IMA | Buxoro hududiy bo'limi
327 subscribers
19.5K photos
571 videos
11 files
3.28K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Buxoro viloyati hududiy bo'lim rasmiy kanali.
Download Telegram
#Qorovulbozor_tuman_IM
#Ota_onalar_majlisi

📌Qorovulbozor tumani ixtisoslashgan maktabning 10-11-sinflarida  2024-2025-o'quv yilining 2-chorak yakuni bo‘yicha ota-onalar yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.

📌Majlisda kun tartibiga qo'yilgan masalalar yuzasidan maktab rahbariyati va fan o‘qituvchilari ota-onalarga ma'lumot berdilar.

🔰Majlisda davomida, 2-chorak davomida o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishlari, odob-axloqi, erishgan muvaffaqiyatlari xususida har bir o‘quvchiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

📍Ota-onalar farzandlarini o‘qish jarayonlaridagi ishtiroklari qay darajada ekanligi to‘g‘risida ham fan ustozlaridan tushunchalar hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
#Zakovat intellektual o'yini

🏢Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2025-yil 22-yanvar kuni "Mirzo Ulug‘bеk izdoshlari" mavzusida zakovat intellektual o'yini 7-8-sinf o'quvchilari o'rtasida o'tkazildi. O'yin davomida jamoalar ichida eng yaxshi o'quvchilar e'lon qilindi.
7-"A" sinfdan Jo'rayeva Oysha
7-"B" sinfdan Avazova Asmira
7-"D" sinfdan Jamolova Gulasal
8-"A" sinfdan Sunnatilloyeva Gulzodaxon
8-"B" sinfdan Umarov Shahzod
8-"D" sinfdan Xayrullayev Asror

Natijaga ko'ra:
🥇7-"B" sinf jamoasi
🥈 7-"A", 8-"A" va 8-"D" sinf jamoasi
🥉 7-"D " sinf jamoasi
egalladi.

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
Forwarded from Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktab (rasmiy) (Nafisa Bobomurodova Peshku IM)
#Peshku_tuman_IM
#Uchrashuv

🔰QARSHI HARBIY AVIATSIYA BILIM YURTI kursanti, Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ilk bitiruvchisi, Murodullayev Temur maktabimizga tashrif buyurdi.

🔰10- sinf oʻquvchilari ishtirokida olib borilgan uchrashuv davomida Qarshi harbiy aviatsiya bilim yurti kursanti Murodullayev Temur oʻquvchilarga harbiy aviatsiya sohasi, oʻqishga kirish shartlari, Qarshi harbiy aviatsiya bilim yurtida mavjud sharoitlar, kun tartibi va oʻquv jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shunday ajoyib uchrashuvni tashkillashtirishda biz bilan yelkadosh boʻlib, maktabimizga tashrif buyurib, oʻquvchilarga harbiy aviatsiya sohasi haqida chuqur ma’lumot bergan ilk bitiruvchilarimizdan biri boʻlgan Murodullayev Temurga maktab ma’muriyati nomidan alohida minnatdorchilik bildiramiz va bundan ham yuqori marralarni zabt etishiga tilakdoshmiz!

Biz shunday bitiruvchilarimiz borligidan va ularning yutuqlaridan har doim faxrlanamiz!


🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Facebook | Telegram
Forwarded from Shuhrat To'xtayev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kogon_shahar_IM
#tabiatni_asraylik

Prezidentimiz taklifi bilan 2025-yil "Atrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot yili" deb e‘lon qilindi.

Kogon shahar ixtisoslashtirilgan maktabi 8-A sinf o‘quvchilari tomonidan "tabiatni asraylik" shiori ostida video rolik tayyorlandi.


🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
https://t.iss.one/IMAKogonshahar
Forwarded from Shuhrat To'xtayev
#Kogon_shahar_IM
#ikkinchi_renesans

🪔 Mahmudxo‘ja Behbudiy – buyuk ma’rifatparvar, yozuvchi, publitsist, dramaturg va jamoat arbobi, jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri.

Kogon shahar ixtisoslashtirilgan maktabida ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi M. Askarova, maktab kutubxonachisi bilan birgalikda "Yosh kitobxon" to‘garak a’zolari ishtirokida jadid milliy ma‘rifatparvarlik harakati tarafdori Mahmudxo‘ja Behbudiy 150 yoshda mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🔰 Shuningdek, o‘quvchilar gazeta va jurnallar orqali jahon voqea-hodisalaridan bilan yaqindan tanishtirildi.

📲Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifamiz orqali kuzatib boring:
https://t.iss.one/IMAKogonshahar