ββEng kichik mitoxondrial DNK
Hozirgacha aniqlangan eng kichik DNK molekulasi odamda parazitlik qiluvchi Protozoa larga mansub Plasmodium falciparum bo'lib, uning mtDNK si 5967 nukleotid juftligidan tashkil topgan. Solishtirish uchun, odamning mtDNK si 16569 nukleotid juftligidan iborat.
Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA

ββBiologik atamalar bilan tanishamiz
Osteofagiya - bu odatdagi ayrim o'simlikxo'r hayvonlarning, ba'zan suyak yeb turish hodisasi bo'lib, bunday hayvonlar osteofaglar deb nomalanadi.
Odatda o'simlik tanasidagi fosfor juda kam miqdorda bo'ladi, ayrim hollarda esa bo'lmaydi. Fosfor esa hayvonlar uchun eng muhim elementlardan biri bo'lib, uning yetishmasligi hayvonlarda suyak hosil bo'lishining sustlashuvi, o'sishdan ortda qolish, jinsiy voyaga yetmaslik kabi salbiy oqibatlarga olib keladi. Bunday vaqtda hayvonlar beixtiyor fosfor tutgan mahsulotlarni yeyishga ehtiyoj sezadi.
Tadqiqotlarda aniqlanishicha ostiofagiya hayvonlar uchun tug'ma xususiyat bo'lib, hayvon organizmiga uzoq vaqt fosfor va kalsiy yetishmaganda ular ushbu mineral tutgan moddalarni, jumladan suyaklarni yeyishga tushadilar.
Osteofaglar hayvonlarga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin:
β sahro toshbaqasi;
β yirik shoxli qoramol;
β Grizli ayig'i;
β jirafa va boshqalar.
πQuyidagi rasmda boshqa bir qoramolning suyagini chaynayotgan osteofag buqa tasvirlangan.

ββTanlovning beshinchi kun savoli
Bugungi savolimizda Sizning zoologiyaga oid bilimlaringizni sinab ko'ramiz. Savol nihoyatda oddiy.
Savol: ushbu rasmda tasvirlangan hayvonning qaysi sinf, turkum, oila va turga oidligini toping.
Sinf, turkum, oila va tur. Ushbu sistematik birliklarning barchasini aniq topishingiz kerak. Birortasida adashsangiz javobingiz xato deb topiladi. Javobda istasangiz o'zbekcha nomlarini, istasangiz lotincha nomlarini yuborishingiz mumkin.
Bugungi savolning javobi yo'llash uchun 60 daqiqa vaqt ajratilgan. Javobingizni ism-sharifingiz bilan birga #tanlov heshtegidan foydalangan holda @hujayrauz_bot manziliga yuboring. Ism-sharifi ko'rsatilmagan javoblar qabul qilinmaydi. Javoblar bugun soat 20:30 gacha qabul qilinadi.

ββTanlov beshinchi savolining javobi
Ushbu rasmdagi hayvonning sistematik o'rni quyidagicha:
Sinf: Sutemizuvchilar - Mammalia
Turkum: Yirtqichlar - Carnivora
Oila: Haqiqiy tyulenlar - Phocidae
Tur: Janubiy dengiz fili - Mirounga leonina
Ushbu savolni berishdan maqsad sizlar zoologiya darsliklarida o'qiydiganingiz kurakoyoqlilar degan turkum ayni vaqtda mavjud emasligi, u ancha avval yirtqich turkumiga qo'shilib ketganligini bildirish edi.
Dengi fillarining ikki: shimoliy va janubiy turlari bor. Buni ham osongina topishingiz uchun dengiz fili ortida pingvinlar turgan suratni tanlaganmiz. Bilasiz, pingvinlar faqatgina janubiy yarim sharda yashaydi.
Bugungi savolga 33 nafar ishtirokchi javob yo'lladi. Ulardan 8 nafari to'g'ri javobni topa olishgan π. Tanlovda qatnashayotgan barchaga tashakkur. Ertaga oltinchi savol bilan kanal orqali ko'rishguncha.

