IMA | Buxoro hududiy bo'limi
325 subscribers
19.7K photos
600 videos
11 files
3.31K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Buxoro viloyati hududiy bo'lim rasmiy kanali.
Download Telegram
#Buxoro_Prezident_maktabi

❇️YANGI O‘QUV YILIDA BUXORODAGI 8 TA MAKTABDA YANGICHA TARTIBDAGI BAHOLASH TIZIMI TAJRIBA-SINOVDAN O‘TKAZILADI

Batafsil 👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-08-25

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
O‘qishga qabul qilingan talabalarning grant o‘rinlari to‘grisida dastlabki ma'lumot!

👍 Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-iyundagi qarori bilan “Yangi O‘zbekiston” universitetining iqtidorli talabalariga davlat grantini berish tartibi to‘g‘risida nizom talablaridan kelib chiqib, 2023/2024 o‘quv yili uchun o‘qishga hujjat topshirgan va 1-kursga o‘qishga tavsiya etilgan talabalarga qancha miqdorda grant ajratilganligi to‘g‘risida dastlabki ma'lumot shakllantirildi.

👇 Siz quyidagi havola orqali kirib, imtihonlarda olgan balingizga ko‘ra universitet tomonida qancha miqdorda grant ajratilganligi to‘g‘risida bilib olishingiz mumkin.

📍Havola: https://newuu.uz/en/exam-info

🎗O‘qishga qabul qilingan barcha talabalarni tabriklaymiz!

🔁 English

#qabul2023 #grant

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Yangiliklar 24 | Prezident maktablari rahbarlari uchun oʼquv seminari
#uzbekiston24

Seminar doirasida Prezident maktablarining Xalqaro CIS akkreditatsiya jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish, CIS jamoasining Prezident maktablariga uyushtirilishi belgilangan tashriflari, Prezident maktablarida yuqori saviyadagi ta’lim berishni yo‘lga qo’yish, Fanlararo integratsiyalashgan o‘quv rejalari kabi mavzular o’rganiladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#RaqamliAvlod
#InklyuzivITOromgohi
#Sarhisob

⚡️Inklyuziv "Raqamli avlod IT Oromgohi"
1-kunidan videolavha
🔥

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#New_Uzbekistan_university

❗️“Diffusion Fundamentals X” xalqaro ilmiy konferensiyasi o‘tkaziladi

📆 Joriy yilning 6–8-sentyabr kunlari Agentligimiz tizimidagi "Yangi Oʻzbekiston" universitetida fizika, matematika va muhandislik sohalarida dunyo miqyosidagi yangi nazariya va bilimlarni birgalikda muhokama qilish maqsadida 10-Xalqaro “Diffusion Fundamentals” ilmiy konferensiyasi o‘tkaziladi.

🗺 Konferensiya Germaniya, AQSH va Polsha kabi davlatlarda 2005-yildan beri o‘tkazilib kelinayotgan bo‘lib, Markaziy Osiyoda birinchi marta Oʻzbekistonda o‘tkazilmoqda.

🫥 Ushbu konferensiyada barcha ilm-fanga qiziquvchi yoshlar, tadqiqotchi olimlar hamda professorlar ishtirok etishlari mumkin.

Batafsil ma’lumot olish va ro‘yxatdan o‘tish: https://dfx.newuu.uz/

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Самадова Мархабо
#Kogon_shahar_ixtisoslashtirilgan_maktab
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda yo‘lga qo‘yilgan o‘quvchilarning bilimini formativ va summativ baholash tizimi ijobiy samara berganligi tufayli mazkur baholash tizimini umumta’lim maktablarida ham joriy etish belgilangan edi. 
Shu munosabat bilan bugun 26-avgust kuni Kogon shahar 9-umum ta'lim maktabida Kogon shahar ixtisoslashtirilgan maktabi maslahatchisi Shamsiyeva Sevara Ruslanovna boshchiligida seminar trening bo'lib o'tdi.
Seminar foydali ma'lumotlarga boy bo'ldi va o'qituvchilar o'zlаrini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.
#Kogon_shahar_ixtisoslashtirilgan_maktab
IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQALAYOTGAN HOLAT YUZASIDAN RASMIY MUNOSABAT

Samarqand shahridagi Prezident maktabi buyurtmachiligida etender.uzex.uz maxsus axborot portaliga 2023-yil 28-iyul kuni joylashtirilgan qiymati 311,8 mln so‘mlik “Maktab formalari xarid qilish” yuzasidan e’lon berilgan.

Ushbu tanlovda ikkita tadbirkorlik subyekti ishtirok etgan bo‘lib, mazkur davlat xaridi bo‘yicha xarid komissiyasining 2023-yil 5-avgust kunidagi eng yaxshi taklifni tanlash bo‘yicha elektron shaklda imzolangan bayonnomasiga ko‘ra ularning biri tanlov g‘olibi, ikkinchisi esa zaxiradagi g‘olib deb topilgan.

Ushbu davlat xaridlarida O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasi (raqobat va xolislik prinsipi), 14-moddasi (manfaatlar to‘qnashuvi), 20-moddasi (xarid komissiyasining huquq va majburiyatlari), 46-moddasi (davlat xaridlari jarayonidagi cheklovlar) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartib-taomillarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Qarori bilan tasdiqlangan Nizomning bir qator talablariga amal qilinmagan.

Xususan, ushbu xaridlarda ishtirok etgan talabgorlarning hujjatlari xarid komissiyasi aʼzolari foydalangan qurilmalar (IP-manzillari bir xil) orqali elektron platformaga yuklangan.

Mazkur holatlar bo‘yicha Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan Samarqand shahridagi Prezident maktabi xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazilib, tanlov bayonnamasi bekor qilindi hamda aniqlangan kamchiliklarga yoʻl qoʻygan masʼullarga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Maktablarning 10–11-sinf o‘quvchilari diqqatiga!

💥 “Yangi O‘zbekiston” universitetda CPU tayyorlov kurslariga qabul davom etmoqda!

⚡️ Endilikda siz kurslarimizda o'qib, TOEFL hamda SAT sertifikatlariga ega bo‘lishingiz mumkin.

👨‍🏫 Mazkur kurslar yuqori salohiyatli professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi.

👉 Kurs hamda qabul shartlari haqida batafsil ma'lumot olish va ro‘yxatdan o‘tish: https://newuu.uz/uz/pre-university#apply

📄 Ushbu sertifikatlarga ega abituriyentlar yurtimizdagi va xorijdagi nufuzli oliy ta'lim muassasalariga kirishda imtiyozlarga ega bo‘lishadi.

🔁 English

#tayyorlov_kurslari #SAT #TOEFL

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook