Huquqiy tadqiqot
198 subscribers
823 photos
89 videos
14 files
1.14K links
🇺🇿Aдлия вазирлиги ҳузуридаги Ҳуқуқий сиёсат тадқиқот институти телеграм канали
🏛The Telegram channel of the Research Institute of Legal Policy under Ministry of Justice of the Republic of Uzbekistan

🌐 Веб сайт: hsti.uz
📲 Aлоқа: 99871-268-28-95
Download Telegram
Жиноятчиликка қарши қандай курашяпмиз?!

📍
https://uza.uz/posts/411332

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tube
🔰 Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Ilm-fan va ta’limning innovatsion rivojlanishi: hozirgi holati va taraqqiyot tamoyillari” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

📕 Xalqaro anjuman doirasida Ichki ishlar vazirligi akademiyasi hamda Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi ham imzolandi. Tomonlar mazkur memorandum ilmiy-amaliy va innovatsion hamkorlikka keng yo‘l ochib, soha uchun malakali mutaxassis va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash hamda o‘zaro tajriba almashinuvini yanada kengaytirishda muhim poydevor bo‘lishini e’tirof etishdi.

Huquqiy siyosat tadqiqot institutining rasmiy telegram kanaliga ulaning 👇

https://t.iss.one/+y99LEfr9Myo4MTNi
8-17.pdf
390 KB
#maqola

✍️ Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti mas'ul xodimi Shuxrat Mirzayevning "ISSUES OF PEOPLE'S COUNSELORS INSTITUTE IN CRIMINAL CASES" nomli maqolasi Hindistonning "Thematics Journal of Law" jurnalida eʼlon qilindi.

📝 Maqolaning o'zbek tilidagi matni bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin👇
https://hsti.uz/?p=28157

Huquqiy siyosat tadqiqot institutining rasmiy sahifalariga ulaning👇

🌐 Website 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 YouTube
⚡️ Mulkka egalik huquqini vujudga keltiruvchi muddat takomillashtiriladi

Egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat bo‘yicha mol-mulkka nisbatan mulk huquqini faqat “amaldagi egasi”, yaʼni ashyoga hech qanday asossiz egalik qilayotgan shaxs olishi mumkin.

📌 Bunda egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat bo‘yicha mol-mulkka nisbatan mulk huquqini olish uchun quyidagi beshta shartlarni bajarish talab etiladi: ashyoga uzoq muddatli, uzluksiz, oshkora, halol va mulkka o‘z mulki kabi egalik qilish.

👉 Batafsil: https://hudud24.uz/?p=43433

Huquqiy siyosat tadqiqot institutining rasmiy telegram kanaliga ulaning 👇

https://t.iss.one/+y99LEfr9Myo4MTNi
#yangilik

⚡️ Bolaga guvohnoma tug'ruqxonada beriladigan bo'ldi!

🏥 Endilikda fuqarolarning tug‘ilganlik holatini qayd etish bilan bog‘liq ovoragarchiliklariga barham berish maqsadida integratsion tizim yordamida tug‘ruqxonalarning o‘zidayoq dalolatnomalar rasmiylashtiriladi.

📍 Yangi tartib 2023-yil 1-yanvardan boshlab Toshkent shahrida, 2023-yil 1-iyundan esa butun respublika hududida joriy etiladi.

👶🏻 Bola dunyoga kelgach, tibbiyot muassasalarida tug‘ilganlik FHDY bo‘limlarida qayd qilinganligi haqida QR-kod tasviri tushirilgan maʼlumotnoma bolaning yaqinlariga taqdim etiladi va gerbli tug‘ilganlik guvohnomalariga tenglashtiriladi.

📗 Fuqarolar istalgan vaqtda belgilangan to'lov asosida gerbli guvohnomani olish uchun FHDY bo‘limlariga murojaat qilishlari mumkin.

✍️ Mazkur tartib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 540-son “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlandi.
#bayram_muborak

Aziz ustozlar, mehridaryo murabbiylar!

Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti Siz azizlarni, Sizlarning timsolingizda ustoz degan sharafli nomni ulug‘lab kelayotgan barcha yurtdoshlarimizni 1- oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etadi.

Yoshlarga bilim va maʼrifat ulashishda qo‘shayotgan beminnat xizmatingiz uchun rahmatlar aytamiz!

Huquqiy siyosat tadqiqot institutining rasmiy telegram kanaliga ulaning 👇

https://t.iss.one/+y99LEfr9Myo4MTNi
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Новости 24 | Международная конференция в академии МВД
#30sept #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Туғилганлик ҳолатини қайд этишда нималар ўзгармоқда?

Батафсил 👉 https://hudud24.uz/?p=43512

Каналга уланиш👇
https://t.iss.one/hudud24official
______________________________
#Янгиликлар
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#radio

🎙 Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti xodimi Shoxsanam Sherqobilovaning "Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar" bo'yicha
"O'zbekiston 24" radiosiga bergan intervyusini tinglang.

Huquqiy siyosat tadqiqot institutining rasmiy telegram kanaliga ulaning 👇

https://t.iss.one/+y99LEfr9Myo4MTNi
#taklif

⁉️ Himoya orderi rostdan “himoyachi”mi? – xotin-qizlarni zo‘ravondan asrash tizimi haqida Kun.uz saytida eʼlon qilingan maqolada Huquqiy siyosat tadqiqot instituti xodimlari Eldar Shaydulin va Shaxsanem Saliyevaning himoya orderi berish tartibini o‘zgartirish bo‘yicha takliflari eʼlon qilindi.

👉 Maqola bilan to'liq tanishish:https://kun.uz/92952108

Huquqiy siyosat tadqiqot institutining rasmiy telegram kanaliga ulaning 👇

https://t.iss.one/+y99LEfr9Myo4MTNi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yangilik
📍 Endilikda tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma tug'ruqxonada beriladi

🎥 Bu haqda Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti mas'ul xodimi "Ovoza" informatsion dasturida jonli efirda tushuntirish berdi

Huquqiy siyosat tadqiqot institutining rasmiy telegram kanaliga ulaning 👇

https://t.iss.one/+y99LEfr9Myo4MTNi
https://online.anyflip.com/qkkpm/mzhn/mobile/
В электронном журнале inScience опубликована статья заместителя директора Исследовательского института правовой политики при Министерстве юстиции Абдулазиза Расулева и начальника отдела Отабека Тошева «Проблемы повышения независимости и справедливости судов Узбекистана»
#maqola
⁉️ O‘zbekistonda advokatlar tanqismi

Qonunchilikka ko‘ra advokatlik litsenziyasini olish istagidagi talabgorlardan yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida ikki yillik mehnat staji talab etiladi.

📌 Respublikamizda 6 565 nafar fuqaroga 1 nafar advokatning to‘g‘ri kelishi kasb vakillari sonining hanuzgacha tanqisligini ko‘rsatmoqda.

👉 Ushbu ko‘rsatkich xorijda quyidagicha:

🔻 Rossiyada 1 ta advokatga 1 945 nafar fuqaro;

🔻 Qozog‘istonda 3 426 nafar fuqaro;

🔻 Norvegiyada 697nafar fuqaro;

🔻 Germaniyada 498 nafar fuqaro;

🔻 Ispaniyada 307nafar fuqaro;

🔻 Italiyada esa 246 nafar fuqaro to‘g‘ri keladi.

🔰 “Kuch adolatda” gazetasining 39-sonida “Advokatura institutini salohiyatli kadrlar bilan to‘ldirish: muammo va yechim” mavzusida Huquqiy siyosat tadqiqot instituti masʼul xodimlari Otabek Toshev hamda Farangiz Nurboboyevaning maqolasi chop etildi.

Huquqiy siyosat tadqiqot institutining rasmiy telegram kanaliga ulaning 👇

https://t.iss.one/+y99LEfr9Myo4MTNi