ββTanlovning oltinchi kun savoli
Savol: Barchangiz restriktaza enzimlari haqida o'qigansiz. Ular hujayra ichiga kirgan begona DNK molekulalarini aniqlab, ularni ma'lum qismlargacha parchalab tashlaydi. Restriktazalar haqiqiy bakteriyalar va arxeylarning deyarli barchasida uchraydi. Bugungi savol juda ham oddiy, ya'ni restriktazalar hujayra ichiga kirgan begona DNK molekulasini parchalab tashlay olar ekan, unda nima uchun bakteriyalar o'zini bakteriofaglardan himoya qila olmaydi?
Javobingizni ism-sharifingiz bilan birga #tanlov heshtegidan foydalangan holda @hujayrauz_bot manziliga yuboring. Ism-shari ko'rsatilmagan javoblar qabul qilinmaydi. Javoblar bugun soat 21:00 gacha qabul qilinadi.

Tanlov oltinchi savolining javobi
Bu savolning javobi juda ham oddiy edi. Bakteriya ichiga kirgan bakteriofag DNK si odatda metillanadi (metillanish nima ekanligi haqida bu yerda o'qing), restriktazalar esa metillangan DNK fragmentlarini parchalay olmaydi. Shu bois ham bakteriya endonukleazalari uni bakteriofagdan himoya qila olmaydi.
Bu savolni berishdan kichik bir maqsad bor edi. Tanlovda qatnashayotganlar @hujayrauz kanalini kuzatadi yoki yo'qmi, mana shuni bilish edi. Sababi biz bu haqida hujayra.uz saytida bir necha oy avval maqola e'lon qilgan edik. Kim shu maqolani o'qigan va ichidagi materialni to'g'ri tushungan bo'lsa, to'g'ri javob yo'llay olgan. Lekin ba'zi javob yo'lovchilar maqolani to'liq o'qimaganliklari ham sezilib qoldi. Chunki ularning aksariyati "endonukleazalar nima uchun bakteriya DNK sini parchalamaydi?" degan savolga javob yozib yuborishgan.
Bugungi savolga 28 nafar ishtirokchi javob yo'lladi. Ulardan 10 nafari to'g'ri javobni topa olishgan π. Tanlovda qatnashayotgan barchaga tashakkur. Ertaga yettinchi savol bilan kanal orqali ko'rishguncha.

Tanlov adolatli bo'lyapti deb o'ylaysizmi? Kanal admini tanish-bilishchilik qilmayaptimikan?
Anonymous Poll
74%
adolatli bo'lmoqda
9%
menimcha tanish-bilishchilik bo'lyapti
17%
menga nima, tanlovni tezroq tugatinglar, zerikdim! ))
ββTanlovning yettinchi kun savoli
Bugungi savolimiz mikologiyadan bo'ladi. Quyidagi rasmda iste'molga yaroqli qizil qarag'ay zamburug'i (Lactarius deliciosus) ning uchta qismi ko'rsatilmoqda:
a - mevatanasi;
b - sporasi;
c - gifalari.
Ushbu ko'rsatilgan uchta organdagi xromosoma to'plami qanday ko'rinishda ekanligini maksimal aniqlikda ko'rsating.
P.S. xromosoma to'plami deyilganda ularning soni so'ralmayapti. Aynan gaploid, diploid, triploid yoki poliploidli nazarda tutilmoqda. Buni so'zda emas, aynan genetik belgilarda ko'rsating.
Bugungi savolning javobi yo'llash uchun 90 daqiqa vaqt ajratilgan. Javobingizni ism-sharifingiz bilan birga #tanlov heshtegidan foydalangan holda @hujayrauz_bot manziliga yuboring. Ism-sharifi ko'rsatilmagan javoblar qabul qilinmaydi. Javoblar bugun soat 21:00 gacha qabul qilinadi.

