Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
868 subscribers
12.5K photos
1.77K videos
195 files
3.29K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Mirzo_Uluģbekning_630_yilligi

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📚Mirzo Ulug‘bek hayoti va ilmiy-ma’rifiy faoliyati hamda uning
jahon tamadduni rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini õrganish maqsadida 9-sinf õquvchilari õrtasida "Ilm va ma'rifat yõlida..." mavzusida insholar tanlovi õtkazildi.

🌟Tarbiyachi-pedagog Maxsuda Xolmatova Mirzo Uluğbekning tarixda tutgan õrni, ilmiy-ma'rifiy merosi haqida qisqacha ma'lumot berdi.

🏆Tanlov natijasi:
🥇Alimurodova Zilola
🥈Ismoilova Sarvinoz
🥉Olimova Odina

Bunday bellashuvlar õquvchilarni mustaqil bilim olishiga, fikrlarini erkin bayon etishiga yordam beradi.

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram|Instagram|
🌐Facebook|📹You-Tube|
👍21
#Jadidlarni_xotirlab

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


Bugun ijod maktabining 10-"A" sinf o‘quvchilari bilan 532 SCHR Safarbarlik Chaqiruv Batalionida Jadidlarimiz xotirasiga bag'ishlangan ushrashuv tashkil etildi.

O'quvchilar o'zlarining qalamiga mansub Vatanni tarannum qiluvchi ijod namunalaridan o'qishdi.

Mingboyeva Zulhayo "Jadidlar harakatining bugungi kundagi ahamiyati" haqida ma'lumotlar berdi.

❇️Bunday uchrashuvlarni o'tkazish nafaqat ijod maktabi o'quvchilariga, balkiaskarlarga ham o'z Vatanining tarixini o'rganishga katta zamin yaratadi.

🔰Bizning ijtimoiy tarmoqlar 👇

| Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
2😱2👍1
#ijodiy_tanlov
#ona_tilim_faxrim_mening_ģururim_mening

🏢Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi
🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

21-oktabr O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun!
Shu munosabat bilan ijod maktabining barcha sinflari o‘rtasida "Ona tilim- faxrim mening, g‘ururim mening" mavzusida ko'rik-tanlov e'lon qiladi.

Tanlov quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘lib o'tadi:

📝"Ona tilim-faxrim mening, g‘ururim mening" mavzusidagi eng yaxshi insho

✏️"Ona tilimni kuylayman" mavzusidagi eng yaxshi she'r

🎥"Muqaddasim, munavvarim-ona tilim" mavzusidagi eng yaxshi chellenj

Baholash natijalari bo‘yicha g'oliblar ijod maktabi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

🗓Muddat: 9-oktabrdan
20- oktabrgacha

Soat: 14 : 00 gacha


Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇

Telegram I Instagram I Veb-sayt I Facebook I YouTube
👍1
#psixologiya
#trening
#Halima_Xudoyberdiyeva_nomidagi_ijod_maktabi

Bugungi treningimizdan lavhalar😍🌈


☀️Trening jamoada ahillikni oshirish, muhitni yaxshilash, charchoqni olish maqsadida o’tkazildi.

🌟Treningda noodatiy tanishuv mashqlari hamda his tuyg’uga boy bo’lgan “Bu kim”o’yini hamda “7 qadam”o’yinlari o’tkazildi. Ishtirokchilarga aytilgan ijobiy fikrlar barchani birdek xursand qildi. Trening so’nggida esa barcha ishtirokchilar bir-birlariga minnatdorchilik bildirishdi. Ishtirokchilarning kayfiyatlari a’lo darajada ko’tarildi.

⚡️
Trening ijod maktabi psixologi Sevinch Ergasheva tomonidan olib borildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
😘3👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov
#ixtirochilikka_qadam
#10_oktabr_20_oktabr

📣📣📣📣📣

⚙️ "IXTIROCHILIKKA QADAM" RESPUBLIKA TANLOVI

🗣"Ixtirochilikka qadam" respublika tanlovi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar, davlat va nodavlat umumta’lim maktablarining 5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10-,11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.

Tanlov 4 bosqichda tashkil etiladi:
Maktab bosqichi – oʻquv yilining 1-choragida;
Tuman (shahar) bosqichi – oʻquv yilining 2-choragida;
Viloyat bosqichi – oʻquv yilining 3-choragida;
Respublika bosqichi – oʻquv yilining 4-choragida boʻlib oʻtadi.

❗️Tanlov davomida o‘quvchilar ta’lim, axborot texnologiyalari, yashil energiya, ekologiya, iqlim o‘zgarishi va qishloq xo‘jaligi kabi yo‘nalishlarda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratishlari talab etiladi.


🟢Tanlovda individual yoki jamoa sifatida ishtirok etish mumkin. Bunda jamoa a’zolarining soni 3 nafardan oshmasligi kerak.

📆 Tanlovda qatnashish uchun joriy yilning 10-oktabridan 20-oktabriga qadar ixtirochi.piima.uz onlayn platformasida roʻyxatdan oʻtish lozim.

📞 Telefon: +998 (71) 207-20-17 ichki raqamlar 171, 172, 173, 174.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
@favqulodda_vaziyatlar_

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Iijod maktabining 7-sinf oʻquvchilariga Guliston shahar FVB Tezkor bo'linma boshlig'i leytenant Narzullayev Muhammad hamda ChQBT rahbari Usen Aynabekov tomonidan"Zilzila va uning oqibatlari" mavzusida suhbat tashkil etildi.

Suhbat davomida zilzila haqida umumiy tushuncha,zilzilaning yuzaga kelish sabablari hamda zilzila kuchi haqida maʼlumotlar berib oʻtildi.

Oʻquvchilar zilzila vaqtida qanday himoyalanish va harakatlanishni amaliyot davomida bilib olishdi.
Shuningdek,maktab hamshirasi tomonidan birinchi yordam haqida ham tushunchalar aytib oʻtildi.

Mashgʻulot yakunida oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.

Tarbiyachi pedagoglar:
Esanova Nigora
Abduraxmanova Irodaxon

Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇
Telegram I Instagram I YouTube
Facebook I Veb-sayt
1👍1😁1