IMA | Buxoro hududiy bo'limi
325 subscribers
19.7K photos
600 videos
11 files
3.31K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Buxoro viloyati hududiy bo'lim rasmiy kanali.
Download Telegram
Forwarded from IMA VOBKENT IM
#Vobkent_tuman_IM
#Vatanparvarlik_oyligi
#Uchrashuv

🔰O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Akademiyasi harbiy bilim yurti kursanti, Vobkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabining sobiq bitiruvchisi, Anvarov Xurshid maktabimizga tashrif buyurdi.
🔰11-sinf oʻquvchilari ishtirokida olib borilgan uchrashuv davomida harbiy bilim yurti kursanti Anvarov Xurshid oʻquvchilarga bilim yurtining yo'nalishlari, oʻqishga kirish shartlari, mavjud sharoitlar, kun tartibi va oʻquv jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Shunday ajoyib uchrashuvni tashkillashtirishda biz bilan yelkadosh boʻlib, maktabimizga tashrif buyurib, oʻquvchilarga bilim yurti haqida chuqur ma’lumot bergan sobiq bitiruvchilarimiz Anvarov Xurshidga maktab ma’muriyati nomidan alohida minnatdorchilik bildiramiz va bundan ham yuqori marralarni zabt etishiga tilakdoshmiz!
Biz shunday bitiruvchilarimiz borligidan va ularning yutuqlaridan har doim faxrlanamiz!

🌎 BIZNI IJTIMOIY TARMOQLARDA KUZATIB BORING!
https://t.iss.one/Vobkentixtisoslashtirilganmaktab
#Kogon_tuman_IM
#Jadidchilik

Jadidchilik ham maorif, ham davlatchilik va so‘z erkinligi edi.

🏢Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 5A-01 sinf o‘quvchilari bilan 22. 01. 2025 yil “Turkiston ma’rifatparvarlari” mavzusida namunali dars o‘tildi.
❇️Dars jarayonida Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdulla Avloniy va Munavvarqori Abdurashidxonov kabi ziyolilarimizning tariximizda tutgan o'rni, ilm- ma'rifat yo'lida olib borgan samarali harakatlari yoritib berildi.

Fan o'qituvchisi - G. A. Hakimova

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
#Kogon_tuman_IM
Mashqda qiyin bo'lsa jangda oson bo'ladi.

Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10a-01 va 11a-01 sinf o'quvchilaridan hozirgi kuniga qadar olgan bilimlarini sinash uchun repititsion testlar olindi.

Test natijalariga ko'ra sinf o'rtacha baliga qarab o'quvchilarni rag'batlantirish yo'lga qo'yilmoqda.

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring. 👇
I Facebook I Telegram I
#Kogon_tuman_IM
#Loyihalar_yarmarkasi

🏢Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2025 yilning 23 yanvar kuni Kogon tuman hokimligi, mahallalarga biriktirilgan tijorat banklari vakillari, hokim yordamchilari va tadbirkorlar ishtirok etgan “Loyihalar yarmarkasi” tashkillashtirildi. Yarmarka doirasida yoshlar va aholiga tadbirkorlik faoliyatiga daxldor ishlab chiqilgan biznes rejalar muhokama qilindi.
Oʻtkazilgan yarmarkada tadbirkorlik qilish niyatida boʻlgan fuqarolar uchun biznes koʻnikmasini shakllantirish, banklar tomonidan taklif qilinayotgan imtiyozli kredit sarmoyasi, yaratiladigan ish oʻrni, bandlikni taʼminlash jihatlariga ham eʼtibor qaratildi. Qatnashchilarga mutaxassislar tomonidan tadbirkorlikka doir qonunchiligimizga kiritilgan oʻzgartish va yangiliklar, imtiyoz va qulayliklar toʻgʻrisida atroflicha maʼlumot berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I