtarlik, halollik, sózda rostlik bor,
Ijodi dillarga quvvat, nur berar,
Har bir misrasiga buyuk so'zlar yor,
Ezgulik urug'in qalblarga sochar.

Qalam tutgan qo'li haqqa yo'l doim,
To'g'ri yo'lga boshlar she'rlari bizni,
Yodlarga qadaldi buyuk Ibroyim
Umrbod eslaymiz xotirangizni

Sheriyat ahlining o'chmas chirog'i.
Yozgan sherlarining yo'qdur adog'i
Ijod daryosida suzishni bildi
Chinlikni istagan ma'rifat bóldi.

✍️ Erkin Vohidov atındaǵı dóretiwshilik mektebi 8-A klass oqıwshısı Jabborova Dilraboxon

📱 Website |📱 Telegram | 📱 Instagram |📱 YouTube |📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥3👏1
#TAŃLAWǴA
#TANLOVGA

✍️ “Shoirga Bag’ishlov”

Qoraqalpoq - eli, yuragi dashti,
So'z sehri bilan qalbga yo'l topdi, o'sdi.
She'riyat bog'i - uning qalb parchasi,
Quyoshdek har on, dillarga yorug'lik sochdi.

Orolning dardini qalamga ilmoq qildi,
Elining g'amini yurakda tuyib, bilmoq qildi.
Har misra - hayot yo'li, o'nqir-cho'nqir yo'llar,
O'qigan qalbni o'ziga chorladi, dilga tushdi gullar.

U - erksevar, mard, vatanparvar ruh edi,
Xalqining baxti - uning yagona o'yi edi.
So'zlari - o'qdek, nishoni - nurli dunyo,
Zulmatga qarshi kurashda topdi najot, shifo.

Ibrohim Yusupov - xotirada mangu,
Nomi doim porlar, dilimizda u - yulduz.
She'rlaring - meros, avlodlarga yo'ldoshdir,
Siz bilan faxrimiz, bu olamga boshdir.

So'ngi nafasigacha she'riyatga sodiq qoldi,
So'zlarida haqiqat, dilda umid bor edi.
Uning she'rlari - bizga abadiy yo'ldosh,
Uning nomi - yuragimizda abadiy quyosh.

✍️ Buxara rayonı qánigelestirilgen mektebi 6-green klass oqıwshısı Rizoqulova Parvina

📱 Website |📱 Telegram | 📱 Instagram |📱 YouTube |📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13👍73🥰3👏1
#TAŃLAWǴA
#TANLOVGA

✍️ "Ibroyim Yusupovga bag'ishlov"

I lhom shamollari esib har yoqda,
B aralla silkitdi daraxt shoxini.
R uhiyat titrog‘in titratib tog‘da,
O lib quva ketdi chopar otini.
Y aramas, nokasdin to‘lganda olam,
I ntiqomin oldi, eshitmay nolam.
M usavvirlar chizib turganda surat,
Y urtin madh etishga bel bog‘lab jur’at.
U zoqlarni o‘ylab tuzdi uyum ba’d,
S evgi tug‘yoniga qo‘shilib alam.
U l his tark etmasdan abadul-abad,
P okiza qalbla tushdi qog‘ozga qalam.
O z satrlar kirib ko‘ngil tubiga,
V a’z etdi barchamizni oqil-yaxshiga.
G ar bo‘ysunmasa ham notavonlarkim,
A qlga lol qoldi bu ona yurtim.
B archasidin kechdi bizni deb botir,
A hvolimizni deb chekib g‘am-ozor.
G‘ animat sanadi bu vaqtdan, oxir,
I lm urug‘lari sepib har gulzor.
Sh armanda aylama, ey falak gardish,
L olazorlar ichra yo‘qolgan gulni.
O ta-onasidan ayrilgan qamish,
V asiyqasi chiqib teng ko‘rar kulni..

✍️ Buxara Prezident mektebi 7-green klass oqıwshısı Jo'rayev Qilich

📱 Website |📱 Telegram | 📱 Instagram |📱 YouTube |📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥4🤩3
#TAŃLAWǴA
#TANLOVGA

✍️ "Ibroyim Yusupovga bag'ishlov"

Shoir yuragida jo‘sh urar ilhom,
So‘zlari yurakda uyg‘otar armon.
Qalamda jilolanar g‘am-u xursandlik,
Ibrohim Yusupov — toza, beg‘uborlik.

Shoir tilidan oqadi nur, mehr,
Har satri qalbimga soladi zeh.
Dardimni anglagan she’ringda davo,
So‘zingda yashnagan orzu va savdo.

