Huquqiy tadqiqot
198 subscribers
823 photos
89 videos
14 files
1.14K links
🇺🇿Aдлия вазирлиги ҳузуридаги Ҳуқуқий сиёсат тадқиқот институти телеграм канали
🏛The Telegram channel of the Research Institute of Legal Policy under Ministry of Justice of the Republic of Uzbekistan

🌐 Веб сайт: hsti.uz
📲 Aлоқа: 99871-268-28-95
Download Telegram
🔰 Joriy yilning 24-25 sentabr kunlari Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Bishkekdagi Akademiyasi va Fridrix Ebert Fondi hamkorligida “Mazkaziy Osiyodagi moslashish va transformatsiyalar”ga bag‘ishlangan 4-sohalararo konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

✔️ Unda Adliya vazirligi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti bosh mutaxassisi, tadqiqotchi Bobirjon Izzatullayev “O’zbekistonda mustaqillikdan keyingi iqtisodiy va siyosiy moslashish jarayonlari hamda yangi islohotlar davri” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etib qaytdi.

Huquqiy siyosat tadqiqot institutining rasmiy telegram kanaliga ulaning 👇

https://t.iss.one/+y99LEfr9Myo4MTNi
Bugun Xalqaro axborotdan erkin foydalanish kuni

🌐 YUNESKO
ning 2015 yilda o‘tkazilgan konferensiyasida qabul qilingan rezolyutsiyaga muvofiq, 28- sentabr Xalqaro axborotdan erkin foydalanish kuni deb eʼlon qilingan. Mazkur sana 2016 yildan boshlab keng nishonlab kelinadi.

✔️ BMT Bosh assambleyasi tomonidan barcha mamlakatlarda aholining axborot olish huquqining taʼminlanganlik darajasini nazorat qilish YUNESKO zimmasiga yuklangan. Har yili ushbu sana arafasida dunyoning turli davlatlarida axborot olish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha erishilgan natijalar tahlil qilinadi.

Huquqiy siyosat tadqiqot institutining rasmiy telegram kanaliga ulaning 👇

https://t.iss.one/+y99LEfr9Myo4MTNi
#korrupsiya

💵 Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi dunyoning barcha mamlakatlarida keskin kurash olib borilmoqda. Har bir davlat qonunchiligida korrupsiyaga qarshi kurash eng dolzarb masalalardan biri sifatida e’tirof etiladi.

⚖️ Ispaniya Jinoyat kodeksining 419-moddasiga ko‘ra, mansabdor shaxs yoki davlat xizmatchisining o‘z xizmat majburiyatlarini buzish yoki bajarmasligi evaziga o‘zi yoki uchinchi shaxslar foydasini ko‘zlab, sovg‘a, mukofot yoki har qanday ko‘rinishdagi taqdirlashni qabul qilishi, so‘rashi yoki qabul qilishga rozilik bildirishi uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

👉 Ushbu jinoyatni sodir etganlar uch yildan olti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi, shuningdek, davlat xizmati bilan shug‘ullanishni alohida taqiqlash va sodir etgan qilmishi uchun yetti yildan o‘n ikki yilgacha muddatga mansabdor bo‘lishi taqiqlanadi.

Huquqiy siyosat tadqiqot institutining rasmiy telegram kanaliga ulaning 👇

https://t.iss.one/+y99LEfr9Myo4MTNi
#taklif
⚡️ Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini videokuzatuv kameralari bilan jihozlash zarurati mavjud

👫 So‘ngi paytlarda ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarda ayrim Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarning qarovsiz qoldirilishi natijasida sodir bo‘layotgan baxtsiz hodisalar, xodimlar tomonidan qasddan yetkazilgan jismoniy tan jarohatlari, qiynash, bolalarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish holatlari tez-tez uchramoqda.

👉 Masalan: Urganchda 2-sonli MTT tarbiyachisi hamda Bulung‘ur tumanidagi 17-sonli MTT tarbiyachisi tarbiyalanuvchilarni urgani, Samarqandda MTT tarbiyachisi bolalarning qo‘liga igna sanchgani , Namanganda bog‘chada tanasining 70 foizi qaynoq suvdan kuygan bola vafot etganligi , Toshkentdagi xususiy MTTda 3 yoshli bolaning yuzi tibbiy vositalardan kuygani , Farg‘onada MTT tarbiyachisining bolalarini tinchlantirish uchun temir qoshiqdan foydalanib, 4 yoshli bolaning bir ko‘zidan ayrilishiga sababchi bo‘lganligi haqidagi xabarlar yuqoridagi masalaning naqadar dolzarb ekanligini ko‘rsatmoqda.

📷 Qonunchilikka ko'ra MTTda tarbiyalanuvchilar xavfsizligini taʼminlash hamda ular uchun zarur sharoitlarni yaratilishini nazorat qilish maqsadida videokuzatuv moslamalari o‘rnatilishi mumkin ekanligi belgilangan. Biroq mazkur tartib ixtiyoriy etib belgilangan.

👩‍👧‍👦 Xorijiy davlatlarda binoni kameralar bilan jihozlash maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun majburiy talab hisoblanadi. Xususan, Janubiy Koreyada bolalar bog‘chalarida yopiq sxemali kuzatuv kameralari o‘rnatilishi majburiy qilib belgilangan.

📌 Isroilda MTTlarda videokuzatuv vositalarini o‘rnatishni majburiyligini nazarda tutuvchi qonun qabul qilingan.

Huquqiy siyosat tadqiqot institutining rasmiy telegram kanaliga ulaning 👇

https://t.iss.one/+y99LEfr9Myo4MTNi
Жиноятчиликка қарши қандай курашяпмиз?!

📍
https://uza.uz/posts/411332

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tube
🔰 Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Ilm-fan va ta’limning innovatsion rivojlanishi: hozirgi holati va taraqqiyot tamoyillari” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

📕 Xalqaro anjuman doirasida Ichki ishlar vazirligi akademiyasi hamda Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi ham imzolandi. Tomonlar mazkur memorandum ilmiy-amaliy va innovatsion hamkorlikka keng yo‘l ochib, soha uchun malakali mutaxassis va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash hamda o‘zaro tajriba almashinuvini yanada kengaytirishda muhim poydevor bo‘lishini e’tirof etishdi.

Huquqiy siyosat tadqiqot institutining rasmiy telegram kanaliga ulaning 👇

https://t.iss.one/+y99LEfr9Myo4MTNi
8-17.pdf
390 KB
#maqola

✍️ Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti mas'ul xodimi Shuxrat Mirzayevning "ISSUES OF PEOPLE'S COUNSELORS INSTITUTE IN CRIMINAL CASES" nomli maqolasi Hindistonning "Thematics Journal of Law" jurnalida eʼlon qilindi.

📝 Maqolaning o'zbek tilidagi matni bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin👇
https://hsti.uz/?p=28157

Huquqiy siyosat tadqiqot institutining rasmiy sahifalariga ulaning👇

🌐 Website 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 YouTube
⚡️ Mulkka egalik huquqini vujudga keltiruvchi muddat takomillashtiriladi

Egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat bo‘yicha mol-mulkka nisbatan mulk huquqini faqat “amaldagi egasi”, yaʼni ashyoga hech qanday asossiz egalik qilayotgan shaxs olishi mumkin.

📌 Bunda egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat bo‘yicha mol-mulkka nisbatan mulk huquqini olish uchun quyidagi beshta shartlarni bajarish talab etiladi: ashyoga uzoq muddatli, uzluksiz, oshkora, halol va mulkka o‘z mulki kabi egalik qilish.

👉 Batafsil: https://hudud24.uz/?p=43433

Huquqiy siyosat tadqiqot institutining rasmiy telegram kanaliga ulaning 👇

https://t.iss.one/+y99LEfr9Myo4MTNi
#yangilik

⚡️ Bolaga guvohnoma tug'ruqxonada beriladigan bo'ldi!

🏥 Endilikda fuqarolarning tug‘ilganlik holatini qayd etish bilan bog‘liq ovoragarchiliklariga barham berish maqsadida integratsion tizim yordamida tug‘ruqxonalarning o‘zidayoq dalolatnomalar rasmiylashtiriladi.

📍 Yangi tartib 2023-yil 1-yanvardan boshlab Toshkent shahrida, 2023-yil 1-iyundan esa butun respublika hududida joriy etiladi.

👶🏻 Bola dunyoga kelgach, tibbiyot muassasalarida tug‘ilganlik FHDY bo‘limlarida qayd qilinganligi haqida QR-kod tasviri tushirilgan maʼlumotnoma bolaning yaqinlariga taqdim etiladi va gerbli tug‘ilganlik guvohnomalariga tenglashtiriladi.

📗 Fuqarolar istalgan vaqtda belgilangan to'lov asosida gerbli guvohnomani olish uchun FHDY bo‘limlariga murojaat qilishlari mumkin.

✍️ Mazkur tartib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 540-son “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlandi.
#bayram_muborak

Aziz ustozlar, mehridaryo murabbiylar!

Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti Siz azizlarni, Sizlarning timsolingizda ustoz degan sharafli nomni ulug‘lab kelayotgan barcha yurtdoshlarimizni 1- oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etadi.

Yoshlarga bilim va maʼrifat ulashishda qo‘shayotgan beminnat xizmatingiz uchun rahmatlar aytamiz!

Huquqiy siyosat tadqiqot institutining rasmiy telegram kanaliga ulaning 👇

https://t.iss.one/+y99LEfr9Myo4MTNi
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Новости 24 | Международная конференция в академии МВД
#30sept #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Туғилганлик ҳолатини қайд этишда нималар ўзгармоқда?

Батафсил 👉 https://hudud24.uz/?p=43512

Каналга уланиш👇
https://t.iss.one/hudud24official
______________________________
#Янгиликлар