IMA | Buxoro hududiy bo'limi
304 subscribers
23.7K photos
700 videos
65 files
3.83K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Buxoro viloyati hududiy bo'lim rasmiy kanali.
Download Telegram
Forwarded from Deleted Account
#uchrashuv
🏫Qorakoʻl tuman Ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "RAHBAR VA YOShLAR UChRAShUVI" bõlib õtdi.

       Uchrashuvda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati hamda tuman hokimi o‘rinbosari ishtirok etdilar.
     Uchrashuv davomida  “Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida”gi O'zbеkiston Rеspublikasi Qonuniga muvofiq,  yoshlarni har tomonlama qo'llab quvvatlash borasida olib borilayotgan davlat siyosati va ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar bo'yicha to'xtalib o'tildi.  Shu bilan bir qatorda har bir inson o'z kasbini sеvishi, unga sadoqatli bo'lishi va albatta o'z ustida ishlashi orqali yuksak marralarga erisha olishi mumkinligini ta'kidlandi. Shuningdеk yoshlarning sohaga oid qiziqtirgan savollari yuzasidan to'liq ma'lumot bеrildi. https://t.iss.one/QORAKUL_IMI_UZ
Forwarded from Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktab (rasmiy) (Nafisa Bobomurodova Peshku IM)
#Uchrashuv
#Xorijiy_hamkorlik
#Yaponiya

Ayni damda Buxoro shahrida joylashgan Wyndham hallda JAPAN EDUCATION FAIR ta’lim dasturi doirasida Yaponiyaning top universitetlari vakillari va bitiruvchi oʻquvchilar ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtmoqda. Peshku tuman IM oʻquvchilari ham uchrashuvda ishtirok etishmoqda.

📌Bu ta’lim koʻrgazmasi Buxoro viloyatida ilk marotaba tashkillashtirilmoqda va Yaponoyaning top 20 talikka kirgan 7ta Universitetdan vakillar oʻzlarining universitetlari haqida toʻliq ma’lumot berishmoqda.

❗️Uchrashuv davomida har bir universitet vakillari quyidagilar haqida ma’lumot berishmoqda

Background information
Admission
Scholarship
Applicable jobs for students
Working time-limits

✔️ Ushbu uchrashuv Buxoro ta’limni rivojlantirish boshqarmasi va 2001- yildan beri Oʻzbekistonda faoliyat olib borayotgan JAICA tashkiloti hamkorligida tashkillashtirildi

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Facebook | Telegram
#Kogon_tuman_IM
#Uchrashuv

🏢2025 yil 17 yanvar sanasida Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Jaloliddin Manguberdi Harbiy akademik litsey rahbari polkovnik I. Saidov boshchiligida targ‘ibot ishchi guruhi va Kogon shahar Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik B. Rabbimov Kogon shahar, Kogon va Qorovulbozor tuman maktablari YoChQT fan rahbarlari bilan Harbiy akademik litseyga o‘qishga kirish tartibi, yaratilgan sharoitlar va mavjud imtiyozlar to‘g‘risida tushuntirish targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
📹Tadbir ishtirokchilariga videorolik namoyish etildi va tavsiyaviy bukletlar tarqatildi. Litsey rahbari I. Saidov tadbir ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berdi.
👩🏻‍💼🧑🏼‍💼O'quvchilar orasida ham targ'ibot ishlari o'tkazildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
Forwarded from Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktab (rasmiy) (Nafisa Bobomurodova Peshku IM)
#Peshku_tuman_IM
#Uchrashuv

🔰QARSHI HARBIY AVIATSIYA BILIM YURTI kursanti, Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ilk bitiruvchisi, Murodullayev Temur maktabimizga tashrif buyurdi.

🔰10- sinf oʻquvchilari ishtirokida olib borilgan uchrashuv davomida Qarshi harbiy aviatsiya bilim yurti kursanti Murodullayev Temur oʻquvchilarga harbiy aviatsiya sohasi, oʻqishga kirish shartlari, Qarshi harbiy aviatsiya bilim yurtida mavjud sharoitlar, kun tartibi va oʻquv jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shunday ajoyib uchrashuvni tashkillashtirishda biz bilan yelkadosh boʻlib, maktabimizga tashrif buyurib, oʻquvchilarga harbiy aviatsiya sohasi haqida chuqur ma’lumot bergan ilk bitiruvchilarimizdan biri boʻlgan Murodullayev Temurga maktab ma’muriyati nomidan alohida minnatdorchilik bildiramiz va bundan ham yuqori marralarni zabt etishiga tilakdoshmiz!

Biz shunday bitiruvchilarimiz borligidan va ularning yutuqlaridan har doim faxrlanamiz!

Forwarded from IMA VOBKENT IM
#Vobkent_tuman_IM
#Vatanparvarlik_oyligi
#Uchrashuv

🔰O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Akademiyasi harbiy bilim yurti kursanti, Vobkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabining sobiq bitiruvchisi, Anvarov Xurshid maktabimizga tashrif buyurdi.
🔰11-sinf oʻquvchilari ishtirokida olib borilgan uchrashuv davomida harbiy bilim yurti kursanti Anvarov Xurshid oʻquvchilarga bilim yurtining yo'nalishlari, oʻqishga kirish shartlari, mavjud sharoitlar, kun tartibi va oʻquv jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Shunday ajoyib uchrashuvni tashkillashtirishda biz bilan yelkadosh boʻlib, maktabimizga tashrif buyurib, oʻquvchilarga bilim yurti haqida chuqur ma’lumot bergan sobiq bitiruvchilarimiz Anvarov Xurshidga maktab ma’muriyati nomidan alohida minnatdorchilik bildiramiz va bundan ham yuqori marralarni zabt etishiga tilakdoshmiz!

🌎 BIZNI IJTIMOIY TARMOQLARDA KUZATIB BORING!
https://t.iss.one/Vobkentixtisoslashtirilganmaktab

🔰O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi kursanti, Vobkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ilk bitiruvchisi, Islomov Jonibek maktabimizga tashrif buyurdi.

🔰Bizning sobiq o'quvchimiz Islomov Jonibek o'zi tahsil olayotgan bilim yurtida o'tgan davr mobaynida xulqi va odobi, a'lo baholarga o'qishi, faolligi, jonkuyarli, o'z Vataniga sodiqligi bilan safdoshlariga o'rnak bo'lib kelayotganligini inobatga olib akademiyaning rahbariyati tomonidan maktabimiz ma'muriyati va o'qituvchilariga yo'llagan tashakkurnomani maktab jamoasi va o'quvchilariga o'qib eshittirdi.

🔰Shundan so'ng oʻquvchilarga akademiyaning mutaxassisligi yo'nalishlari, oʻqishga kirish shartlari, mavjud sharoitlar, kun tartibi va oʻquv jarayonlari haqida batafsil ma’lumotlar berdi.

#Peshku_IM
#Uchrashuv

Kuni kecha Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga bitiruvchi sinf oʻquvchilarini Xitoy Respublikasining top 600 talikka kirgan Universitetlariga oʻqishga yuboradigan “Chinaline” konsalting firmasi vakillari tashrif buyurishdi.

Uchrashuv davomida vakillar Xitoy Respublikasidagi ta’lim sifati, xalqaro talabalarga boʻlgan talab, 1 yil mobaynida 100%lik grant asosida oʻqish, oʻqish davomida qonuniy tarzda ishlash imkoniyati va Xitoy Respublikasining xavfsizlik indeksi, hamda kelajak kasblari haqida oʻquvchilarga batafsil ma’lumot berishdi.

Xitoy- xorijda oʻqishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan talabalar uchun ajoyib imkoniyat, chunki Xitoy allqachon rivojlangan davlatlar qatoriga kirgan, shaharlarda ifloslanish darajasi juda past yoki deyarli yoʻq, shuningdek 1 oylik yashash xarajatlari $200 atrofida. Eng muhimi, sanoati rivojlanganligi sababli oʻqish davomida ishlash uchun keng imkoniyatlarga ega.

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Facebook | Telegram
Forwarded from Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktab (rasmiy) (F.E.Jalilov (Peshku tuman IM))
#Peshku_tuman_IM
#Uchrashuv
23-aprel - "Xalqaro kitob kuni"

🔰Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga o'zining noodatiy ijod yo'li bilan xalq ko'nglidan joy olgan ijodkor Erkin Bozorov va kishilar dardini o'z she'rlarida aks ettirib, yosh-u qarining tahsinlariga sazovor bo'layotgan shoir Najmiddin Ermatov tashrif buyurdilar. Ular o‘z sohalarida yutuqlarga erishgan, yoshlar uchun ibrat bo'la oladigan hayot yo‘lini bosib o‘tgan insonlardir. Maktabimizda tashkil etilgan "Ibn Sino Izdoshlari" norasmiy olimpiadasi g'oliblari bu tadbirda Erkin Bozorov va Najmiddin Ermatov kabi ibratli shaxslar tomonidan taqdirlandilar. O'ylaymizki, ilm, ijod, yaratuvchanlik mujassamlashgan bu taqdirlash marosimi barchada yaxshi taassurot qoldirdi.

⚡️Qolaversa, uchrashuv davomida o'quvchilarga bilim manbai bo'lgan kitobning, mehnatsevarlikning va ezgu maqsad sari intilishga bo‘lgan ishonchning naqadar muhimligini yana bir bor ta'kidladilar.