ββTanlovning yettinchi kun natijalari
Bugungi savol bir qarashda juda oddiy tuyulgani bilan juda ham oddiy savol emas edi. Bu savol 2010-yilda Xalqaro Biologiya olimpiadasida berilgan. E'tibor bergan bo'lsangiz savolda aynan ma'lum bir zamburug' turi ko'rsatilgan. Ushbu qizil qarag'ay zamburug'i (Lactarius deliciosus) bazidial zamburug'lar (Basidiomycota) bo'limiga oid zamburug' hisoblanadi. Ushbu zamburug'larning tana hujayralarida dikarion holatdagi yadrolar bo'ladi. Bu degani, bitta hujayra ichida ikkita alohida gaploid to'plamli yadro mavjud deganidir. Shundan kelib chiqib, savolga javob beradigan bo'lsak, ushbu zamburug'ning
a) mevatanasi - n + n
b) sporasi - n
c) gifalari - n + n
ko'rinishidagi xromosomalar to'plamiga ega bo'ladi.
Agar Siz mikologiya darslarida ustozingiz aytgan ushbu kichik holatlarga e'tibor bergan bo'lsangiz savolning javobini to'g'ri topa olgansiz. Bugungi savolga 22 nafar ishtirokchi javob yo'lladi. Ulardan 2 nafari savolga mutlaqo to'g'ri va to'liq javob yo'llagan, yana 2 nafar ishtirokchi esa mevataning o'zini dikarion holatda (n+n) ko'rsatib, negadir gifani diploid (2n) holatida ko'rsatganlar. Shunday bo'lsa-da, ular hech bo'lmaganda savolda nimani nazarda tutayotganimizni to'g'ri anglay olishgani bois, ularga ham ball berishga qaror qildik π. Tanlovda qatnashayotgan barchaga tashakkur. Ertaga sakkizinchi savol bilan kanal orqali ko'rishguncha deb qolamiz.

ββTanlovning sakkizinchi kun savoli
Bugungi savolimizda zamonaviy kladistikaga oid terminlarni qay darajada bilishingizni tekshirib ko'ramiz.
Nemis entomologi, hozirgi zamonaviy kladistikaning asoschisi Villi Henning kladistikaning asosiy tushunchalarini fanga olib kirgan. Jumladan, bugungi savolimiz mavzusiga aylangan holatni ham aynan u ilk bor ta'riflagan. Quyida bir tipik kladogramma keltirilgan. Biologik qonuniyatlarga binoan organizmlar evolutsiya davomida o'zining umumiy ajdod turiga xos bo'lgan ayrim belgilarni saqlaydi yoki ulardan voz kechadi yohud butunlay ajdod turga xos bo'lmagan yangi belgilarni paydo qiladi. Ushbu jarayonlarning har biri fanda o'z nomiga ega. Bugun sizlardan ana o'shalardan aynan birini so'raymiz.
Evolutsiya jarayonida umumiy ajdoddan (kladogrammadagi 1-nuqta) tarqalgan shoxlarning birida (2-nuqta) ajdod turga xos bo'lmagan yangi bir belgi paydo bo'ladi. Vaqt o'tishi bilan ushbu belgi xuddi shu nuqtadan tarqalayotgan avlod turlarga (A va B turlar) monofiletik ko'rinishda tarqaladi. Jarayonni yanada aniq tushunishingiz uchun misol keltiraman. Barcha sutemizuvchilarda umurtqa pog'onasining qismlari sonida nisbatan doimiylik kuzatiladi. Masalan, uzun bo'yinli jirafa va juda kalta bo'yinli sichqondagi bo'yin umurtqalari soni bir xil. Lekin xartumlilar, naytishlilar, damanlar, sirenalar kabi turkumlarni o'zida birlashtirgan afroteriya (Afrotheria) katta turkumi vakillarida ajdod tur va boshqa sutemizuvchilardan farqli ravishda ko'krak va bel umurtqalari sonining oshganligini ko'ramiz.
Savol: Mana shu holat, ya'ni filogenetik daraxtdagi bir nuqtada yangi belgining paydo bo'lib, qolgan avlodlarga tarqalishi fanda nima deb ataladi?
Bugungi savolning javobi yo'llash uchun 2 soat vaqt ajratilgan. Javobingizni ism-sharifingiz bilan birga #tanlov heshtegidan foydalangan holda @hujayrauz_bot manziliga yuboring. Ism-sharifi ko'rsatilmagan javoblar qabul qilinmaydi. Javoblar bugun soat 21:00 gacha qabul qilinadi.