Vatan deb yozganing quvvat berdi menga,
She’rlaring kuch bo‘ldi qiyin kezlarda.
Ko‘z oldimda turibdi o‘sha satrlar,
Yuragimda yonib turgan yulduzlar.

Sening merosing — bizga bir yo‘ldosh,
Unutilmas asar — nurli serzavq bosh.
Sen yozgan hayotdan olamiz saboq,
Shoirga bo‘lgan hurmatim beg‘am, ravon.

Shoir, sen mangusan yuragimizda,
Ijoding yashaydi avlod tilida.
Rahmat senga, usta, ilhoming uchun,
Sen bilan ruhimga kiradi kuchim.

✍️ Buxara rayonı qánigelestirilgen mektebi 6-green klass oqıwshısı Saimova Layloxon

📱 Website |📱 Telegram | 📱 Instagram |📱 YouTube |📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21👍9🔥54🏆4🥰2👏2🤝21👌1💯1
#TAŃLAWǴA
#TANLOVGA

✍️ Ey Qoraqalpoq
(Ibroyim Yusupovga bagʻishlov)

Xotirlaymiz shu fursatlarda,
Qalpoq qora, koʻngil doim oq.
Qondosh elim, qadron elim,
Qardosh elim, ey Qoraqalpoq.

Sendan gurkiragan shunday shox,
U intilib goʻzal gul ochgan.
Sheʼrlaridan ziyo, nur olib,
Qoraqalpoq elimga sochgan.

Tingla soʻzim, ey Qoraqalpoq,
Sening qancha shoirlaring bor?
Sheʼrlarini senga bagʻishlar,
Ibroyimning ruhi senga yor.

Oʻchmaydi u tarixda mangu,
Mashhur oʻsha, "Qadrdon soʻqmoq"
Ibroyiming yozgan sheʼrlari,
Senga sharaf, ey Qoraqalpoq!

✍️ Ferǵana walayatı Erkin Vohidov atındaǵı dóretiwshilik mektebiniń 7-klass oqıwshısı Davlatova Farangiz.

📱 Website |📱 Telegram | 📱 Instagram |📱 YouTube |📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍83🤩2
#TAŃLAWǴA
#TANLOVGA

Shoir Ibroyim Yusupov xotirasiga bag‘ishlanadi

Sizning haqqingizga duolar o'qib,
Ruhingiz shod qilish bizgadir sharaf.
Yozgan she'rlaringiz yod olib hamma,
Dong'i-yu dostoni ketmish har taraf.

Bobo, sizga o'xshagim kelar,
Ilhomning manbayi barcha she'ringiz.
Nomingiz ardoqlab, ardog'lab bizlar
Javonning eng to'rida yeringiz.

Har satri hikmatga, ma'noga to'la,
Hayot haqiqati aks etgan unda.
She’r bahsi, so'z sehri, joziba bordir,
Biz esa yod olib to'ymaymiz bunda.

Bobo, sizga chindan mehrim bo'lakcha,
O'zga olamlardan keganmisiz yo.
Katta ijodingiz merosga jamlab,
Avlodlar o'qisin deganmisiz yo.

Baxtli yoshligimni yashayotgan men,
Garduni charx urgan o'zbek qiziman,
Kitoblarin qo'limdan qo'ymay
Ibroyim Yusupovning asl qiziman.

✍️Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani Ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchi Yusufjonova O‘g‘ilxon

Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
52🔥2🤩2🥰1😍1🏆1
#TAŃLAWǴA
#TANLOVGA

“Izlanish” she’riga nazira

Naql bor: “Izlasang — toparsan” degan,
Yurakni to‘ldirgan satr-u harfdir bu.
Har qadamim — bir savol, har nafasim — iz,
Ko‘nglimni to‘ldirar sokin iztirob.

Izlayman ba’zan ko‘chalar kezib,
Yuzlardan izlayman sokin nigohni.
Ba’zan esa yulduzlarga tikilib,
Kechalardan so‘rayman so‘nggi panohni.

Izlayman har tongda yo‘qotganimni,
Ko‘zlarimda qolgan bir nursiz ruxsor.
Har bir qush parvoziga intilaman,
Lekin bu olamda nomaʼlum yoʻl bor.

Ovchi yuragimdir, so‘z — men uchun o‘q,
Har bir she’r manzili — noma’lum yurtlar.
Har fikr — bir o‘rmon, har ohang — jilg‘a,
Izlab yuribmanu — hayot so‘rilar.

Aslo to‘xtamayman, izlab boraman,
Savol berib osmon, tuproq, daryoga.
Topmasam ham bas, jumboqning o‘zi,
Menga berar kuch, yashashga saboq.

✍️ Kuziboyeva Shohruza, Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi

Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
👍81
#TAŃLAWǴA
#TANLOVGA

IBROYIM YUSUPOV xotirasiga bag'ishlanadi

O'z shoirin qo'msar Azat tog'lari,
Yurakda yechilmas faqat bir tugun.
Barcha shod-u, lek bu shodlik chog'lari,
She'rlar Ibroyimin izlaydi bugun!

"Qadrdon so'qmoqlar", qadrdon havo,
Qoraqalpoq eli aylaydi navo,
O'zin yot kimsaga ko'rmayin ravo,
She'rlar Ibroyimin izlaydi bugun!

Qirg'og'in axtargan to'lqin bo'lib goh,
Suvsiragan guldek so'lg'in bo'lib goh,
O'zga satrlardan quvg'in bo'lib goh
She'rlar Ibroyimin izlaydi bugun!

"Bu qanday ko'rgulik, nadomat?"-deya
"Qani o'sha iliq harorat?"-deya,
"Hayot izlashlardan iborat",-deya,
She'rlar Ibroyimin izlaydi bugun!

Qalbimda u uchun necha ming so'roq,
Qalam olay desam, qo'limda titroq,
Men balki yozarman ertaga, biroq
She'rlar Ibroyimin izlaydi bugun!


✍️ Namangan walayatı Úshqorǵan rayonı Qánigelestirilgen mektebiniń 9-klass oqıwshısı Muazzam Nabijonova

Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
👏9👍4
#TAŃLAWǴA
#TANLOVGA

Ibroyim Yusupovga bagʻishlov

Sizni yodga olish uchun men,
Qoʻlga oldim qora qalamni.
Yozay desam dardlaringiz koʻp,
Yuragingiz toʻla alamni.

Oilangizni boqish uchun siz,
Ishladingiz qora mehnatda.
Porladi-ku, yoʻlingiz birdan,
Oy boʻldingiz koʻkda, sanʼatda.

Uygʻotguvchi bitta sheʼr uchun,
Bir qafasga soldilar sizni.
Tortib oldi sizni bizlardan,
Shu yoʻsinda oʻchirdi izni.

Ular shuncha qilishsa ham saʼy,
Yoʻq qilolmas avlodingizni.
Bizdek yoshlar davom qilarmiz,
Sizning yuksak ijodingizni.

✍️ Maʼmurova Mubinabonu
🏢 Erkin Vohidov atındaǵı dóretiwshilik mektebi 7-klass oqıwshısı.

Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
👍11👏3
#TAŃLAWǴA
#TANLOVGA

Bağishlov

(Ibroyim Yusupov xotirasiga)

Bõzatov elidan kelar bir sado,
Hayhot hayqiradi Chimboy arsloni.
Tanish sõqmoqlar ham tinmay chorlaydi,
Bu chorlov uyğotar ahli dunyoni.

Qadrdon davraga chorlar qardoshim,
Bir yerga jam aylar Alp avlodlarin.
Berdaqdan kuylangan kuy-u navolar,
Mustahkam aylaydi shoir yodlarin.

Oq Mashukning kokillari õriq-õriq,
Alpomishdan meros qolgan tulpor tõriq.
Shoir uchun atalgan bu otashnamo,
Elburs qadar dil yugurar olmay yõriq.

Shoirga bir dilnomayi,tilnomadur bu,
Alasarning qanotida borar maktub.
Azal dõsti Orifiydan bormish unga,
Dilrozlarni,ehtirosni oling kutib.

Bobo elga mehrigiyo bağrin ochib,
Uluğ yõlda dilda mustahkam matlabi.
Qabul eting ehtirom-u izzat ila,
Ey Ibroyim Yusupov ijod maktabi.

✍️ Abdulla Oripov atındaǵı dóretiwshilik mektebi 9-klass oqıwshısı. Uroqova Malikabonu

Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
👍54
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tańlawǵa

🏢 I.Yusupov atındaǵı dóretiwshilik mektebi

📌 Hamid Olimjan hám Zulfiya atındaǵı dóretiwshilik mektebi tárepinen belgili shayır Zulfiya Israilova tuwılǵanına 110 jıl tolıw tolıw múnásibeti menen járiyalanǵan “Zulfiya - vafo timsoli” atamasındaǵı Respublikalıq dóretiwshilik jumıslar tańlawına tayarlanǵan videorolik.

🎙Oqıǵan: mektebimizdiń 9-b klass oqıwshısı Sharapatdinova Ayjamal

✔️ Maǵlıwmat ushın: bul videorolik tańlawda 2-orındı iyelewge miyassar boldı.

📱 Website |📱 Telegram | 📱 Instagram |📱 YouTube |📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍106