hujayra.uz
4.85K subscribers
1.3K photos
210 videos
71 files
1.58K links
Bu kanalda biologiyaning turli sohalariga oid xabarlar, kashfiyotlar, faktlar hamda umuman ilm-fan haqida yozib boriladi.

Kanal Dr. Baxtiyor Sheraliyev tomonidan yuritiladi.
Download Telegram
Neyroo’zgaruvchanlik va qanday qilib shikastlangan neyron yo’llarini tiklash?
Til orqali ko’rish-BrainPort texnologiyasi
#tanlov

Mohinur Akrambekova - Farg’ona davlat universiteti biologiya o’qitish metodikasi 1-bosqich talabasi

Biz hammamiz oylamizki, yetuklik paytidan boshlab bizning miyamiz o’zgarmaydi. Ba’zi bir olimlar ham yoshlik davri o’tgach miya ozgarmaydi degan fikrga kelgandilar. Ammo so’ngi 10 yil ichida olib borilgan yangi kashfiyotlar, bu fikrni to’g’ri deb tasdiqlamaydi. Sizlarda savol tug’ilishi mumkin: qanday qilib miya o’zgarishi mumkin agar ancha ulg’aygan bo’lsak? Bu savolga neyroplastiklik nazariyasida javob topishingiz mumkin. Keling neyroplastiklik (yoki miya plastinkasi) haqida ozgina ma’lumot bilan tanishib chiqsak.

Neyroplastiklik-bu hayot davomida miya ozgarishi qobiliyatidir. Shuning uchun tashqi muhit va ichki ta’sirlarning ta’siri ostida jismoniy va funktsional o’zgarishlar bo’lishi mumkin, shuningdek, yangi ko’nikmalarga ega bo’lish, bilim va yomon odatlardan xalos bo’lishga yordam beradi. Neyroplastiklik yordami bilan biz nafaqat ko’rish qobilayitimizni, balki ba’zi bir kasalliklarni tuzatishimiz ham mumkin. Masalan: Parkinson kasalligi, balansni yo’qotish, skleroz va miyaning kuchli shikastlanishi kabi kasalliklar. Agar biz shunday o’zgarishlar qila olsak demak miyamiz plastiklik hususiyatini hali yo’qotgani yoq. Va biz fikrlashning yangi usullarini organishimiz va ularni jamlashimiz mumkin.

Maqolani to'liq holatda 👉 ushbu manzilda👈 o'qiysiz.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
Chapaqaylar dunyosi. Chapaqaylarning bosh miya ishlashi mexanizmlarining xususiyatlari
#tanlov

Shoxsanam Shavkatova - Farg’ona davlat universiteti biologiya o’qitish metodikasi yo’nalishi 1-bosqich talabasi

Chapaqaylik – bu asosan chap qo’l bilan ishlovchi insonlarga xos bo’lgan holat. Dunyo aholisining taxminan 15% ini chapaqay insonlar tashkil etadi. Bunday insonlar o’z ehtiyojlarini chap qo’l bilan bajarishga odatlanganlar. Qaysi qo’l bilan yozishga ko’ra, o’naqaylik yoki chapaqaylikni aniq indikatori mavjud emas. Chunki ko’pchilik chapaqaylar o’ng qo’lida yozadilar, lekin qolgan barcha ishlarni chap qo’li yordamida bajaradilar. Bu har bir chapaqay insonning jismoniy holatiga va uning organizmiga chambarchas bog’liq.

Bosh miyamiz o’ng va chap yarim sharlardan iborat. Miyamizning har ikkala qismining funksiyasi bir-biridan butkul farq qiladi. Bu ko’rsatkich 100% emas. Masalan, miyamizning chap yarim sharida nutq markazlari joylashgan bo’lib, nutq bilan bo’g’liq barcha fikrlash jarayoni aynan shu chap miya sharimizda bo’lib o’tadi. O’ng miya yarim shariga kelsak, narsalarning ko’rinishi, joylashuvi kabilarni bajarish xususiyatiga ega. O’ng miya yarim sharimiz ma’lumotlarni nutqsiz, ya’ni so’zsiz tahlil qiladi va qabul qiladi. Bu jarayonni bajarishda ko’zlarimiz muhim vazifani bajaradi.

Maqolani to'liq holatda 👉 ushbu manzilda👈 o'qiysiz.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
Beruniyning “Saydana” asarida keltirilgan dorivor o’simliklar
#tanlov

Madina Pulatova - Namangan viloyati Uchqo’rg’on tumani 30-maktab biologiya fani o’qituvchisi

O’rta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayxon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy Xorazmning qadimgi poytaxti Kot shahrida tug’ildi va yoshligidanoq ilm-fanga qiziqishi ortib bordi. U o’z zamonasining qator fanlari: astronomiya, fizika, matematika, geogeziya, geologiya, minerologiya, tarix, tibbiyot kabilarni chuqur o’rgandi.

Beruniy 100 dan ortiq kitoblarni yozib bizga meros qoldirgan. Shulardan 30 ga yaqini bizgacha yetib kelgan. Jumladan, «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Xorazmning mashhur kishilari», «Geodeziya», «Munajjimlik san’atining boshlang’ich tushunchalari», «Hindiston», kitoblaridir. Beruniy o’z asarlari ro’yxatini tuzgandan keyin ikkita muhim kitobni yozgan. Bulardan biri «Minerologiya»dir . Bu risola o’z zamonasining tengi yo’q asari hisoblangan.

Beruniyning oxirgi asari -«Dorivor o’simliklar haqidagi kitob»ining qo’lyozmasi XX asrning 30-yillarida Turkiyada topildi. Asar «Saydana» nomi bilan mashhur. Bu asarda Beruniy Sharq, ayniqsa Markaziy Osiyoda o’sadigan dorivor o’simliklarning to’la tavsifini bergan. Jumladan “Saydana” asarida 1116 tur dorivorni tavsiflaydi. Shundan 750 turi o’simliklardan, 101 turi hayvonlardan, qolgan 255 turi minerallardandir. “Saydana” asarining asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, unda Abu Rayxon Beruniy dorishunoslik o’zi alohida fan bo’lishligini ta’kidlab, shu bilan farmokologiya fanini asoslaydi. Beruniyning mazkur asarida keltirilgan va tibbiyotda hozir ham keng qo’llanib kelinayotgan, ayrimlari bilan tanishtirmoqchimiz.

Maqolani to'liq holatda 👉 ushbu manzilda👈 o'qiysiz.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
Transplantatsiya
#tanlov

Isomiddin Sharipov - Toshkent davlat stomatologiya instituti tibbiy pedogogika yo’nalishi 2-bosqich talabasi

Transplantatsiya odam va hayvonlarda patologik jarayon natijasida shikastlangan yoki olib tashlangan to’qima va organlarning o’rniga sog’lom to’qima va organlarni ko’chirib o’tkazishdir. Tananing turli a’zolari: teri, muskul, nervlar, ko’zning muguz pardasi, yog’ va suyak to’qimasi, buyrak, jigar, yurak, hamda boshqa organlar ko’chirib o’tkaziladi. Ko’chirib o’tkaziladigan to’qima yoki organ kimdan olinganligiga qarab transplantantlarning bir necha turlari mavjud: autotransplantant – bemorning o’zidan, allotransplantant – odamdan odamga, izotransplantant – genetik xususiyati deyarli bir xil yoki bir tuxumli egizak bo’lgan organizmlararo transplantatsiya, ksenotransplantant – boshqa individdan.

Transplantatsiya tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak dastlabki transplantatsiya operatsiyalari sichqon, kalamush, quyon, it kabi hayvonlar ustida amalga oshirilgan. Amaliyot muvaffaqqiyatli amalga oshirilganidan so’ng, odamlarda ham qo’llanila boshlangan. Birinchi buyrak transplantatsiyasi 1954-yil 23-dekabrda Boston gospitalida o’tkazilgan va operatsiya muvaffaqiyatli kechgan.

Maqolani to'liq holatda 👉 ushbu manzilda👈 o'qiysiz.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
O’zbekistonda mo’jizaviy steviya o’simligini o’stirish istiqbollari
#tanlov

Sojida Qulmamatova - Termiz davlat universiteti biologiya yo’nalishi 2-bosqich talabasi

Hozirgi paytda mamlakatimizning farmatsevtika, biologiya va qishloq xo’jaligi sohasi oldida yirik muammolar o’z yechimini kutib turibdi.
Shunday istiqbolli dorivor giyohlardan biri steviya o’simligidir. Hozirgi vaqtda 15 dan ortiq davlatlar (AQSh, Angliya, Frantsiya, Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Kanada, Rossiya, Ukraina va boshqalar) steviyani ko’paytirib, qandolatchilik, shirin ichimliklar, parhez taomlar, konservalar va dori-darmon tayyorlashda keng miqyosda foydalanib kelmoqdalar. Yer yuzida steviya o’simligining 300 ga yaqin turi bo’lib, farmatsevtika sanoatida keng miqyosida faqatgina stevia rebaudiana Bertoni turining barg xom-ashyosidan olinadigan turli mahsulotlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Aslida bu o’simlikning vatani Paragvay davlati hisoblanib, u yerning mahalliy tub aholisi 15 asrdan beri undan “Steviya choyi” va boshqa dori shakllari ko’rinishida foydalanishmoqda.

Maqolani to'liq holatda 👉 ushbu manzilda👈 o'qiysiz.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
Mening qon guruhim nechanchi va men donormanmi…?
#tanlov

Mirmuxsin Axtamov - Buxoro davlat tibbiyot instituti davolash fakulteti 2-bosqich talabasi

Inson zoti mavjud ekanki: bu olamning bir-birini takrorlamaydigan ajoyibotlarini o’rganishga, izlab “ildizini qazib chiqarishga” harakat qiladi. Shu ajoyibotlardan biri bo’lmish qon (lot: sanguis grek: haemo) tiriklikning asosiy sababchilaridan biri hisoblanadi. Har bir insonning yuragi urib turar ekan, u o’zining organizmi haqida ma’lumotga ega bo’lishi zarur. Hozirgi maqolam qon guruhlari va qon quyish asoslariga bag’ishlangan bo’lib, hozirgi texnika zamonida barchaga asqotadi deb o’ylayman.

Qon ikki tarkibiy qismdan tashkil topgan: qon plazmasi va qonning shaklli elementlari.
Qonni gemotakritda (100ta maxsus chiziqlar bilan bo’lingan probirka) sentrifuga yordamida aylantirilsa, u ikki tarkibiy qismga: yuqori 55-60%i qonning tiniq bo’lgan plazmasi, pastki 40-45% qonning shaklli elementlari (eritrotsit,leykotsit,trombotsit)ga bo’linadi. Odam organizmidagi qon plazma hamda shaklli elementlar (eritrotsitlar) tarkibidagi ba’zi moddalar hisobiga bir nechta qon guruhlari farqlanadi.

Maqolani to'liq holatda 👉 ushbu manzilda👈 o'qiysiz.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
Partenogenez-otalanmagan tuxum hujayradan zigotaning hosil bo’lishi. Aslida ham shundaymi?
#tanlov

Mehrinoz Suvonova - Jizzax davlat pedagogika instituti biologiya o’qitish metodikasi 2-bosqich talabasi

Partenogenez – degan tushunchani eshitishimiz bilan ko’pchiligimizning xayolimizda urug’ hujayralarning ishtirokisiz tuxum hujayradan yangi organizm hosil bo’lishi haqida tasavvur paydo bo’ladi. Bugungi maqolamizda ana shu tasavvurning qanchalik to’g’ri ekanligi haqida fikr yuritamiz.

Tabiatda partenogenez hodisa sodir bo’lishini 1762-yilda Shveysariyalik tabiatshunos Sh. Bonne o’simlik shira bitlarida kuzatgan. Tabiiy partenogenez hodisani ko’p hollarda tuban umurtqasizlarda kuzatishimiz mumkin. Yana kam hollarda suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlarda ham uchraydi. Partenogenez lotincha “parthonos”-bokira, qiz holida “genez”-tug’ish, tug’ilish degan ma’noni anglatadi. Ya’ni otalanmagan tuxum hujayradan yangi organizmning hosil bo’lishidir.

Maqolani to'liq holatda 👉 ushbu manzilda👈 o'qiysiz.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
Fanimiz tarixidagi qahramonona tajribalar
#tanlov

Gulmira Berdiyeva - Buxoro viloyati Vobkent tumani 11-maktab biologiya fani o’qituvchisi

Biologiya hayot haqidagi fan bo’lib, juda qiziq va murakkab fan. Fanimiz g’aroyib ajoyibotlarga, flora va faunaga boyligi, olimlarimizning hayratona tajribalari bilan boshqa fanlardan ajralib turadi. Biologiyada keltirilgan har bir ma’lumotning negizida olimlarimizning chuqur o’rganilgan tajribalari yotadi. Fan tarixida qahramonona tajribalar deya nom olgan tajribalarning bir nechtasini taqdim etmoqchiman.

Zaharlanishga to’g’ri keldi
Avstraliyalik olimlar Robin Uorren va Barri Marshall 1982 yilda odam oshqazoni shilliq pardasining Helicobacter pylori bakteriyasini topishgan. Va gastrit hamda oshqazon yarasining sababi stress yoki o’tkir taomlar emas, aynan bakteriyalar ekanligi to’g’risidagi taxminni ilgari surishgan. Bu bilan hamkasblarining kulgusiga sabab bo’lishgan. Shunda g’azabi qo’zigan Marshall probirkadagi bakteriyali suyuqlikni ichib yuborgan. Tez orada u gastrit bilan kasallangan va ishonmaganlarga uni namoyish etgan. Natijada olimlarning kashfiyoti tan olindi va 2005 yilda ular Nobel mukofotiga sazovor bo’lishdi.