ββTanlovning sakkizinchi kun natijalari
Savol aniq bo'lganligi uchun uning javobi ham aniq va lo'nda bo'ladi. Filogenetik daraxtdagi bir nuqtasida avvalgi umumiy ajdodda bo'lmagan yangi belgining hosil bo'lishi va uning boshqa avlodlarga tarqali jarayoni fanda sinapomorfiya deb ataladi. Sinapomorfiya haqida hozircha mana bu manbadan o'qib turing. Tanlov tugagach bu mavzuda kanalda bir maqola tayyorlab beraman.
Bugungi savolga 22 nafar ishtirokchi javob yo'lladi. Ulardan 11 nafari to'g'ri javobni topa olishgan π. Tanlovda qatnashayotgan barchaga tashakkur. Ertaga to'qqizinchi savol bilan kanal orqali ko'rishguncha deb qolamiz.

Volvoks (Volvox globator) qaysi dunyo vakili hisoblanadi?
Anonymous Poll
52%
hayvonlar
23%
o'simliklar
4%
zamburug'lar
6%
xromistlar
11%
protozoalar
2%
arxeylar
3%
bakteriyalar
ββTanlovning to'qqizinchi kun savoli
Tanlovning ushbu kunida sizlarning amaliy ko'nikmalaringizni sinab ko'ramiz. Bundan bir necha oy muqaddam kanal va saytimizda filogenetik daraxt qurishning ba'zi turlarini birgalikda ko'rib chiqqan edik. Bugun sizlar bilan xuddi mana shu mavzuda UPGMA usulida filogenetik daraxt qurib ko'ramiz.
Sinov uchun osyortlar (Acipenseridae) oilasining 10 ta vakili maxsus saralab olindi. Ularning to'liq mitoxondrial sitoxrom C oksidaza I (COI) geni bo'yicha genetik masofalari (K2P) quyidagi jadvalda keltirilgan. Ushbu genetik masofa asosida UPGMA usulidan foydalangan holatda ushbu oila vakillarining filogenetik daraxtda joylashuvini hisoblang. (Hisoblash jarayonida verguldan keyingi sonlarni to'rt xonali songacha yaxlitlab boring. Masalan, hisoblash jarayonida 0.00585 chiqsa, uni 0.0059 holida yozib keting).
Bugungi savolning javobi yo'llash uchun 3 soat vaqt ajratilgan. Filogenetik daraxtni chizib bo'lgach, uni rasmga olib ism-sharifingiz bilan birga #tanlov heshtegidan foydalangan holda @hujayrauz_bot manziliga yuboring. Ism-sharifi ko'rsatilmagan javoblar qabul qilinmaydi. Javoblar bugun soat 21:00 gacha qabul qilinadi.

ββTanlovning to'qqizinchi kun natijalari
Kecha berilgan genetik masofalar orqali osyotrlar oilasi vakillarining o'zaro filogenetik holatini UPGMA uslubida yasash so'ralgan edi. Kechagi tanlov savoliga 9 nafar ishtirokchi javob yo'lladi. Shulardan 3 nafari mutloq to'g'ri javob yo'llashgan. Qolganlarda bir organizmning o'rni bir xilda bitta nuqta yuqoriga joylashish bilan o'zgargan, shunday bo'lsa-da ularning barchalariga qolgan organizmlarni filogenetik daraxtda to'g'ri joylashtirishgani bois ball berishga qaror qildik. Tanlovda ishtirok etayotgan va uni kuzatayotganlarga tashakkurlar!
Quyida kechagi tanlov savolida so'ralgan osyotrlar oilasi vakillarining filogenetik daraxtni UPGMA uslubida MEGA 7.0 dasturida yaratilgan daraxti keltirilgan. O'zingizning natijalaringizni solishtirib ko'rishingiz mumkin.

Tanlov.pdf
420.3 KB
Tanlovning to'qqizinchi kun holatiga ko'ra ishtirokchilarning to'plagan ballari.
Ismlar yuqori ball to'plaganlar asosida alifbo tartibida berilgan.

