Bunisi esa yana bir qahramonimiz Zophosis scabriuscula karakalpakensis Nabozhenko & Bekchanov, 2023 bo'ladi. Ushbu kenja tur ham Qoraqalpog'iston Respublikasi Beruniy tumanidan topilgan.
Kenja tur Qoraqalpog'iston sharafiga nomlangan.
@hujayrauz

Mana bu yigitchaga esa mualliflar Diaphanidus crassiantennatus Nabozhenko & Bekchanov, 2023 deb nom berishgan. U ilk marotaba Qoraqalpog'iston Respublikasi Qo'ng'irot tumanidan shu yilning aprel oyida topilgan.
Yangi turga uning qalin mo'ylovlari sabab shunday nom berilgan.
@hujayrauz
Yangi turga uning qalin mo'ylovlari sabab shunday nom berilgan.
@hujayrauz
So'nggi qahramonimiz esa Penthicinus amudariensis Nabozhenko & Bekchanov, 2023 deb nomlangan. Uni ham Qoraqalpog'iston Respublikasi Beruniy tumanidan, yana ham aniqrog'i Quyi Amudaryo hududidagi biosfera qo'riqxonasidan joriy yilning aprel oyida topishgan.
Yangi tur Amudaryo sharafiga nomlangan.
Ex, Qoraqalpog'iston, Qoraqalpog'iston, hali senda yana qancha o'zining kashf etilishini kutib yotgan hayvonlar bor ekan-a?

Talablarga binoan sizlarni yosh kashfiyotchimiz bilan tanishtirib o'taman.
Yuqoridagi yangi qo'ng'iz turlarining muallifi mana shu yigitcha bo'ladi. Norbek Bekchanov, 27 yosh, Xorazmda biologlar oilasida tug'ilgan. Milliy universitetning biologiya yo'nalishida 2016-2022 yillarda bakalavr va magistraturani tugatgan. Hozirda Xivadagi Ma'mun akademiyasi tayanch doktoranti. Talabaligida biologiya fanidan o'tkazilgan Respublika olimpiadalarida g'olib bo'lgan. Eslaringizda bo'lsa Norbek 2019-yilda hujayra.uz da o'tkazilgan tanlovda ham g'olib bo'lgan edi.
Ayni vaqtda yosh olim O'zbekistonning qanotsiz qora tanli qo'ng'izlarini o'rganmoqda (PhD mavzusi - "O’zbekiston Tentyriini (Coleoptera: Tenebrionidae) tribasi qanotsiz qora tanli qo’ng’izlari"). Ha darvoqe, bugungi kashfiyot Norbekning birinchi ishi emas, u o'tgan yili ham yangi qo'ng'iz turini (Psammocryptus bogatchevi) kashf qilgan edi.
Ko'z oldimizda ajoyib taksonomist shakllanib bormoqda. Norbekka faqat va faqat omad tilab qolamiz!

Bugun tong saharda ekspeditsiyaga yo‘l oldik. Yo‘lda ketar ekanmiz sholizorda qo‘nib turgan bir to‘da oq laylaklar (Ciconia ciconia) ga duch keldik. Juda ham chiroyli manzara. Menimcha nonushta qilishmoqda 🐸🍜😁
@hujayrauz
@hujayrauz
Tog‘ flora va faunasini o‘rganish har doim qiziq bo‘lgan. Hozir Chotqol tizmasiga keldik. Ko‘ramiz nimalar topamiz ekan.
@hujayrauz
@hujayrauz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tabiatda bir-biridan farqli mini ekotizimlar mana shunday o‘zaro bog‘liqlikda mavjud bo‘la oladi. Bunday muhit hayvonlarning turli ekologik tokchalarda yashashlarini kuzatish va o‘rganish uchun eng ideal model hisoblanadi.
@hujayrauz
@hujayrauz
Tog‘dagi mana bu teraklar shahar mo‘ylovdori (Trirachys sartus) ning qurboniga aylanishibdi. Lekin boshqa tomondan ushbu qo‘ng‘izlar boshqa bir ekotizimning debochasini boshlab berishgan.
@hujayrauz
@hujayrauz
Tog‘larning quyosh botayotgandagi manzarasi bir so‘z bilan aytganda perfecto, chocolatto, bellissimo 🤩
@hujayrauz
@hujayrauz
Chotqol tog‘ tizmasida tong otmoqda. Daryo bo‘yida tanaga xush yoquvchi mayin shabada esmoqda, havo harorati +17°C, suv shildirab nimadir demoqchidek, menimcha ichidagi baliqlar haqida menga shipshiyapti 😃
Mana shu manzara, mana shu tabiat 100 yildan keyin ham ayni holda saqlanib qolishiga umid qilib rasmdagi ko‘prik ustida o‘ylaniiiib o‘tiribman hozir

Chotqol tizmalaridagi soylardan Turkiston qumbalig‘i (Gobio lepidolaemus) ni qayd etdik. Nihoyatda chiroyli baliqcha, har gal tutganimda xursand bo‘laman.
@hujayrauz
@hujayrauz
Vanihoyat qisqa muddatli ekspeditsiyamizni o‘z nihoyasiga yetkazib, jonajon Farg‘onamizga qaytib oldik.
Farg‘ona baribir boshqacha, har gal unga qaytishni yaxshi ko‘raman.
@hujayrauz
Farg‘ona baribir boshqacha, har gal unga qaytishni yaxshi ko‘raman.
@hujayrauz
Ishni ixtiologiya bo'yicha yangilikdan boshlaymiz!
Bugun Xalqaro baliqlar katalogi (Eschmeyer's Catalog of Fishes) baliqlarning tur soniga oid ma'lumotlar bazasi yangilanganligini e'lon qildi. Unga binoan joriy 2023-yilning 8-avgust kungi holatiga ko’ra, sayyoramizda 36 584 valid baliq turi mavjud. Bundan avvalgi yangilanish o‘tgan oy 6-iyul kuni bo‘lgan edi. O‘tgan 34 kun davomida baliqlar 32 turga boyigan. Umumiy holda 2023-yil boshidan beri jami kashf etilgan yangi baliq turlari soni 196 tani tashkil qiladi.
P.S. yuqoridagi rasmda iyul oyi so'nggida Afrikadagi Gvineya davlati hududidagi Niger daryosinign yuqori oqimidan kashf etilganlaqqasimonlar (Siluriformes) turkumi Mochikidae oilasiga mansub Chiloglanis frodobagginsi balig'i tasvirlangan. Ushbu tur "Uzuklar hukmdori" asaridagi Frodo Baggins sharafiga nomlangan. Yangi baliq turining kashf etilishi haqida batafsil xalqaro Ichthyology & Herpetology jurnalidan o‘qishingiz mumkin.

10-avgust Xalqaro sherlar kuni
Sher (arslon) - Panthera leo (Linnaeus, 1758) mushuksimonlar (Felidae) oilasining eng yirik vakillaridan biri. Tabiiy holda Afrika va Hindistonda tarqalgan. Xalqaro Qizil kitobga zaif holatdagi turlar (Vulnerable) maqomi bilan kiritilgan. So'nggi 30 yilda sherlar populyatsiyasi teng baravarga qisqargani aytiladi. Afrikadagi ayrim populyatsiyalari keskin qisqarib bormoqda. Masalan, 1990-yillarda Kongodagi Odzala-Kokoua milliy bog'i sherlar eng keng tarqalgan hudud hisoblangan bo'lsa, 2014-yilgi sanoq vaqtida bir dona ham sher qayd qilinmagan. Umumiy holda Afrikada 23-39 mingta atrofida sher qolgan deb hisoblanadi. Hindistonda ham ahvol yaxshi emas, ularning soni yildan-yilga qisqarmoqda, 2017-yilgi sanoq vaqtida atigi 650 ga yaqin sher qayd qilingan xolos.