IMA | Buxoro hududiy bo'limi
323 subscribers
19.8K photos
612 videos
11 files
3.32K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Buxoro viloyati hududiy bo'lim rasmiy kanali.
Download Telegram
Forwarded from ZIKIROV SH
#Buxoro tuman IM
#Bizning is'tedodli o'quvchilarimiz   

 📝📝“She'riyat”📝📝

Sheriyat-ilohiy, ruhiy kuch u,
She’riyat-ilhomiy, ijobiy tuyg’u.
She’riyat merosi berilgan menga,
She’riyat-haqiqiy, shirin bir og’u.


9-blue sinf o'quvchisi Mansurova Shukrona ijodidan

https://t.iss.one/BuxtumanPM
Forwarded from ZIKIROV SH
#Buxoro tuman IM
#Bizning is'tedodli o'quvchilarimiz   

 📝📝“Bahor”📝📝

Shudringni sog’ingan maysalar aytsin,
Olislarga ketgan turnalar qaytsin,
Sabring limmo-lim jomlari sinsin,
Ko’klamning ifori taralsin har yon,
Bulbullar tegramda sayrasin biyron.

Binafsha atrini shabboda tuysin.
Intizor novdaning kurtagi kulsin,
Chechakda bezanib, Navro’zim kelsin.
Kamalakka boqib, yayraylik shodon,
Umrimiz bahordek o’tsin sho’x- shodon.

5-green sinf o'quvchisi Xayrullayev Jahongirmirzo ijodidan

https://t.iss.one/BuxtumanPM
Forwarded from ZIKIROV SH
#Buxoro tuman IM
#Bizning is'tedodli o'quvchilarimiz   

 📝📝“Bahor”📝📝

Qor erib jo’naganda,
Lola unib kulganda.
Ayoz qish tugaganda,
Bahor kelib quvnasin.

Go’zal bahor kelganda,
Yashil maysa unganda.
Sumalaklar pishganda,
Bahor kelib quvnasin.

Quyosh nurlari sochganda,
Havo isib ketganda.
Varraklar ham uchganda,
Bahor kelib quvnasin.

5-green sinf o'quvchisi Ramazonova Rayhona ijodidan

https://t.iss.one/BuxtumanPM
Forwarded from ZIKIROV SH
#Buxoro_tuman_Ixtisoslashtirilgan_maktabi
Alisher Navoiynng 584 yilligi.
Buxoro tuman Ixtisoslashtirilgan maktabida“ Buyuk shoir , davlat arbobi va mutafakkir Alisher Navoiyning hayoti va ijodi –ibrat maktabi”  mavzusida  “Ma’rifat soati  bo’lib o’tdi.  Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutadi. Ulug‘ shoir o‘zining she’riy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy g‘oyalarni, ona tilimizning beqiyos so‘z boyligi va jozibasi, latofati bilan namoyon etib, millionlab kitobxonlar qalbidan joy egalladi.
https://t.iss.one/BuxtumanPM
Forwarded from Sherdil Adizov
#Buxoro_shahar_2_son_IMI


🏢 Buxoro shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 9-10- sinf o'quchilari bilan Buxoro Davlat Universitetning Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakultetiga tashrif uyushtirildi.

💠 Tashrif davomida fakultet rahbariyati va professor o'qituvchilari o'quvchilar bilan suhbat o'tkazib o'quvchilarning barcha savollarga javob berdilar

💠  Fakultet laboratoriyalarida professor o'qituvchilar tomonidan o'quvchilar uchun amaliy darslar o'tib berildi.

O'quvchilarning ushbu tashrifdan orttirgan amaliy tajribalari ularning kelajakda kasb tanlashlari  va vatanimiz uchun munosib yetuk inson bo'lib yetishishlari uchun xizmat qiladi degan umiddamiz!

📲 BIZNI KUZATIB BORING