Bugun tanlovimizning so'nggi kuni. Bugun g'olibimizni aniqlaymiz. Bugungi savol roppa rosa soat 18:00 da e'lon qilinadi. Bugungi savolning javobini topishdan ko'ra tezkorlik muhim hisoblanadi, boisi savol javobiga atigi 20 daqiqa vaqt ajratilgan xolos. Barcha qatnashuvchilarga omad tilab qolaman.
Darvoqe, kichik yordam, bugungi savolimiz bioinformatika fanidan bo'ladi π

ββTanlovning eng so'nggi savoli
Bugungi savolimiz avvaldan e'lon qilganimizdek bioinformatika fanidan bo'ladi.
Sizlarga quyidagi noma'lum bir organizmning sitoxrom C oksidaza I (COI) genining ma'lum bir fragmenti (596 bp) berilgan. Ushbu fragmentdan foydalangan holda quyidagi uchta savolga javob berishingiz kerak bo'ladi:
1) Bu DNK fragmenti qaysi organizmga tegishli? Organizm nomini aniq va to'liq aytishingiz lozim.
2) Bu DNK fragmentida nechta bo'shliq (GAP) mavjud?
3) Ushbu DNK fragmetidagi bo'shliqlar (GAP) o'rnida qaysi nukleotidlar bo'lishi kerak edi?
DNK fragmenti: GGCTGGAATAGTGGGGACTGCCTTAAGCCTCCTTATTCGGGCCGAACTAAGCCAACCCGGGTCACTTTTAGGAGATGACCAAATTTATAATGTTATTGTTACTGCCCACGCCTCGTAATAATTTTCTTTATAGTAATGCCAATTCTTATTGGAGGGTTCGGAAACTGACTCGTCCCACTGATGATTGGAGCCCCTGATATGGCATTCCCACGAATAAACAATATAAGCTTCTGATTATTACCTCCGTCATTCCTGTTATTATTAGCCTCTTCTGGTGTTGAGGCTGGCGCTGGAACTGGGTGAACAGTATATCCGCCACTCGCAGGTAATCTGCCCACGCAGGCGCATCAGTAGACTTAACAATCTTTTCACTTCATCTGGCGGGAGTATCATCAATCTTGGGTGCAGTCAACTTTATCACCACAATTATTAACATGAAACCCCCAGCTATCTCCCAGTACCAAACGCCGCTATTTGTGTGAGCCGTACTAGTAACAGCTGTCCTTCTCTATTGTCACTACCAGTTTTAGCTGCCGGAATTACAATACTTCTTACAGACCGTAATCTTAATACTAATTCTTCGACCCGGCAGGAGG
Tanlovning oxirgi savoliga javob bersh uchun sizlarga atigi 20 daqiqa vaqt ajratilgan. Javoblaringizni ism-sharifingiz bilan birga #tanlov heshtegidan foydalangan holda @hujayrauz_bot manziliga yuborishingizni so'raymiz. Ism-sharifi ko'rsatilmagan javoblar qabul qilinmaydi.

ββTanlovning so'nggi natijalari
Tanlovning so'nggi savolida DNK fragmenti keltirilgan organizm bu Holsik tezsuzar balig'i (Alburnoides holciki) edi. Uning yuqorida keltirilgan DNK sida 4 ta bo'shliq (GAP) bor bo'lib, o'sha bo'shliqlarda T, T, C, C nukleotidlari tushirib qoldirilgan. Bu vazifani BLAST dasturidan foydalangan holda aniqlash lozim edi. Bu haqida ilgari kanal va saytimiz orqali batafsil maqola e'lon qilgan edik.
Tanlovning oxirgi savoliga 5 nafar ishtirokchi javob yo'lladi. Shulardan 1 nafar ishtirokchi (Behruz Ochilov) eng to'g'ri va to'liq javobni, 3 nafar ishtirokchi esa kichik juziy kamchilik bilan to'g'ri javobni yo'llashdi. Bir kishi esa umuman noto'g'ri javobni yo'lladi. Shu bilan tanlovimiz o'z nihoyasiga yetdi.
Tanlov natijalariga ko'ra eng yuqori ball olgan uch kishining ballari bir xil bo'lib qoldi:
1. Norbek Bekchanov - 7 ball
2. Ne'matjon Rajavob - 7 ball
3. Zuhriddin Obloqulov - 7 ball
Vaziyatni to'g'ri hal etish uchun uchchala ishtirokchiga qo'shimcha savol berildi. Unda Norbek va Zuhriddin teng holatda birinchi o'ringa davogar bo'lib qolishdi. Shundan so'ng ushbu ikki ishtirokchiga ketma-ket holda qo'shimcha holatda yana 3 ta savol berildi. Va natijada Zuhriddin Obloqulov tanlovimizning mutloq g'olibiga aylandi.
Tanlovimizning yakuniy natijalari quyidagicha bo'ldi:
π₯Zuhriddin Obloqulov
π₯Norbek Bekchanov
π₯Ne'matjon Rajabov
Tanlovdagi 10 ta savolga javob berishda jami 126 nafar ishtirokchi qatnashdi. Tanlovda qatnashgan, uni yaqindan kuzatib borganlarga o'z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.
Tanlov g'olibi Zuhriddin Obloqulovga kanalimizning doimiy hamkori "Jajji akademik" jurnalining bir yillik obunasi taqdim etiladi. G'alaba yana bir bor muborak bo'lsin!

Qat'iy tavsiya
Kelajak uchun qilingan eng katta investitsiya bu bilim olishga sarflangan mablag', vaqt va harakatdir. U hech qachon zoye ketmaydi. Kiyim-kechak, oziq-ovqat, sayohat, soliqlarga tikilgan pullar iqtisodda passiv deyiladi, sababi bu pullar hech qachon ortga qaytmaydi. Bilim, ko'chmas mulk, aksiyalarga tikilga mablag' esa aktiv bo'lib, ular har doim qaytadi, har doim.
Istalgan kamolotga yetgan shaxs bilan suhbatlashmang, u ishni bilim olishdan boshlash kerakligini aytadi. Shaxsan o'zimning hayotimda ham bu holatni boshdan o'tkazganman. Yoshligimda akam, xolalarim o'g'illarining kichkina bo'lib qolgan kiyimlarini kiyib katta bo'lganman, maktabni bitirgunimcha Farg'ona viloyatining uchta tumanidan tashqariga chiqmaganman, hatto universitetga kirganimda na telefonim, na kompyuterim bor edi. Lekin ota-onam yoshligimdan bilim olishimga sharoit yaratib bergan, qishloq, tuman kutubxonasiga borar edim, biologiya fanimga doir darsliklardan boshqa manbalar bilan muntazam tanishib borardim. Universitetda o'qigan vaqtimda ham bu odatimni tashlamaganman, stipendiyamning asosiy qismini kitob sotib olishga sarflaganman, vaqtimning asosiy qismini esa viloyat markaziy kutubxonasida o'tkazganman. Hozir esa biroz nokamtarlik bilan bo'lsa ham aytishim mumkinki, o'sha vaqtda men bilan birga yo'lga chiqqan tengdoshlarim, sinfdoshlarim va hatto kursdoshlarimdan ancha ilgarilab ketganman. O'qiganim sabab O'zbekistonning men ko'rmagan va bormagan viloyati qolmadi, mana chet elga chiqib ilmiy tadqiqot olib boryapman, xalqaro konferensiyalarga taklifnomalar olaman, bularning barchasi o'sha yoshligimda qattiq mehnat qilib o'qiganim, fanimga doir qo'shimcha, boshqalar o'qimagan adabiyotlar bilan tanishib borganim, dunyoqarashimni kengaytirishga xizmat qilgan turli ilmiy jurnal va kitoblarni o'qiganim deb bilaman. Yoshligimda bizdanda boy yashagan, mendanda yaxshi kiyib, yaxshi yeb-ichgan, mendanda ko'rkam bo'lgan tengdoshlarimning mening o'rnimda emasligining yagona sababi bu bilim, o'qish va dunyoqarash deb bilaman.
Kanalimning qadrli doimiy kuzatuvchalari! Agar uyingizda 7-14 yoshdagi farzandingiz, ukangiz, jiyaningiz, nabirangiz bo'lsa va kelajakda ularning ilm-fanga qiziqadigan, dunyoqarashi keng, fanlarni nozik darajada his eta oladigan va eng muhimi ilm yo'lidan ketib kelajagi porloq shaxs bo'lib yetishishi istasangiz, hozirdanoq ularning kelajagi uchun aktivlaringizni tiking! Bolalarni ilm-fanga qiziqtira oladigan turli rasmli kitoblar, ensiklopediyalar, jurnallar xarid qiling. Hozir ularni arzimagan pulga sotib olsa, topsa bo'ladi. Mana shu arzimagan mablag'ingiz, harakatingiz ertaga juda katta miqdorda o'zingizga qaytadi.
Mana shunday bolalar ilmiy-ommabop jurnallaridan biri bo'lgan "Jajji akademik"ka ham obuna bo'lishni tavsiya qilaman. Men bu jurnalga ko'ngilli ravishda "Atrofimizdagi olam" rukni uchun maqolalar yozib beraman. Mendan tashqari jurnalda har bir fan bo'yicha o'zining eng zo'r mutaxassislari material tayyorlashadi, kuchli dizaynerlar har bir sahifa ustida ish olib boradi. Jurnal muharriri har bir materialning bola yoshiga, ruhiyatiga mosligini tekshirib chiqadi, uning dunyoqarashini kengaytirishiga qanday hissa qo'shishiga alohida e'tibor beradi. menga yoqadigan jihati jurnalda faqat yoshlar, zamonaviy fikrlaydigan professionallar faoliyat yuritadi. Men o'zim ham jurnalga obuna bo'lganman, chunki boshqa fanlar bo'yicha mutaxassislarning tayyorlayotgan materiallari shaxsan men uchun juda ham qiziq.
Yillik obuna narxi atigi 70200 so'mni tashkil etadi xolos! Undan ko'ra bu pulga 1,5 kg go'sht olib maza qilib yeyman desangiz ham bo'ladi. Lekin unutmang, 1,5 kg go'sht bir haftaga bormasdan tugaydi, shu bilan qorningiz yana och qoladi, lekin bu pulga farzandingiz, ukangiz, jiyaningiz, nabirangiz bir yil davomida umrida eshitmagan, ko'rmagan narsalari haqida ma'lumotlarni o'qib boradigan jurnal ham olishi mumkin.
Jurnalga obuna bo'lish u qadar qiyin emas, online holda 3 ta harakat bilan obuna bo'lishingiz mumkin.
Mana bu manzil orqali muammosiz, osongina obuna bo'la olasiz: https://jajjiakademik.uz/obuna/

