IMA | Buxoro hududiy bo'limi
331 subscribers
17.8K photos
544 videos
11 files
3.07K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Buxoro viloyati hududiy bo'lim rasmiy kanali.
Download Telegram
#Kogon_shahar_ixtisoslashtirilgan_maktab
❇️ Joriy yilning 10-avgust sanasida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2023-yil 27-iyundagi 192-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida "Umumta'lim maktablarida yuqori sinf o'quvchilarining qobiliyati va tanlovi asosida ta'lim jarayonlarini tashkil etishni tajriba sinovdan o'tkazish" yuzasidan Kogon shahar ixtisoslashtirilgan maktabi hamda shahardagi 7-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi bilan hamkorlikda seminar-trening tashkil etildi.
❇️O'quv treningda Qilichev Qodir Boboqulovich ishtirok etib,avvalo bunday seminar-treninglarni o'qituvchilar o'rtasida tashkil etishdan asosiy maqsad haqida qisqacha izoh berib,yig'ilganlarning qiziqtirgan turli savollariga javob berdi.
❇️Bundan tashqari Kogon shahar ixtisoslashtirilgan maktab o'qituvchilaridan S.R.Shamsiyeva, B.Q.Qilichevlar tomonidan seminar-trening ishtirokchilariga yangi baholash tizimi va uning qoidalari haqida batafsil ma'lumotlar berib o'tildi.
Telegram/Facebook
Forwarded from ESL Educator Mrs Maftuna
#Shafirkan_specialized_school
#Collaboration
#Workshop

🏢Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining
2023-yil 27-iyundagi 192-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida
“Umumta’lim maktablarida yuqori sinf o‘quvchilarining qobiliyati
va tanlovi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etishni tajriba-sinovdan
o‘tkazish " yuzasidan Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida seminar-trening o'tkazildi.

✳️Umumta'lim maktablarida yuqori sinf o‘quvchilarining qobiliyati va tanlovi asosida ta'lim jarayonlari tashkil etishni tajriba-sinovdan o'tkazish yuzasidan tumandagi 38-maktab bilan hamkorlikda ishlash bo'yicha chora-tadbir tuzildi.

✳️Trening davomida ixtisoslashtirilgan maktabning o'quvchilari uchun amalda qo'llangan "Baholash mezoni" yuzasidan tushuncha berildi.

IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз

Kembrij tashkilotining qaysi fan dasturlari mahalliylashtirildi?

2022-yilda ixtisoslashtirilgan maktablar uchun Kembrij tashkilotining fizika va biologiya fanlaridan ta’lim dasturlari to‘liq mahalliylashtirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from ESL Educator Mrs Maftuna
#Shafirkan_specialized_school
#Collaboration
#Workshop

🏢Bugun  Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining
2023-yil 27-iyundagi 192-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida
“Umumta’lim maktablarida yuqori sinf o‘quvchilarining qobiliyati
va tanlovi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etishni tajriba-sinovdan
o‘tkazish " yuzasidan Shofirkon  tuman ixtisoslashtirilgan maktabida  Ingliz tili o'qituvchilari uchun seminar-trening o'tkazildi.

✳️Trening davomida ixtisoslashtirilgan maktabning o'quvchilari uchun amalda qo'llangan "Baholash mezoni" yuzasidan tushuncha berildi.

IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#seminar_trening
#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar uchun joriy yilning 15-18-avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar miqyosida o‘quv-treninglar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

📆 Bugun, 15- avgust kuni Agentligimiz tizimidagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Toshkent shahridagi pedagog xodimlar uchun o‘quv-treninglar bo‘lib o‘tmoqda.

Unda pedagoglarga yangi baholash tizimining yutuqlari va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish, o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish hamda takomillashtirilgan mahalliy fan dasturlari va qo‘llanmalaridan samarali foydalanish to‘g‘risidagi ma'lumotlar berildi.

Seminarlar davomida o‘qituvchilar o‘quv jarayonini
rejalashtirish, ta’lim samaradorligini ta’minlash, o‘quvchining
ehtiyojini hisobga olgan holda ta’lim dasturlarini amalga oshirish, hamkasblar va o‘quvchilarning ota-onalari bilan hamkorlik qilish singari mavzularda o‘zaro fikr almashadilar.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM