IMA | Buxoro hududiy bo'limi
323 subscribers
19.8K photos
612 videos
11 files
3.32K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Buxoro viloyati hududiy bo'lim rasmiy kanali.
Download Telegram
Forwarded from Shuhrat To'xtayev
#Kogon_shahar_IM
#ochiq_dars

Bugun Kogon shahar ixtisoslashtirilgan maktabida matematika fani o‘qituvchisi Atoyeva Dilobar ustozning ochiq darslari bo‘lib o'tdi.

Unda ''Sehrli qalpoqcha'',
'' Kimning quyoshi tez porlaydi?'', metodlaridan foydalanildi.

'O‘quvchilar "Grafik'' savollariga javob berishdi. ''Do'stona ishlash'' metodi asosida misol ishlashdi

📲Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifamiz orqali kuzatib boring:
https://t.iss.one/IMAKogonshahar
Forwarded from Shuhrat To'xtayev
#Kogon_shahar_IM
#besh_tashabbus_amalda
🎨🎨🎨🎨🎨🎨🎨🎨🎨🎨🎨

"Alisher Navoiyning 584 yilligi.

    🌈 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kogon shahar ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilari Art fani darsida  ,,Alisher Navoiy" portreti asosida rasmlar chizishdi.
🎨Alisher Navoiy (1441-1501)- Buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi. To'liq ismi Nizomiddin Mir Alisher.
Navoiy taxallusi ostida chig'atoy va forsiyda ijod qilgan. G'arbda chigʻatoy adabiyoti hisoblanmish o'zbek adabiyotining eng yirik namoyondasi.
Butun turkiy xalqlari  orasida, Navoiydek yirik shaxs yo'qdir.

📲Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifamiz orqali kuzatib boring:
https://t.iss.one/IMAKogonshahar
Forwarded from Shuhrat To'xtayev
#Kogon_shahar_IM
#ma'rifat_soati

Alisher Navoiynng 584 yilligi.

Kogon shahar Ixtisoslashtirilgan maktabida“ Buyuk shoir , davlat arbobi va mutafakkir Alisher Navoiyning hayoti va ijodi –ibrat maktabi”  mavzusida  “Ma’rifat soati  bo’lib o’tdi.

  Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutadi.
Ulug‘ shoir o‘zining she’riy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy g‘oyalarni, ona tilimizning beqiyos so‘z boyligi va jozibasi, latofati bilan namoyon etib, millionlab kitobxonlar qalbidan joy egalladi.

📲Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifamiz orqali kuzatib boring:
https://t.iss.one/IMAKogonshahar
Forwarded from Shuhrat To'xtayev
#Kogon_shahar_IM
#shaxmat

2025-yil 5-7-fevral kunlari Buxoro shaharida shaxmat sport turi bo‘yicha Buxoro viloyati chempionati bo‘lib o‘tdi.

2 kun davomida murosasiz kechgan o‘yinlarda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Respublika yo‘llanmasi uchun kechgan bahslarda Kogon shahar ixtisoslashtirilgan maktabining o‘quvchilari ham jiddiy kurash olib borishdi.

Usmonova Gulasal 3-o‘rin bilan Respublika yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, To‘xtayeva Dildora esa 5-o‘rin bilan Respublikaga yo‘l oldi.

Bu o‘quvchilarimizga  Respublika bosqichida omad tilab qolamiz

Shaxmat bo‘yicha trener o‘qituvchi  Aziz Ilhomovichga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

📲Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifamiz orqali kuzatib boring:
https://t.iss.one/IMAKogonshahar