IMA | Buxoro hududiy bo'limi
322 subscribers
20K photos
625 videos
65 files
3.34K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Buxoro viloyati hududiy bo'lim rasmiy kanali.
Download Telegram
Akademik bilan uchrashuv🏢 Qorovulbozor tuman IM "Yosh akademiklar" klubi a'zolari Buxoro muhandislik-texnologiya instituti elektr va energetika muhandisligi kafedrasi professori, texnika fanlari doktori, "Turon akademiyasi" akademigi Maxmudov Maxsud Idrisovich bilan online tarzda muloqot olib borishdi.

❇️ 35 yillik tajribaga ega professorning 10 dan ortiq shogirdlari vatan ravnaqiga nafi tegadigan qator ixtirolarni amalga oshirganliklarini yuksak ehtirom bilan tilga oldi.

❇️ Kelajakda "Yosh akademiklar"ning qayday kasb egasi bo'lishidan qat'iy nazar, o'z sohasining rivoji uchun kuchli bilimga ega bo'lishsagina, yuksak muvaffaqiyatlarga erishishi ta'kidlab o'tildi.

❇️XXI asr yoshlarining gadjetlarga mukkasidan ketishi xavfliligi xususida o'z fikrlarini bayon qilar ekan, kompyuter savodxonligining ijobiy tomonlariga to'xtalib, texnika vositalaridan maqsadli foydalanishdagi eng tartibli usullarni bayon qildi.
#Qorovulbozor_tuman_IM
#Akademik_bilan_uchrashuv

🏢  Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabda tashkil etilgan "Yosh akademiklar" klubi a'zolari Buxoro muhandislik-texnologiya instituti elektr va energetika muhandisligi kafedrasi professori, texnika fanlari doktori, "Turon akademiyasi" akademigi Maxmudov Maxsud Idrisovich bilan online tarzda muloqot olib borishdi.

❇️ 35 yillik tajribaga ega professor ustoz, o'quvchilar bilan o'z hayot tajribasini o'rtoqlashar ekan, kitobga mehr qo'yib, puxta bilim egallash lozimligini uqtirdi.

❇️Hozirda professorning  10 dan ortiq shogirdlari vatan ravnaqiga nafi tegadigan qator ixtirolarni amalga oshirganliklarini yuksak ehtirom bilan tilga oldi.

❇️ Kelajakda "Yosh akademiklar"ning qayday kasb egasi bo'lishidan qat'iy nazar, o'z sohasining rivoji uchun kuchli bilimga ega bo'lishsagina, yuksak muvaffaqiyatlarga erishishi ta'kidlab o'tildi.

❇️XXI asr yoshlarining gadjetlarga mukkasidan ketishi xavfliligi xususida o'z fikrlarini bayon qilar ekan, kompyuter savodxonligining ijobiy tomonlariga to'xtalib, texnika vositalaridan maqsadli foydalanishdagi  eng tartibli usullarni bayon qildi.

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
Forwarded from BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣📣📣

⚡️MATEMATIKA FANIDAN QIZLAR OLIMPIADASINING YAKUNIY AGENTLIK BOSQICHI O‘TKAZILMOQDA!


📢 Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari o‘quvchi qizlari o‘rtasida matematika fanidan olimpiadaning Agentlik bosqichi o‘tkazilmoqda!

OLIMPIADA 2 TURDA TASHKIL ETILADI:
📝Yozma ish,
✔️Test sinovlari.


📍Olimpiada 8-9-fevral kunlari Buxoro viloyati, Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo‘lib o‘tadi.

📌Olimpiadada hududiy bosqichda 5-6-sinf, 7-8-sinf, 9-11-sinflar kesimida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 3 nafardan ishtirokchilar qatnashadi.

🎁G‘oliblar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, yuqori natijalarni qayd etgan oʻquvchi qizlar Fan olimpiadalari markazida tashkil etiladigan intensiv oʻquv mashgʻulotlarida qatnashib, 14-Yevropa qizlar matematika olimpiadasida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Aziz o‘quvchi qizlar!
Olimpiadada faol ishtirok eting!

⚡️Olimpiadasi jarayonlarini rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Forwarded from ZIKIROV SH
#Buxoro tuman IM
#Bizning is'tedodli o'quvchilarimiz   

 📝📝“O'zbek elim”📝📝

Yurolmadim yiroqingda,
Chidolmadim firoqingda.
Jasorat bor shiroqingda,
O’zbek elim-bek elim.

Nodiraning baxti bor senda,
Amir Temur taxti bor senda.
Mirzo Bobur shahdi bor senda,
O’zbek elim-bek elim.

O’zbekiston-ozod, hur o’lkam.
Bunchalar ko’rkamsan, buncha ham o’ktam,
Men hayronman qayga o’xshatsam.
O’zbek elim-bek elim.

9-blue sinf o'quvchisi Mansurova Shukrona ijodidan

https://t.iss.one/BuxtumanPM
Forwarded from ZIKIROV SH
#Buxoro tuman IM
#Bizning is'tedodli o'quvchilarimiz   

 📝📝“She'riyat”📝📝

Sheriyat-ilohiy, ruhiy kuch u,
She’riyat-ilhomiy, ijobiy tuyg’u.
She’riyat merosi berilgan menga,
She’riyat-haqiqiy, shirin bir og’u.


9-blue sinf o'quvchisi Mansurova Shukrona ijodidan

https://t.iss.one/BuxtumanPM
Forwarded from ZIKIROV SH
#Buxoro tuman IM
#Bizning is'tedodli o'quvchilarimiz   

 📝📝“Bahor”📝📝

Shudringni sog’ingan maysalar aytsin,
Olislarga ketgan turnalar qaytsin,
Sabring limmo-lim jomlari sinsin,
Ko’klamning ifori taralsin har yon,
Bulbullar tegramda sayrasin biyron.

Binafsha atrini shabboda tuysin.
Intizor novdaning kurtagi kulsin,
Chechakda bezanib, Navro’zim kelsin.
Kamalakka boqib, yayraylik shodon,
Umrimiz bahordek o’tsin sho’x- shodon.

5-green sinf o'quvchisi Xayrullayev Jahongirmirzo ijodidan

https://t.iss.one/BuxtumanPM
Forwarded from ZIKIROV SH
#Buxoro tuman IM
#Bizning is'tedodli o'quvchilarimiz   

 📝📝“Bahor”📝📝

Qor erib jo’naganda,
Lola unib kulganda.
Ayoz qish tugaganda,
Bahor kelib quvnasin.

Go’zal bahor kelganda,
Yashil maysa unganda.
Sumalaklar pishganda,
Bahor kelib quvnasin.

Quyosh nurlari sochganda,
Havo isib ketganda.
Varraklar ham uchganda,
Bahor kelib quvnasin.

5-green sinf o'quvchisi Ramazonova Rayhona ijodidan

https://t.iss.one/BuxtumanPM
Forwarded from ZIKIROV SH
#Buxoro_tuman_Ixtisoslashtirilgan_maktabi
Alisher Navoiynng 584 yilligi.
Buxoro tuman Ixtisoslashtirilgan maktabida“ Buyuk shoir , davlat arbobi va mutafakkir Alisher Navoiyning hayoti va ijodi –ibrat maktabi”  mavzusida  “Ma’rifat soati  bo’lib o’tdi.  Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutadi. Ulug‘ shoir o‘zining she’riy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy g‘oyalarni, ona tilimizning beqiyos so‘z boyligi va jozibasi, latofati bilan namoyon etib, millionlab kitobxonlar qalbidan joy egalladi.
https://t.iss.one/BuxtumanPM
Forwarded from ZIKIROV SH
#_Besh_tashabbus_amalda_🎨
#_Buxoro_tuman_ixtisoslashtirigan_maktab_

🎨🎨🎨🎨🎨🎨🎨🎨🎨🎨🎨🎨

"Alisher Navoiyning 584 yilligi.

🌈 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Buxoro tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilari Art fani darsida ,,Alisher Navoiy" portreti asosida rasmlar chizishdi.
🎨Alisher Navoiy (1441-1501)- Buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi. To'liq ismi Nizomiddin Mir Alisher.
Navoiy taxallusi ostida chig'atoy va forsiyda ijod qilgan. G'arbda chigʻatoy adabiyoti hisoblanmish o'zbek adabiyotining eng yirik namoyondasi.
Butun turkiy xalqlari orasida, Navoiydek yirik shaxs yo'qdir.

Bizni kuzatishda davom eting👇
🌐Telegram 🌐 Instagram🌐 Facebook
🎨🎨🎨🎨🎨🎨🎨🎨🎨🎨🎨🎨
https://t.iss.one/BuxtumanPM