Maqolani to'liq holatda 👉 ushbu manzilda👈 o'qiysiz.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
Bolalarda qandli diabet
#tanlov

Muhayyo Minojova - Farg’ona shahar 3-maktab biologiya fani o’qituvchisi

Qandli diabet organizmda insulin gormoni absolyut yoki nisbiy yetishmovchiligi tufayli qonda qand miqdorining ortishi bilan namoyon bo’luvchi endokrin kasalligidir. “Diabet” so’zi grek tilidan olingan bo’lib, “oqib o’tish” degan ma’noni bildiradi. Qandli diabet o’lim va nogironlik ko’rsatkichi yuqoriligi sababli nafaqat tibbiy, balki dolzarb muommo ham hisoblanadi. Hozirgi kunda kasallikning asosan ikki turi mavjud:

1) Qandli diabet birinchi tip – insulinga bog’liq turi
2) Qandli diabet ikkinchi tip – insulinga bog’liq bo’lmagan turi.

Bolalarda qandli diabet kasallik sifatida qadimdan ma’lum bo’lgan. Insulin kashf etilmaguncha qandli diabetga uchragan bolalarning tezda nobud bo’lishi ko’p kuzatilgan. Ma’lumotlarga qaraganda yer yuzida har 10 daqiqada 2 ta inson qandli diabet bilan kasallanmoqda. Qandli diabet bilan 20 yoshgacha bo’lgan aholining 0,25% aziyat chekadi. Ularning 54% bolalarni tashkil etadi.

Maqolani to'liq holatda 👉 ushbu manzilda👈 o'qiysiz.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
Ko’hnazey qishlog’i florasi mavzusi asosida ertak
#tanlov

Sohiba Egamova
Xorazm viloyati Qo’shko’pir tumani
21-maktabning biologiya fani o’qituvchisi

Bor ekanda yo’q ekan
Och ekanda to’q ekan
Ertakchi momoning sandig’i
Ertaklarga to’la ekan.
Mening ismim bolajonlar
Ertakchi momo derlar
Ertaklarimdan bittasin
Aytib beray men sizlarga.

Erta bahor kunlarining birida yosh nihol yer yuziga o’sib chiqibdi. Bundan uning otasi Gujumboy va onasi Gujumxonlar juda hursand bo’lishibdi. Bu yosh niholni Gujumjon deb atashibdi. Gujumjon juda qiziquvchan, sho’x bola ekan. U dadasidan o’zi tug’ilgan bu joy haqida so’rabdi. Otasi uning barcha savollariga yaproqlarini shitirlatib, qo’shiq qilib javob beribdi. Uning qo’shig’iga shoxlarida o’tirgan qushlar ham jo’r bo’lishibdi. Shamol mayin kuy chalibdi.

Maqolani to'liq holatda 👉 ushbu manzilda👈 o'qiysiz.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
600 million yillik evolutsiyani bosib o’tgan “mo’jiza”..! Essiz, hech kim e’tibor bermaydi-ya…
#tanlov

Sarvarbek Sulaymonov - Andijon davlat tibbiyot instituti davolash ishi fakulteti 2-bosqich talabasi

Nafaqat insoniyat, balki bu yorug’ olamning deyarli barcha jonzotlari hayotida o’zining beminnat xizmati bilan tanamizning bir bo’lagi sifatida asosiy ko‘makdosh bo’lgan “javohir”. Berilgan ne’matlar ichida ulug‘i! Bu ne’matni qadrlash uchun ko’zingizga surtishingiz shart emas! Buning iloji ham yo’q!

Bu judayam muhim narsa nima ekan, deb qiziqyapsizmi? Unda hoziroq ko’zguga qarang! Menimcha, topdingiz, axir bu chaqnab turgan 2 ta chiroyli narsani topish qiyin emas-ku.

Ko’zlar..! Biz ko’rayotgan predmetlardan kelayotgan yorug’lik nurlarini qabul qilib, oliy nerv markazimiz taniydigan holatga – nerv impulslariga aylantirib berayotgan mana shu bir juft a’zoning evolutsiyasi bor-yo’g’i 600 million yillik tarixga ega. Ularning kelib chiqishi va rivojlanishi haqida evolutsion nazariyaning asoschisi Charlz Darvin “agar ko’plab gradatsiyalarda oddiy va sodda ko’zlar bilan bir vaqtda murakkab va mukammal ko’zlar mavjud bo’lsa, ularning egalari uchun foydali, bu shubhasiz haqiqat, vaqt o’tishi bilan tabiiy tanlanish natijasida oddiylari mukammal ko’zlar shaklini oladi, bularni faraz qilish mushkul bo’lsa ham, bu – nazariyaning halokati deb o’ylamasligimiz kerak” kabi chuqur mulohazali so’zlarni aytgan edi.

Paleontologlarning izlanishi natijasida eng birinchi dastlabki ko’zlarning toshqotmalari yoshi uglerod izotopining yarim yemirilish davri bo’yicha hisoblanganda, taxminan, 600 million yil ekanligi aniqlangan.

Maqolani to'liq holatda 👉 ushbu manzilda👈 o'qiysiz.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA