IMA | Buxoro hududiy bo'limi
305 subscribers
23.7K photos
701 videos
65 files
3.84K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Buxoro viloyati hududiy bo'lim rasmiy kanali.
Download Telegram
✳️Bizning shunday o'quvchilarimiz bor✳️
Bizda ajoyib yangiliklar...
Bir emas, ikki emas, besh nafar o'quvchilarimiz - 10-a sinf o‘quvchisi Norqulova Shahrizoda, 10-b sinf o‘quvchisi Erkinova Sevara, 8-a sinf o'quvchilari Ilhomjonov Shohijahon, Shuxratov Shahruz, Abdamitov Bektemirlar CHET TILINI BILISH DARAJASI  to'g'risidagi B2 sertifikatini qo'lga kiritishdi.
❇️Avvalo, aqlli, farosatli, bilimli, dono farzandlarni tarbiyalagan ota-onalarga, so'ngra, ta'lim bergan Ustozlarga tashakkur!!!
✳️Yutuqlaringiz muborak bo'lsin, qadrli o'quvchilar! Kelgusida nufuzli oliygohlar talabasi bo‘lish baxtiga muyassar bo'lganligingiz bilan qutlash nasib etsin! Doimo nafaqat maktabning, balki elning faxri, g'ururi bo'lib yuringlar!
IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
Forwarded from ZIKIROV SH
#Buxoro_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktab
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar_bildirilgan_ishonchni_oqlashni_boshladi

Hech qanday qo'shimcha kurslarsiz maktabda ustozlariining bergan bilimlari bilan natijaga erishish mumkinligini o'quvchilarimiz birin-ketin isbotlashmoqda.

Buxoro tuman ixtisoslashtirilgan maktabining bir qator o'quvchilari milliy CEFR Multilevel imtihonida sertifikatlarni qo'lga kiritdilar.

📌Choriyeva Feruza C1 (9-sinf)
📌Sanoboyeva Ruxsatbonu B2 (9-sinf)
📌Farhodov Samir B2 (9-sinf)
📌Abulqosimova Moxinabonu B2 (10-sinf)
📌Fazliddinov Shaxboz B2 (9-sinf)
📌Nabiyeva Shoxsanam B1 (10-sinf)
📌Vahobov Abduvali B1 (9-sinf)

O'quvchilarimizning bu yutuqlariga erishishlarida mehnatlari singgan ingliz tili fani o'qituvchilari Ochilova Zulayho Hasanovna va Gaffurova Gulnoza Ravshanovna hamda doimo qo'llab turgan ota-onalariga minnatdorchilik bildiramiz.

IMA Buxoro tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasiga a'zo bo'ling: 👇

https://t.iss.one/BuxtumanPM
#YUTUQLARIMIZ

❇️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
🏢 Buxoro shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining
6-"A" sinf o'quvchisi
Xudoyberdiyeva Farangiz Jasur qizi CHET TILINI BILISH DARAJASI to'g'risidagi B2 sertifikatiga ega bo'ldi.

♻️Bilim-harakat-izlanish taraqqiyot asosidir!

Yosh bo'lishiga qaramay, ajoyib natijani qo'lga kiritgan izlanuvchan o'quvchimizning o'qishlariga muvaffaqiyat tilaymiz!



https://t.iss.one/specializedboardingschool
Forwarded from Maftuna Nurullayevna
#Shafirkan_specialized_school
#Counselor&Teacher_Cooperation
#Workshop

🏢Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida maktab maslahatchisi Tosheva Maftuna tomonidan "O'quvchilarda zamonaviy kasbiy ko'nikmalarni rivojlantirishda maktab maslahatchisi hamda o'qituvchining hamkorligi" mavzusida seminar tashkil qilindi.

🎗Seminarda maktab o'quvchilarining  hayotida maktab maslahatchisi va  o'qituvchining o'rni,vazifalari va bunda ularning hamkorlikda ishlash samarasi to'g'risida ma'ruza tinglandi va dastur doirasida taqdimot namoyish qilindi.

📌Seminar davomida o'quvchilarning maktabda va shaxsiy hayotida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammoli vaziyatlarga yechim topishga bag'ishlangan "Case study" interfaol metodidan foydalanildi.Maktab maslahatchisi tomonidan o'rtaga tashlangan  muammoli vaziyatlar birgalikda o'rganilib,muqobil yechimlar topildi.

Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari
👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
❇️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabda Vatanparvarlik oyligi doirasida 12-yanvar kuni ertalab sinf soati o'tkazildi.Sinf soatida o'quvchilarga 14-yanvar " Vatan himoyachilari kuni " ga bag'ishlab, ma'lumotlar va videorologlar qo'yib o'quvchilarga tushuncha berildi. Har bir yigitning Vatan oldidagi burchi, unga sadoqatli bo'lish haqida tushunchalar berildi.

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook