IMA | Buxoro hududiy bo'limi
326 subscribers
19.4K photos
571 videos
11 files
3.27K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Buxoro viloyati hududiy bo'lim rasmiy kanali.
Download Telegram
Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 👮‍♂️ Milliy gvardiya xodimi L.Olimov hamda maktabning CHQBT rahbari I.Saidqulov boshchiligida "Kamondan o‘q otish" musobaqasi o'tkazildi.
🏹 Tashrif davomida kamondan o'q otish sport musoboqasi o'tkazildi. O'quvchilar musoboqada o'z kuchlarini sinashishdi.Musoboqa yakunida g'olib o'quvchilar diplom va faxriy yorliq bilan taqdirlanishdi.               
⛹️‍♂️🏇🏌️‍♂️
🏢 Bu musoboqa o'quvchilarning kamondan o'q otish bo'yicha bilimlarini oshirishda va amaliyotda qo'llab ko'rishlariga sharoit yaratdi.

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
Forwarded from IMA Buxoro tumani ixtisoslashtirilgan maktabi (Shodiyeva Gulruxsora)
#Buxoro tuman_IM
#akademik_bilan_suhbat
🏢 12-noyabr sanasida  O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Matematika instituti direktorining ilm-fan bo‘yicha o‘rinbosari, Butunjahon Fanlar akademiyasi (TWAS) a'zosi, akademik Roziqov O'tkir Abdulloyevich Buxoro tuman  ixtisoslashtirilgan maktabiga tashrif buyurdi.
📌Olim maktabda faoliyat olib borayotgan matematika fani o'qituvchilari hamda "Yosh akademiklar" klubi a'zolari bo'lgan faol o'quvchilar bilan amaliy mashg'ulot olib bordi.
📌Tadbir davomida matematika faniga davlat darajasida ko'rsatilayotgan e'tibor, fanning jamiyat rivojida tutgan muhim o'rni, fandagi murakkab masalalar bo'yicha fan o'qituvchilari va o'quvchilar bilan fikr almashdi.
📌O'quvchilar o'zlarini qizitirgan savollarga javob olishdi. Maktab jamoasi ushbu tashrif uchun akademik Roziqovga minnatdorchilik bildiradi.

🏢Buxoro tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram |Telegram |Facebook | You tube
Forwarded from IMA Buxoro tumani ixtisoslashtirilgan maktabi (Sodiqova Visola Yunusovna Buxoro IM O'IBDÕ)
#Farmon_ijrosi_amalda
#Akademik_bilan_muloqot

OʻQUVCHILAR AKADEMIKLAR BILAN UCHRASHDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilingan edi
Farmon ijrosi doirasida Buxoro tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Õzbekiston Fanlar akademiyasi Matematika instituti direktorining ilm-fan bŏyicha õrinbosari akademik Roziqov Õtkir Abdulloyevich bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilarga mamlakatimiz va jahon fanidagi dolzarb masalalar va yangiliklar haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Tadbir qiziqarli savol-javoblarga boy boʻldi.

https://t.iss.one/BuxtumanPM
#Kogon_tuman_IM
#Japan_education_fair_2024

🏢 Joriy yilning 8-noyabr sanasida Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining bir guruh til sertifiktiga ega bo'lgan 10-sinf o'quvchilari “Japan Education Fair Bukhara-2024” ta’lim koʻrgazmasida ishtirok etishdi.

«Japan Education Fair Bukhara 2024» ta'lim ko'rgazmasi doirasida o'quvchilar Yaponiyadagi nufuzli oliy ta'lim muassasalari, ulardagi qabul jarayonlari haqida mutaxassislardan to'liq ma'lumotlar olishdi.

Ko'rgazmada Yapon oliygohlari vakillari ta'lim yo'nalishlari (bakalavr, magistratura va doktorantura) uchun ajratiladigan grantlar va stipendiyalar haqida ham ma'lumotlar berishdi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I