I.Yusupov atındaǵı dóretiwshilik mektebi 🏢
1.61K subscribers
13K photos
2.18K videos
170 files
5.85K links
Instagram: https://www.instagram.com/i.yusupov_mektebi?igsh=anYyM3FteDZhcGRq

Telegram: https://t.iss.one/i_yusupov_mektebi

Mektep direktorı: https://t.iss.one/Ruslantashimov3110

☎️Baylanıs ushın: (361) 223-20-24
Download Telegram
Forum doirasida mahorat darslari boshlandi

Forumining amaliyotga bag’ishlangan qismida Agentlik tizimidagi maktablarning mahalliy va xorijlik o’qituvchilari hamda Vestminster xalqaro universiteti o’qituvchilari tomonidan ta’limning dolzarb masalalari va yangi innovatsion texnologiyalarga asoslangan metodika bo’yicha mahorat darslari tashkil qilindi.

Sho’balarda
- “Tabiiy fanlarni tadqiqotchilikka asoslanib oʼqitishda formativ baholash”,
- “PISA tadqiqotlarida matematik savodxonlik”,
- “Turli savol berish texnikalari yordamida oʼquvchilarda tanqidiy va kreativ fikrlashni rivojlantirish”,
- “Аnalogiyalar va modellashtirish yordamida abstrakt fizik tushunchalarni oʼqitish”,
- “Oʼrganish uchun qayta aloqa (“feedback”)”,
- “Tabiiy fanlar darslarida fan va til integratsiyasi” kabi mavzularda mahorat darslari tashkil etildi.

📌 Ushbu mahorat darslari har bir ishtirokchining kelgusi faoliyatida o’zining ijobiy samarasini beradi deb, umid qilamiz.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Интервью 24 | Стив Кинг - «Cambridge assessment» ташкилоти таълим йўналиши бўйича бош мутахассиси билан суҳбат
#25nov #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
#Xalqaro_forum
#Ikkinchi_kun

⚡️Xalqaro ta'lim forumi doirasida oliy ta'lim tizimida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish va raqamli davrda innovatsion ta'lim mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

✔️ Unda “Yangi O’zbekiston” universiteti prorektori Elyorjon Jumayev, TUM Int rahbari Frederika Hettinger, Times Higher Education mintaqaviy direktori Lachin Italmazova va Agentlik vakillari so'zga chiqishdi.

📍Tadbirda ta'lim tizimiga zamonaviy innovatsiyalarni joriy etish, "Yangi O'zbekiston" universiteti va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik istiqbollari, xususan oliy ta'lim muassasalarida ilmiy tadqiqot markazlarining o'rni, raqamli ta'limning afzalliklari kabi masalalar muhokama qilindi.

🔸Forum davom etadi.
#Xalqaro_forum
#Ikkinchi_kun

Forumning ikkinchi kunida pedagoglarning malakasini oshirish, xorijning eng ilg'or ta'lim metodlarini o'rganishga bag'ishlangan treninglar amaliy mashg'ulotlarga boy bo'ldi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube