IMA | Buxoro hududiy bo'limi
324 subscribers
19.8K photos
606 videos
11 files
3.31K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Buxoro viloyati hududiy bo'lim rasmiy kanali.
Download Telegram
Forwarded from Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktab (rasmiy) (Farhod Ergashovich)
#Peshku_tuman_IM
#Ochiq_eshiklar_kuni

''YANGI O‘ZBEKISTON-MAKTAB OSTONASIDAN BOSHLANADI''
SH. MIRZIYOYEV

🔰Joriy yilning 11-may sanasida Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktabida"Ochiq eshiklar kuni'' bo‘lib o‘tdi.
❇️ Ochiq eshiklar kunida:
Maktab haqida taqdimot;
Qabul jarayonlari haqida savol – javob;
Maktab binosi bo'ylab sayohat
Qiziqarli dars mashg'ulotlari oldindan rejalashtirilgan dastur asosida tashkil etildi. Tumanimizning o‘qish ishtiyoqi baland o‘quvchi-yoshlari va ularning ota-onalari, bobo-buvilari bilan tashrif buyurishdi.
❇️ “OCHIQ ESHIKLAR KUNI'' munosabati bilan tashrif buyurgan oʻquvchilar va ularning ota-onalariga maktabimiz haqida toʻliq ma’lumot berildi va maktab hududi, dars jarayonlari hamda maktabda mavjud barcha sharoitlar tanishtirildi.
''Ochiq eshiklar kuni'' tadbirlari barchaga shukronalik, yaxshi kayfiyat ulashdi!

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇
https://www.facebook.com/groups/916810355962248/?ref=sharehttps://t.iss.one/Peshku_PTMA
#Kogon_shahar_IM
#"Qahramonlar nomi barhayot"

❇️9- may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan maktabning 8- sinf o'quvchilari bilan harbiy sport musobaqalari o'tkazildi.

❇️Musobaqa 1000 metrga yugurish estafetasi bilan boshlandi.Estafeta jarayonida o'quvchilar himoya vositasini kiyib yugurish,balon dumalatish,tosh ko'tarib yugurish,yarador askarga tez yordam ko'rsatib manzilga etkazish kabi topshiriqlarni bajarishdi.
So'ngra turnikda tortilish,qizlar uchun 90 gradusda gavdani ko'tarish va tushirish kabi mashqlar bajarildi.G'oliblar aniqlandi.

🥇8-"D" sinf jamoasi
🥈8-"B" sinf jamoasi
🥉8-"A" sinf jamoasi

📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
Telegram | Facebook
#Kogon_shahar_ixtisoslashtirilgan_maktab
❇️ 9- may "Xotira va qadrlash kuni"

Kogon shahar ixtisoslashtirilgan maktabda ushbu sanaga bag'ishlangan rasmlar tanlovi o'tkazildi.
🖼 Tanlovda maktabning 6-sinf o'quvchilari ishtirok etib,o'z iste'dodlarini chizgan suratlarida namoyish etdilar.

📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram/Facebook
#Kogon_shahar_IM
#Fanlar integratsiyasi
#Jarayon

❇️Kogon shahar ixtisoslashtirilgan maktabda joriy yilning 13- may sanasida 9- may "Xotira va qadrlash kuni"ga bag'ishlab ,jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi A.Ergashev va tarix fani o'qituvchisi I.No'monovlar 8- sinf o'quvchilari bilan
integratsiyalashtirilgan dars o'tkazishdi.

❇️Dars jarayonida 4 ta topshiriq bajarildi.
📌Basketbol xalqasiga to'pni tushirish.
📌Berilgan savollarga tezkorlik bilan javob yozish.
📌"Zakovat"(10 ta savol).
📌Kamondan o'q otib ,ball to'plash.

Bunday darslar o'quvchilarda bir vaqtning o'zida ham tezkorlikni ,ham zukkolikni shakllantiradi.

📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram/Facebook