Yana takrorlayman, tanlov hamisha o'zingizda bo'ladi. Istasangiz farzandingiz kelajakda butun qishloq, tuman, viloyat, mamlakat faxrlanadigan, havas, kerak bo'lsa hasad bilan boqadigan yetuk shaxs bo'lib yetishadi. Istamasangiz ertaga "buni qayergadir ishga joylashtirish kerak, uzatish kerak, uylantirish kerak, Rossiyaga yuborsammikan" deb ham qolishingiz ehtimoldan xoli emas.
Ha darvoqe, bitta jurnalga obuna bo'lsa baxt qushi boshimda ekan deb o'ylamang, bu faqatgina boshlanishi, qo'lingizda elita urug' bo'lgani bilan dalani shudgor qilib, uni ekib, sug'orib parvarishlamaguningizgacha undan hosil ololmaysiz. O'ylaymanki, to'g'ri yo'lni tanlay olasiz!
"Jajji akademik" jurnaliga online obuna bo'lish uchun:
π https://jajjiakademik.uz/obuna/ π

Forwarded from Jajji akademik
β 30-noyabr Xalqaro uy hayvonlari kuni
1930-yilda uy hayvonlarini himoya qilish maqsadida xalqaro tabiat himoyachilarining kongressi boβlib oβtgandi. Italiyaning Florensiya shahrida oβtgan kongressda 30-noyabr Xalqaro uy hayvonlari kuni deb belgilandi. Mana, 89 yil davomida bu kun dunyoning juda koβp davΒlatlarida ommaviy ravishda nishonlanmoqda. Bu kunda hayvonlarni turli noqulayliklardan asrab-avaylash, davolash, uysiz qolgan hayvonlarni himoyaga olish borasida keng targβiΒbot ishlari amalga oshirilmoqda.